ADLIYA YANGILIKLARI
16.5K subscribers
24.9K photos
2.74K videos
39 files
9.49K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Tovar belgisiga ega boʻlishning afzalliklari yuzasidan sayyor qabul oʻtkazildi

Fargʻona viloyat adliya boshqarmasida Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti masʼullari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga intellektual mulk obyektlarini yaratish hamda ularni davlat tomonidan muhofaza va himoya qilish boʻyicha sayyor qabul oʻtkazildi. Unda 30 nafardan ortiq tadbirkor ishtirok etdi. 10 nafarga yaqin tadbirkorning tovar belgilari huquqlarini himoya qilish yuzasidan murojaatlari ish yurituvga olindi.

Tadbirkorlarga kontrafakt mahsulotlar, ularni asl mahsulotlardan farqlash, bunday mahsulotlarning iqtisodiyotga zararlari toʻgʻrisida tadbirkorlarga tushuntirishlar berish orqali profilaktik tadbirlar oʻtkazildi.

Shuningdek, Fargʻona shahridagi Yoshlar sanoat zonasida tadbirkorlarning tovar belgilari oʻrganildi. Oʻrganishlar jarayonida ushbu sanoat zonasidagi tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi va ularga oʻz brendiga ega boʻlish hamda uning afzalliklari toʻgʻrisida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Mazkur tadbir davomida sanoat zonasidagi tadbirkorlar intellektual mulk sohasiga oid savollarga javob olish hamda vakolatli organlarga joyida murojaat qilish imkoniyatiga ega boʻldilar.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

“Ziyo ulash”: Adliya vazirligi kitobxonlikni “bukkrossing” orqali targ‘ib qilish tashabbusini ilgari surdi

Adliya vazirligi aholi orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni orttirish va intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan “Ziyo ulash” loyihasini davom ettirmoqda.

Ushbu ijtimoiy loyiha o‘tgan yilning fevral oyida boshlangan bo‘lib, O‘zbekistonning barcha hududlarini qamrab olgan edi. Shu vaqt mobaynida adliya organlari ko‘magida 200 dan ortiq mahallada 50 mingdan ziyod kitob — badiiy adabiyot, mahalliy va xorijiy klassika, zamonaviy asarlar, shuningdek, huquqiy qo‘llanmalar to‘plangan kichik kutubxonalar tashkil etildi.

“Bukkrossing”: erkin kitob ayirboshlash

2025-yilda Adliya vazirligi kitobxonlikni yanada qulayroq qilish maqsadida “bukkrossing” — kitoblarni erkin almashish tashabbusini ilgari surmoqda. Endilikda davlat xizmatlari markazlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, FHDY organlari va “Madad” NNT byurolarida tashrif buyuruvchilar kitoblarni olib ketishlari va o‘z navbatida boshqa kitoblarni qoldirishlari mumkin, bu esa bilimlar aylanishini yuzaga keltiradi.

Bu qanday ishlaydi?

“Ziyo ulash” aksiya doirasida tashkil etilgan “bukkrossing” nuqtalaridan birida kitobni tanlang.
Uyda yoki joyning o‘zida, masalan, o‘z navbatingizni kutayotganda o‘qing.
O‘qib bo‘lgach, kitobni qaytarib bering yoki o‘rniga boshqasini olib keling. Shunda boshqalar ham o‘qishdan zavq olishlari mumkin.

Ushbu loyiha nafaqat kitobxonlikni ommalashtirishga, balki har bir kishi jamiyat ma’rifatiga o‘z hissasini qo‘shishi mumkin bo‘lgan bilim almashish madaniyatini shakllantirishga hamda butun mamlakat bo‘ylab jonli kitob almashish maydonlarini yaratishga ko‘maklashadi.

Kutubxona bo‘lmagan hududlarda ushbu tashabbus odamlarga eng yaqin davlat xizmatlari markaziga kirib, cheklovlarsiz kitob o‘qish imkonini beradi.

Tashabbus, shuningdek, kitoblarga ikkinchi hayot berish orqali ongli iste’mol va atrof-muhitni asrashga hissa qo‘shadi.

Tashabbusga qo‘shilmoqchimisiz? Tamoyil oddiy: o‘qib bo‘lgach, boshqaga bering. Kitoblar javonda chang bosib yotgandan ko‘ra, odamlarga foyda keltirgani ma’qul. Kitoblaringizni eng yaqin davlat xizmatlari markazi yoki boshqa adliya organlariga topshiring. Ehtimol, aynan sizning kitobingiz kimnidir yangi yutuqlarga ilhomlantirishi mumkin. Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha

💬 ai.lex.uzsunʼiy intellekt javob beradi

Savol: Sudlanganlik qachondan boshlab tugallanadi?

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eslatma

Adliya vazirligining Instagram, Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifalari hamda “Adliya yangiliklari” Telegram kanali rasmiy maqomga ega.

❗️Sahifalarning nomidagi maxsus belgi (✔️) orqali ularni oson ajratib olishingiz mumkin.

Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini va Telegram messenjeridagi kanallarini eslatib o‘tamiz:

📱 Telegram
@adliyangiliklari
@huquqiyaxborot
@huquqiyaxborot_lotin (lotin)
@pravoinf (rus)
@leginf (ingliz)

📱 Facebook
https://www.facebook.com/minjustuz

📱 Instagram
https://www.instagram.com/adliyanews

📱 Youtube
https://www.youtube.com/c/Adliya

📱 X (Twitter)
https://x.com/MinjustUzb

Axborotni ishonchli manbalardan oling!

🖥 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

TIQQM vakillarining intellektual mulk sohasi boʻyicha bilim va koʻnikmalarni oshirishga qaratilgan 2-bosqich trening mashgʻulotlari yakunlandi

Adliya vazirligi huzuridagi «Intellektual mulk markazi» davlat muassasasi mutaxassislari tomonidan Fanlar akademiyasi, Oliy taʼlim muassasalari, Ilmiy-tadqiqot institutlari va Erkin iqtisodiy zonasi direksiyalari huzurida faoliyat yuritayotgan Texnologiya va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazlari (TIQQM) masʼul vakillarining intellektual mulk sohasi boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan treninglar oʻtkazildi.

Mashgʻulotlar davomida TIQQM faoliyatini tashkil etish va taʼminlash (yuritish) boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirilganligi toʻgʻrisida hisobotni toʻgʻri shakllantirish, IMO haqida tushunchalar va ularga talabnoma topshirish qoidalari batafsil tushuntirildi.

Ushbu treningning ajralib turuvchi jihati shundaki, unda asosan endigina oʻz faoliyatlarini boshlagan TIQQMlarning masʼul vakillari ishtirok etmoqdalar. Bu esa yangi tashkil etilgan markazlar masʼul vakillariga intellektual mulk sohasiga oid zarur bilim va koʻnikmalarni egallash imkonini beradi. Ishtirokchilar oʻzaro tajriba almashish, yangi bilimlarni egallash va intellektual mulk sohasida amaliy koʻnikmalarni shakllantirish imkoniyatiga ega boʻldilar.

Tinglovchilarga mashgʻulotlar yakuni boʻyicha sertifikatlar topshirildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📣 Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan 2025-yilning 6-fevral kuni xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazilishi munosabati bilan malaka imtihoni jarayoni soat 10-00 dan boshlab videotasvirga olinib, Internet tarmog‘ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatiladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Qoʻshrabot tumanida aholi bilan ochiq muloqot oʻtkazdi

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Samarqand viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari doirasida Qoʻshrabot tumanidagi mahallalarda boʻlib, aholi bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.

— Taqdimotlar, rejalar oʻz yoʻliga, menga oʻzingiz duch kelayotgan muammo, turmush sharoitingizni yanada yaxshilash yoʻli, farovonlikka chiqish uchun bizdan nima yordam kerakligi haqida gapiring, — dedi adliya vaziri A.Toshqulov “Navkat” mahallasida oʻtkazilgan ochiq muloqotda. Shundan soʻng uchrashuv samimiy suhbatga aylandi. Eʼtiborlisi, adliya vaziri mahalladagi kambagʻal oilalarni qoʻllab-quvvatlashda hududning ixtisoslashuviga eʼtibor qaratishni ilgari surdi.

Muloqot yakuni boʻyicha mahallada yoʻl boʻyi qoʻshimcha xizmat koʻrsatish, bola parvarishi bilan band boʻlgan xotin-qizlarni qoʻshimcha daromad topishga qaratilgan loyihalar belgilab olindi. Jumladan, boʻsh turgan binoda hudud aholisi va yoshlari uchun kasb-hunar oʻrgatuvchi markazga aylantirish tashabbusini bildirildi.

“Doʻstlik” mahallasida ham bu jarayonlar davom etdi. Akbar Toshqulov mahalla binosida, ogʻir sharoitda yashayotgan aholi xonadonlarida boʻldi, fuqarolarning muammolari, huquqiy, ijtimoiy masalalarini tingladi. Ularga zarur texnikalarni topshirdi.

Viloyatda “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasidagi amaliy ishlar davom etmoqda.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

Hasanboy Doʻsmatov “Ziyo ulash” aksiyasiga qoʻshildi

Ikki karra olimpiya chempioni Hasanboy Doʻsmatov Andijon shahar davlat xizmatlari markaziga kitoblar bilan kirib keldi.

Butun respublika boʻylab Adliya vazirligining Ziyo ulash” aksiyasi davom etmoqda. Yagona sharti: oʻqib boʻlgach, boshqaga bering.

Agar sizda ham oʻqib boʻlgan va uyda turgan kitoblaringiz boʻlsa, oʻzingizga yaqin davlat xizmatlari markazi yoki boshqa adliya organlariga olib boring. Ziyo ulash” javoniga qoʻying va javondan oʻzingizga yoqqan kitobni shunday olib ketavering. Oʻqib boʻlgach, qaytib olib keling va yana boshqa kitobga almashtirib ketsangiz ham boʻladi.

Bu ijtimoiy loyiha, kitoblardan foydalanish bepul. Kitoblar soni ortib ketsa, kam taʼminlangan oilalarga ham sovgʻa qilamiz. Ehtimol, aynan sizning kitobingiz kimnidir yangi yutuqlarga ilhomlantirishi mumkin. Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi Axborot xizmatiga yangi rahbar tayinlandi


Adliya vazirining tegishli buyrugʻi bilan, Xayotjon Odilovich Klichev Axborot xizmati rahbari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi direktorining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Xayotjon Klichev 1987-yilda Buxoro shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 2010-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, huquqshunos. 2-darajali adliya maslahatchisi.

Xayotjon Klichev adliya tizimida 2011-yilda ishlay boshlagan. Hududiy adliya boshqarmalari va Adliya vazirligi markaziy apparatida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. Xususan, 2019-yilda Huquqiy targʻibot va maʼrifat boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari boʻlgan. 2019–2022-yillarda Prezident Administratsiyasi masʼul xodimi sifatida faoliyat olib borgan.

Maʼlumot uchun, lavozimga tayinlov Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga koʻra amalga oshirildi.

Adliya vazirligi jamoasi Xayotjon Klichevni mazkur masʼuliyatli tayinlov bilan qutlaydi. Kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov xizmat safarining ikkinchi kunida Qoʻshrabot tumanidagi “Mayintepa” mahallasida boʻldi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan oilalar, fuqarolarning muammolari, huquqiy masalalarini oʻrgandi. Mahallada kambagʻallikni kamaytirish, bu borada ichki resurslardan foydalanish yuzasidan tavsiyalar berdi. Hududdagi ichki imkoniyatlarni borib koʻrdi. Ishlab chiqarish orqali daromad topayotgan yoshlar bilan muloqot qilib, ularning muammolariga quloq tutdi.

Mahalla ahli hududda til oʻrganish kursi, IT-markazi tashkil etishda amaliy koʻmak soʻradi. Buning uchun alohida bino ajratilib, zarur sharoitlar yaratilishi aytildi.

“Qiyqim” mahallasidagi oʻrganishlar ham samimiy suhbatga ulandi. Aholi adliya vaziriga nafaqat muammolari, balki takliflarini ham bildirdi. Muloqotlar chogʻida mahallada tadbirkorlik orqali shaxsiy daromadga kirishni istovchilar koʻpligi oydinlashdi. Ularning aksariyatini joy bilan bogʻliq muammosi bor.

Misol uchun, N.Safarova tadbirkorlik qilish yoʻlida duch kelayotgan masalasi adliya aralashuvi bilan sud tartibida koʻrib chiqiladigan boʻldi. Xonadonida kichik issiqxona tashkil qilgan A.Isroilovning shu yoʻnalishdagi faoliyatini kengaytirish masalasi oʻrganib chiqiladi. Muloqot davomida koʻtarilgan huquqiy muammolar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM