ADLIYA YANGILIKLARI
16.5K subscribers
24.9K photos
2.74K videos
39 files
9.49K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti xodimlari va Andijon viloyati adliya boshqarmasi tomonidan hududda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgilarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishning afzalliklari hamda ularning huquqiy himoyasi toʻgʻrisida sayyor uchrashuv tashkil etildi.

Intellektual mulk obyektlari, xususan, tovar belgilari va geografik koʻrsatkichlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma topshirish boʻyicha master-klass oʻtkazildi.

Shuningdek, Andijon viloyatining sanoat zonasida faoliyat olib boruvchi “Ravon taraqqiyot orzusi” MChJda joyiga chiqqan holda jamiyatga tegishli boʻlgan intellektual mulk obyektlari, xususan tovar belgilari hamda sanoat namunalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar berildi.

Uchrashuvlar davomida tadbirkorlarning tovar belgilarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va tovar belgilarini huquqiy himoya qilish boʻyicha tegishli arizalari qabul qilingan holda tadbirkorlarga amaliy yordam berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

“Digital Almaty 2025” xalqaro raqamli forumida “LexAI” tanishtirildi

Oʻzbekistonda sunʼiy intellektni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar Olmaotadagi “Digital Almaty 2025” xalqaro raqamli forumi doirasida taqdimot qilindi.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, 31-yanvar kuni Adliya vazirligi xodimlari va AQShning Toshkent shahridagi elchixonasi vakillari oʻrtasida AQSH Savdo vakilligining (USTR) “301-maxsus hisoboti” boʻyicha uchrashuv tashkil etildi.

301-maxsus hisobot intellektual mulk huquqlarini “yetarli va samarali” himoya qilinmaydigan yoki intellektual mulk egalariga “adolatli va teng” bozor sharoitlari yaratilmagan davlatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.

Oʻzbekiston intellektual mulk sohasida amalga oshirilgan islohotlar natijasida 24 yildan soʻng — 2024-yilgi “301-maxsus hisoboti”da “Kuzatuvdagi davlatlar” (qora roʻyxat) roʻyxatidan chiqarilgan.

Ushbu uchrashuv doirasida Adliya vazirligi tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha batafsil maʼlumot taqdim etildi.

Uchrashuv yakunida AQShning Toshkent shahridagi elchixonasi vakili Oʻzbekistonda intellektual mulk sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga yuqori baho berdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya xodimi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Adliya vazirligi vazir kotibiyati boshligʻi Aʼzamjon Sarabekov mudofaa vazirining buyrugʻi bilan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirishda faol ishtiroki uchun “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Vazirlik jamoasi Aʼzamjon Abdukadirovichni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi hamda kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_podkast

ITʼda ayollar inqilobi

Nega IT sohasida ayollar kam, bu sohada gender tengligi qanday rivojlanmoqda, dasturchi boʻlmoqchi boʻlgan yosh ayol-qizlar nimalarni bilishi, qanday koʻnikmalarni olishi kerak, ayollar IT sohasida duch kelishi mumkin boʻlgan muammolar qaysilar, ayollar uchun bu sohada qoʻllab-quvvatlash dasturlari yetarlimi? “Ayollar koʻrsin” podkastining navbatdagi sonida dolzarb mavzu atrofidagi muhim savollarga javoblar aytildi.

Toʻliq video 👉 https://youtu.be/rmFA_vQZNLs

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_loyiha

❗️O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining vijdon erkinligini ta'minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi mazmuni.

Ma’lumot uchun, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida bir guruh deputatlar tomonidan tashabbus qilingan O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta'minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi loyihasi ko‘rib chiqilmoqda.
 
Muhokamaga qo‘yilgan loyiha haqida o‘z munosabat va fikrlaringizni bu yerda qoldiring 👉
https://parliament.gov.uz/oz/regulation/35

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Intellektual_mulk

Tovar belgisidan noqonuniy foydalangan tadbirkorga nisbatan chora korildi.

Adliya vazirligiga “СВОБОДА” AJga tegishli tovar belgisiga o‘xshash belgilardan foydalangan holda kontrafakt mahsulotlar ishlab chiqarilayotganligi bo‘yicha murojaat kelib tushdi.

Mazkur murojaat asosida olib borilgan o‘rganishlar natijasida “N.Z” XK tomonidan haqiqatdan ham “СВОБОДА” AJga tegishli “ТИК-ТАК” hamda “АЛИСА” tovar belgisiga fonetik jihatdan o‘xshash bo‘lgan “TIK-TOK” va “ALESA” belgilari ishlab chiqarilayotgan va savdoga taklif qilinayotgan kosmetika vositalari qadog‘ida  foydalanilayotganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritilib huquqbuzarlik bartaraf etildi.

(Suratda chap tomondagi asl mahsulot)

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_loyiha

❗️O‘zbekiston Respublikasi din sohasidagi davlat siyosatining maqsadi, asosiy vazifalari va prinsiplari

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha

💬 ai.lex.uzsunʼiy intellekt javob beradi

Savol: 14 yoshdaman bir masala yuzasidan hokimiyatga murojaat qilishga borsam, menga voyaga yetmagansiz, shu sababli mustaqil oʻzingiz murojaat qila olmaysiz deyishdi. Shu toʻgʻrimi?

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida Samarqanddagi mahallalarga keldi

Mamlakatimizda kambagʻal oilalar hayotini oʻzgartirish, turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan “Kambagʻallikdan farovonlik sari!” dasturi amalga oshirilmoqda. Bu borada “Kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni dasturilamal vazifasini bajarmoqda.

Unga koʻra, 2025-yilda 1 million nafar aholini kambagʻallikdan chiqarish davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining hamda barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilangan. Bunda Adliya vazirligi ham hududlarda alohida chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Xususan, bu yoʻnalishdagi jarayonlar bugun Samarqand viloyatida davom etmoqda. Adliya vaziri Akbar Toshqulov bugun, 3-fevral kuni viloyat markazidan qariyb 100 kilometr olisda joylashgan Qoʻshrabot tumaniga keldi. Oʻrganishni “Xonnazar” mahallasidan boshladi. Mahalladagi kambagʻal oilalarga kirdi, xonadonda yashovchilar, tadbirkorlar bilan suhbatlashdi, ularning nima muammosi borligi, qanday yordam koʻrsatish kerakligi bilan qiziqdi.

III-guruh nogironi boʻlgan 55 yoshli Karomat opa Ismoilova nogironligi boʻlsa-da yoshligida oʻrgangan tikuvchilik kasbi orqali bugun hamqishloqlarini koʻrpa, yostiq, beshiklarga zeb beradigan yopinchiqlar bilan taʼminlab keladi. U Akbar Toshqulov bilan suhbatda shogirdlarni koʻpaytirish, kasbini hamqishloqlariga oʻrgatib qoʻshimcha ishchi kuchi olishni istayotgani, buning uchun tikuv mashinasiga ehtiyoji borligini aytdi. Adliya vaziri unga zamonaviy tikuv mashinasini topshirdi.

Xonnazar qishlogʻida oilaviy tadbirkorlik bilan shugʻullanayotgan Ahmad Adilov mayizni qayta ishlash uchun qoʻshimcha joy olish borasidagi muammosini maʼlum qildi. Uning murojaati vazir nazoratiga olindi.

Mahalla binosida masʼullar bilan uchrashuvda nochor oilalarni kambagʻallikdan chiqarish tartibi, buni amalga oshirish mexanizmi, fuqarolar huquqiy va ijtimoiy muammolari bilan ishlash, bunda adliya organlari bilan hamkorlik borasida soʻz yuritildi, zarur tavsiyalar berildi. Vazir oʻrtaga tashlangan masalalar, savollarni tinglab, ochiq muloqot qildi.

“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida mahallada joriy yilda bajariladigan ishlar, chora-tadbirlar, koʻrsatiladigan ijtimoiy-iqtisodiy yordamlar haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, mahallada Xitoy tajribasi asosida kambagʻallikdan chiqarish loyihasi ustida ish olib borilmoqda. Unga koʻra, bu yerda 10 dan ortiq loyihalar amalga oshirilishi koʻzda tutilgan.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_loyiha

❗️Oʻzbekiston Respublikasida diniy sohadagi davlat siyosatining maqsadi, asosiy vazifalari va prinsiplari

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM