ADLIYA YANGILIKLARI
16.5K subscribers
24.9K photos
2.74K videos
39 files
9.49K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Bugun, 10-fevral kuni Adliya vazirligi va Koreya Intellektual mulk idorasi huzuridagi Koreya Patent maʼlumotlari instituti (KIPI) vakillari oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi.

Tadbirda “Oʻzbekistonda intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish” loyihasi konsepsiyasi va ish rejasi muhokama qilindi.

Ushbu loyiha doirasida Sanoat mulki muhofazasi portalini tubdan takomillashtirish va intellektual mulk obyektlarini davlat ekspertizasi jarayonlariga sunʼiy intellekt usullarini joriy etish maqsad qilingan.

Maʼlumot uchun, Adliya vazirligining saʼy-harakatlari natijasida 2024-yil iyun oyida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) tomonidan “Mamlakatlar boʻyicha loyihalar va dasturlar” dasturi doirasida “Oʻzbekistonda intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish” loyihasi gʻolib deb topildi. Loyihani amalga oshirish uchun 9,73 mln dollari miqdorida mablagʻ ajratilgan.


📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Intellektual_mulk

⚠️ BRENDLARNING HUQUQIY HIMOYASI TAʼMINLANDI

Adliya vazirligi tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasida “Xon Saroy”, “Click” va “Uzum” xizmat koʻrsatish belgilaridan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlariga chek qoʻyildi.

Shuningdek, “Lacto-G”, “Biseptol”, “Desiferol”, “Magne B6”, “Smekta” kabi dori vositalarining kontrafakt nusxalarini ishlab chiqarish holatlari aniqlanib, tegishli taʼsir choralari qoʻllandi va huquqbuzarlik holatlari bartaraf etildi.

❗️Hurmatli tadbirkorlar, oʻzganing brendidan qonunga xilof ravishda foydalanish yuridik shaxslarga 37,5 mln soʻmdan 75 mln soʻmgacha jarima solishga sabab boʻladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligida Intellektual mulkni huquqiy muhofazasi boʻyicha seminar oʻtkazildi.

Tadbirda tadbirkorlik subyektlari va oliy oʻquv yurtlari vakillari ishtirok etdi.

Seminar davomida ishtirokchilarga intellektual mulk obyektlari, xususan tovar belgilari va geografik koʻrsatkichlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma topshirish boʻyicha tushunchalar berildi.

Shuningdek, intellektual mulk obyektlarini himoya qilish uchun tegishli davlat organlariga murojaat qilish, tovar belgilariga nisbatan huquqbuzarlik uchun javobgarlik choralari toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Qonunchilik hujjatlarini tartibga solish taʼsirini baholash boʻyicha seminar oʻtkazildi

Bugun, 11-fevral kuni Adliya vazirligida qonunchilik hujjatlarini tartibga solish taʼsirini baholash (TSTB) va qabul qilingan qonunchilik hujjatlari ijrosini monitoring qilish tartibiga bagʻishlangan oʻquv seminari boʻlib oʻtdi. Unda 30 tadan ortiq vazirlik va idoralarning 80 nafarga yaqin masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish jarayonidagi yangiliklar, tartibga solish taʼsirini baholash tizimidagi yangi tartiblar hamda qonunchilik hujjatlari ijrosini monitoring qilishning dolzarb jihatlari muhokama qilindi. Xususan, TSTB hisobotini onlayn toʻldirish tartibi boʻyicha tushuntirish berildi.

Shu bilan birga, qonunchilik hujjatlari ijrosini monitoringdan oʻtkazish uslubiyati, shu jumladan uning ahamiyati, bosqichlari hamda monitoring rejasi va hisoboti shakllari haqida maʼlumot berildi.

Qonunchilik hujjatlari loyihalarini ilmiy ekspertizadan oʻtkazish talablari va amalga oshirish mexanizmlari haqida maʼlumot berildi. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-yanvardagi “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ilmiy asoslanganlik darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori talablari tanishtirildi.

Seminar yakunida vazirlik va idoralardan kelgan masʼul xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollariga batafsil javob oldilar. Shuningdek, kelgusida bu kabi oʻquv seminarlarni kengaytirilgan tartibda muntazam oʻtkazib borishga kelishib olindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning 11-fevral kuni Mirzo Ulugʻbek hamda Yunusobod tumanlarida “E-huquqshunos” elektron tizimida hujjatlar almashinuvini takomillashtirish yuzasidan xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlar xodimlari uchun seminar oʻtkazildi.

Tadbir davomida tashkilotlarning yuridik tusdagi hujjat loyihalarini ularning asosiy rekvizitlarini kiritish orqali avtomatik shakllantirish imkoniyati taqdimot qilinib, bu boʻyicha seminar qatnashchilarining fikr va takliflari olindi.

Shuningdek, xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlarga borgan holda ular faoliyatida uchrayotgan muammolarni bartaraf qilish boʻyicha tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Yuqorida keltirilgan texnik imkoniyatni eksperiment sifatida joriy qilib, ijobiy natijalarga erishilgan taqdirda, barcha hujjat loyihalarini avtomatik shakllantirishga oʻtkazish rejalashtirilgan.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligining 2024-yil faoliyati sarhisob qilindi

Bugun Adliya vazirligining hayʼat majlisi video-konferens-aloqa formatida oʻtkazilib, unda adliya organlari va muassasalarining rahbar va masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Hayʼat majlisida 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha

💬 ai.lex.uzsunʼiy intellekt javob beradi

Savol:
Oʻqituvchilar uchun yiliga necha kalendar kun taʼtil berilishi kerak?

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkorlarga intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va huquqiy himoya qilish bo'yicha joyiga chiqqan holda amaliy yordam ko'rsatilmoqda

Adliya vazirligining Intellektual mulk departamenti xodimlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlik subyektlariga tovar belgisiga ega boʻlishning afzalliklari hamda uning huquqiy himoyasi toʻgʻrisida joyiga chiqqan holda huquqiy tushuntirishlar berildi.

Xususan, “LONG WATER” MCHJ hamda “NO‘KIS VINOZAVODI” AJ faoliyati bilan tanishildi. Ularga tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish va uning afzalliklari, kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurash, intellektual mulk huquqlarini buzganlik uchun javobgarlik choralari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga tegishli “Chilpiq” va “Qarataw” tovar belgilarini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma topshirishga ko‘maklashildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM