ADLIYA YANGILIKLARI
16.5K subscribers
24.9K photos
2.74K videos
39 files
9.48K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
O‘zbekiston Respublikasida navbatdagi Texnologiya va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazi ochildi

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi qoshida navbatdagi Texnologiya va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazi (TIQQM) ochildi. Mazkur Agentlik negizida O‘zbekiston standartlar instituti, Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, O‘zbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi hamda O‘zbekiston akkreditatsiya markazi ilmiy faoliyat olib boradi.

Bu orqali texnologiya va innovatsiya sohasidagi bilim va tajribalarni kengaytirish, yangi ishlanmalar yaratish va intellektual mulk huquqlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va himoya qilish imkoniyatlari oshiriladi.

Shuningdek, tashkil etilgan TIQQM patent ma'lumotlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga, ilmiy ishlanmalarning tijoratlashuvi va texnik rivojlanishning tezlashishiga yordam beradi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Alisher Navoiy tavallud kuni munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellekt yordamida animatsion rolik taqdim etildi.

Navoiyning adolat qalami” deb nomlangan ushbu rolikda buyuk bobomizning olim, davlat arbobi va homiy sifatida adolat uchun qilgan ulkan ishlari aks etgan.

Bugun mutafakkir bobomiz tavalludiga 584 yil to’ldi. Adliya vazirligi shu munosabat bilan yurtdoshlarimizni tabriklaydi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan oʻtkazish tartibi belgilandi

Adliya vazirligi tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan oʻtkazish uslubiyoti (roʻyxat raqami 3605, 2025 yil 7-fevral) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Ushbu nizom bilan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan oʻtkazish jarayonlarini uslubiy jihatdan tartibga solish tartibi belgilandi.

Unga koʻra, tadbirkorlik faoliyatiga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga hamda atrof-muhitga taʼsir koʻrsatuvchi qonun hujjatlarining ijrosi ular kuchga kirgandan soʻng besh yil davomida, qonunosti hujjatlarining ijrosi esa ular kuchga kirgandan soʻng uch yil davomida majburiy ravishda har yili monitoringdan oʻtkaziladi.

Monitoring normativ-huquqiy hujjatda uning monitoringi oʻtkazilishiga bevosita masʼul etib belgilangan davlat organi tomonidan, masʼul organ belgilanmagan hollarda tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshiruvchi vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqishda monitoring rejasi tayyorlanadi hamda u normativ-huquqiy hujjatni qabul qilishdan koʻzlangan maqsadlardan kelib chiqqan holda shakllantiriladi va tegishli indikatorlar orqali oʻlchanadi.

Monitoring tegishli maʼlumotlarni yigʻish hamda monitoring natijalari boʻyicha hisobotni toʻldirish orqali amalga oshiriladi.

Monitoring natijalari quyidagicha baholanadi:
▫️86 – 100 foiz — yaxshi natija (tartibga solish maqsadlariga yuqori darajada erishilgan);
▫️71 – 85 foiz — qoniqarli natija (tartibga solish maqsadlariga sezilarli darajada erishilgan);
▫️1 – 70 foiz — qoniqarsiz natija (tartibga solish maqsadlariga lozim darajada erishilmagan).

Vazirlik va idoralar har yili 1-fevralga qadar oʻtkazilgan monitoring natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni majburiy ravishda oʻzlarining rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi hamda tegishliligiga qarab “Ijro.gov.uz” va Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimlari orqali Adliya vazirligiga taqdim etadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

Unutilgan mehnat taʼtili: Beruniy tumani adliya boʻlimi aralashuvi bilan fuqaroga 22 mln soʻm kompensatsiya toʻlab beriladigan boʻldi

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Bugun, 10-fevral kuni Adliya vazirligi va Koreya Intellektual mulk idorasi huzuridagi Koreya Patent maʼlumotlari instituti (KIPI) vakillari oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi.

Tadbirda “Oʻzbekistonda intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish” loyihasi konsepsiyasi va ish rejasi muhokama qilindi.

Ushbu loyiha doirasida Sanoat mulki muhofazasi portalini tubdan takomillashtirish va intellektual mulk obyektlarini davlat ekspertizasi jarayonlariga sunʼiy intellekt usullarini joriy etish maqsad qilingan.

Maʼlumot uchun, Adliya vazirligining saʼy-harakatlari natijasida 2024-yil iyun oyida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) tomonidan “Mamlakatlar boʻyicha loyihalar va dasturlar” dasturi doirasida “Oʻzbekistonda intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish” loyihasi gʻolib deb topildi. Loyihani amalga oshirish uchun 9,73 mln dollari miqdorida mablagʻ ajratilgan.


📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Intellektual_mulk

⚠️ BRENDLARNING HUQUQIY HIMOYASI TAʼMINLANDI

Adliya vazirligi tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasida “Xon Saroy”, “Click” va “Uzum” xizmat koʻrsatish belgilaridan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlariga chek qoʻyildi.

Shuningdek, “Lacto-G”, “Biseptol”, “Desiferol”, “Magne B6”, “Smekta” kabi dori vositalarining kontrafakt nusxalarini ishlab chiqarish holatlari aniqlanib, tegishli taʼsir choralari qoʻllandi va huquqbuzarlik holatlari bartaraf etildi.

❗️Hurmatli tadbirkorlar, oʻzganing brendidan qonunga xilof ravishda foydalanish yuridik shaxslarga 37,5 mln soʻmdan 75 mln soʻmgacha jarima solishga sabab boʻladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligida Intellektual mulkni huquqiy muhofazasi boʻyicha seminar oʻtkazildi.

Tadbirda tadbirkorlik subyektlari va oliy oʻquv yurtlari vakillari ishtirok etdi.

Seminar davomida ishtirokchilarga intellektual mulk obyektlari, xususan tovar belgilari va geografik koʻrsatkichlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma topshirish boʻyicha tushunchalar berildi.

Shuningdek, intellektual mulk obyektlarini himoya qilish uchun tegishli davlat organlariga murojaat qilish, tovar belgilariga nisbatan huquqbuzarlik uchun javobgarlik choralari toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Qonunchilik hujjatlarini tartibga solish taʼsirini baholash boʻyicha seminar oʻtkazildi

Bugun, 11-fevral kuni Adliya vazirligida qonunchilik hujjatlarini tartibga solish taʼsirini baholash (TSTB) va qabul qilingan qonunchilik hujjatlari ijrosini monitoring qilish tartibiga bagʻishlangan oʻquv seminari boʻlib oʻtdi. Unda 30 tadan ortiq vazirlik va idoralarning 80 nafarga yaqin masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish jarayonidagi yangiliklar, tartibga solish taʼsirini baholash tizimidagi yangi tartiblar hamda qonunchilik hujjatlari ijrosini monitoring qilishning dolzarb jihatlari muhokama qilindi. Xususan, TSTB hisobotini onlayn toʻldirish tartibi boʻyicha tushuntirish berildi.

Shu bilan birga, qonunchilik hujjatlari ijrosini monitoringdan oʻtkazish uslubiyati, shu jumladan uning ahamiyati, bosqichlari hamda monitoring rejasi va hisoboti shakllari haqida maʼlumot berildi.

Qonunchilik hujjatlari loyihalarini ilmiy ekspertizadan oʻtkazish talablari va amalga oshirish mexanizmlari haqida maʼlumot berildi. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-yanvardagi “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ilmiy asoslanganlik darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori talablari tanishtirildi.

Seminar yakunida vazirlik va idoralardan kelgan masʼul xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollariga batafsil javob oldilar. Shuningdek, kelgusida bu kabi oʻquv seminarlarni kengaytirilgan tartibda muntazam oʻtkazib borishga kelishib olindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM