ADLIYA YANGILIKLARI
16.5K subscribers
24.9K photos
2.74K videos
39 files
9.49K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Statistika

📊 Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatilgan xizmatlari soni yillar hisobida

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Oʻzbekiston va Malayziya sud-ekspertlik sohasida hamkorlik qiladi


Prezident Shavkat Mirziyoyevning Malayziyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida ikki tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirishga qaratilgan hujjatlar qatorida Sud-ekspertlik faoliyati sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzolandi.

Malayziya va Oʻzbekiston Hukumati oʻrtasidagi mazkur bitimning asosiy maqsadi — sud-ekspertiza sohasi boʻyicha oʻzaro mustahkam aloqalarni oʻrnatish, sud-ekspertiza sohasida samarali va oʻzaro manfaatli tajriba almashish hamda hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdan iboratdir.

Mazkur bitim doirasida ikki davlat oʻrtasida sud-ekspertlik faoliyatining nazariy va huquqiy, tashkiliy va metodologik muammolarini birgalikda oʻrganishga, shuningdek, sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishga, amaldagi ekspertiza tadqiqotlarning usul va metodikalarini takomillashtirish va yangilarini yaratishga oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga erishiladi.

Jumladan, ushbu bitim isteʼmol mahsulotlari tarkibida genetik modifikatsiyalangan organizmlar (GMO) mavjudligi va ichimlik suvining tarkibini aniqlashga qaratilgan tadqiqotlarni amalga oshirishda tajriba almashilishiga xizmat qiladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Adliya vazirligi “Ziyo ulash” kitob ulashish aksiyasini kengaytirmoqda

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Intellektual_mulk

Adliya vazirligi tomonidan navbatdagi tovar belgilari roʻyxatdan oʻtkazildi

Brend — kompaniya nufuzi, mahsuloti haqida maʼlumot berib, isteʼmolchi eʼtiborini jalb qiladi. Ayniqsa tovar nomi jarangdor boʻlsa yanada yaxshi, chunki Sizning mahsulotingiz boshqalarnikidan ajralib turadi.

Yuqoridagi rasmda “Bonu”, “JonLi”, “All AVIA” kabi tovar belgilarini koʻrishingiz mumkin.

Tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish brendni himoya qilish va biznesni rivojlantirish uchun muhim omildir.

Unutmang tovar belgisi BIRINCHI BOʻLIB HUJJAT TOPSHIRGAN shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.

“Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi qonunga binoan tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.

Tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha

Samarqand noni geografik koʻrsatkich maqomida

Dunyoga mashhur Samarqand nonining asl siri nimada? 3-yilgacha sifatli saqlash mumkin boʻlgan bu aziz neʼmat nega boshqa hududlarda aslidek boʻlib chiqmaydi? Shu va shu kabi savollarga xoʻrozdan ham oldin uygʻonadigan Orzu bobodan javob topasiz. “Oʻzbekona” loyihasida bu gal dunyoga dongʻi ketgan Samarqand noni haqida qilinadi.

Videoni koʻrish 👉 https://youtu.be/GtBxywl4VW4

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yuridik_lokatsiya

20-yilda shaxsi aniqlangan murda, tilxatdagi ortiqcha nol va yosh oilani yarashtirgan rasm: ekspertizalar qanday oʻtkaziladi? Yuridik lokatsiya bu gal X.Sulaymonova nomidagi sud-ekspertiza markazida.

Videoni koʻrish 👉 https://youtu.be/Y31St1OfyZQ

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Energetika sohasiga investitsiyalar: chaqiriqlar, imkoniyatlar va huquqiy mexanizmlar

Adliya vazirligi tomonidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) bilan hamkorlikda “Xalqaro investitsiya bitimlariga kirish: energetikaga investitsiyalar” mavzusida seminar oʻtkazildi.

Tadbir qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasiga chet el investitsiyalarini jalb etish, investorlarni himoya qilishning huquqiy mexanizmlari va xalqaro arbitraj masalalarini muhokama qilish uchun maydon vazifasini oʻtadi.

Iqlim oʻzgarishi boʻyicha maslahatchi va mustaqil ekspert Annet Magnusson, “Suveren arbitraj maslahatchilari” kompaniyasi huquqshunosi, xalqaro nizolarni hal etish va xalqaro ommaviy huquq boʻyicha mutaxassis Dorike Overduin ishtirokida qatnashchilar sohani tartibga solishning asosiy jihatlarini muhokama qildilar.

Shuningdek, ishtirokchilar investitsiya shartnomalarini tartibga solish hamda energetika sohasidagi qayta tiklanuvchi elektr energiya sotib olish haqidagi shartnomalarni tuzish, investitsiyalarni ragʻbatlantirish, FET standartlari va nizolar xavfi doirasida duch kelinadigan tizimli muammolarga oid masalalarni koʻrib chiqdi.

Maʼlumot uchun: seminar “Mintaqaviy integratsiyani rivojlantirish va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun mintaqaviy savdo bitimlari va xalqaro investitsiya shartnomalari boʻyicha bilimlarni mustahkamlash” nomli mintaqaviy texnik yordam dasturi doirasida tashkil qilindi.


📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha

Kichik sartarosh — katta biznesmen

Mahalllada yangi tadbirkorlarning soni yana bittaga ortdi. Mahalladoshlar usta Muzaffarning yangi salon ochganidan mamnun. Unga bu ishda doimgidek mahalla huquqshunosi koʻmaklashdi va natijada kichik sartarosh katta biznesmenga aylandi.

Videoni koʻrish
👉 https://youtu.be/UIVpewp1NA4

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

Adliya vaziri “Ziyo ulash” aksiyasiga qo‘shildi

Bugun, 8-fevral kuni adliya vaziri A. Toshqulov “Ziyo ulash” aksiyasi doirasida shaxsiy kutubxonasidan Yashnobod tumani davlat xizmatlari markazidagi “Ziyo ulash burchagi”ga kitoblarni topshirdi hamda barchani kitobxonlikka targ‘ib qildi.

“Kitob — bu bilim, g‘oyalar va ilhom manbasidir. Biz ushbu aksiyani qo‘llab-quvvatlash orqali nafaqat kitobxonlikni yanada ommabop qilishga yordam beramiz, balki bilim almashish madaniyatini ham shakllantiramiz,” — dedi Akbar Toshqulov.


Loyiha kitobxonlikni ommalashtirish, jamiyatda o‘zaro hamjihatlik va hurmatni oshirish va yosh avlodni bilimga chanqoq qilib tarbiyalashga qaratilgan.

❗️Agar sizda ham oʻqib boʻlgan va uyda turgan kitoblaringiz boʻlsa, oʻzingizga yaqin davlat xizmatlari markazi yoki adliya organlariga olib boring.


Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi.

📌Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Oʻzbekiston Notarial palatasining raisi qayta saylandi
 
Bugun, 8-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasining
II Konferensiyasi o‘tkazildi.

Konferensiyasida Notarial palata va palata raisi D. Ashurovning o‘tgan besh yillik faoliyati yuzasidan hisobotlari eshitildi.

Notarial palataning boshqaruvi hamda taftish komissiyasi aʼzolari saylab olindi.

Konferensiyasi yakunida, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining taqdimiga binoan keyingi besh yillik uchun Oʻzbekiston Notarial palatasining raisligiga D. Ashurov qayta saylandi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

“Ziyo ulash” aksiyasi kengaymoqda, uni jamoat arboblari qo‘llab-quvvatlamoqda

Adliya vazirligi tashabbusi bilan boshlangan “Ziyo ulash” aksiyasini qo‘llab-quvvatlayotgan, sevimli kitoblari bilan o‘rtoqlashib, jamiyatni kitob o‘qishga ruhlantiruvchi taniqli shaxslar soni tobora ko‘paymoqda.

Ishtirokchilar orasida olimlar, tadbirkorlar, taniqli davlat, madaniyat arboblari va sportchilar bor bo‘lib, ular o‘z shaxsiy kutubxonalaridan kitoblarni taqdim etmoqda hamda kitoblar ularning hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatganini so‘zlab bermoqda.

Aksiya nafaqat kitob almashuviga yordam beradi, balki kitobxonlar jamoasini ham shakllantirib bormoqda. Loyiha O‘zbekistonning barcha hududlarini qamrab olgan va ishtirokchilar soni kundan-kunga ortib bormoqda.

Mutolaa — bilim, taraqqiyot va yangi imkoniyatlar sari yo‘ldir. “Ziyo ulash” aksiyasi har bir kishiga bu jarayonga o‘z hissasini qo‘shish imkonini beradi.


Tashabbusga qoʻshilmoqchimisiz? Yagona sharti: oʻqib boʻlgach, boshqaga bering. Kitoblaringizni eng yaqin davlat xizmatlari markaziga topshiring. Ehtimol, aynan sizning kitobingiz kimnidir yangi yutuqlarga ilhomlantirishi mumkin.

Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasida navbatdagi Texnologiya va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazi ochildi

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi qoshida navbatdagi Texnologiya va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazi (TIQQM) ochildi. Mazkur Agentlik negizida O‘zbekiston standartlar instituti, Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, O‘zbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi hamda O‘zbekiston akkreditatsiya markazi ilmiy faoliyat olib boradi.

Bu orqali texnologiya va innovatsiya sohasidagi bilim va tajribalarni kengaytirish, yangi ishlanmalar yaratish va intellektual mulk huquqlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va himoya qilish imkoniyatlari oshiriladi.

Shuningdek, tashkil etilgan TIQQM patent ma'lumotlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga, ilmiy ishlanmalarning tijoratlashuvi va texnik rivojlanishning tezlashishiga yordam beradi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Alisher Navoiy tavallud kuni munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellekt yordamida animatsion rolik taqdim etildi.

Navoiyning adolat qalami” deb nomlangan ushbu rolikda buyuk bobomizning olim, davlat arbobi va homiy sifatida adolat uchun qilgan ulkan ishlari aks etgan.

Bugun mutafakkir bobomiz tavalludiga 584 yil to’ldi. Adliya vazirligi shu munosabat bilan yurtdoshlarimizni tabriklaydi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan oʻtkazish tartibi belgilandi

Adliya vazirligi tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan oʻtkazish uslubiyoti (roʻyxat raqami 3605, 2025 yil 7-fevral) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Ushbu nizom bilan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan oʻtkazish jarayonlarini uslubiy jihatdan tartibga solish tartibi belgilandi.

Unga koʻra, tadbirkorlik faoliyatiga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga hamda atrof-muhitga taʼsir koʻrsatuvchi qonun hujjatlarining ijrosi ular kuchga kirgandan soʻng besh yil davomida, qonunosti hujjatlarining ijrosi esa ular kuchga kirgandan soʻng uch yil davomida majburiy ravishda har yili monitoringdan oʻtkaziladi.

Monitoring normativ-huquqiy hujjatda uning monitoringi oʻtkazilishiga bevosita masʼul etib belgilangan davlat organi tomonidan, masʼul organ belgilanmagan hollarda tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshiruvchi vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqishda monitoring rejasi tayyorlanadi hamda u normativ-huquqiy hujjatni qabul qilishdan koʻzlangan maqsadlardan kelib chiqqan holda shakllantiriladi va tegishli indikatorlar orqali oʻlchanadi.

Monitoring tegishli maʼlumotlarni yigʻish hamda monitoring natijalari boʻyicha hisobotni toʻldirish orqali amalga oshiriladi.

Monitoring natijalari quyidagicha baholanadi:
▫️86 – 100 foiz — yaxshi natija (tartibga solish maqsadlariga yuqori darajada erishilgan);
▫️71 – 85 foiz — qoniqarli natija (tartibga solish maqsadlariga sezilarli darajada erishilgan);
▫️1 – 70 foiz — qoniqarsiz natija (tartibga solish maqsadlariga lozim darajada erishilmagan).

Vazirlik va idoralar har yili 1-fevralga qadar oʻtkazilgan monitoring natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni majburiy ravishda oʻzlarining rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi hamda tegishliligiga qarab “Ijro.gov.uz” va Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimlari orqali Adliya vazirligiga taqdim etadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

Unutilgan mehnat taʼtili: Beruniy tumani adliya boʻlimi aralashuvi bilan fuqaroga 22 mln soʻm kompensatsiya toʻlab beriladigan boʻldi

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM