ADLIYA YANGILIKLARI
16.5K subscribers
24.9K photos
2.74K videos
39 files
9.49K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan Xalqaro taraqqiyot huquqi tashkiloti (IDLO) hamda Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki bilan hamkorlikda mediator-trenerlar uchun uch kunlik trening tashkil etildi.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha

💬 ai.lex.uzsunʼiy intellekt javob beradi

Savol: Mashinamda xavfsizlik kamarini taqmasdan harakatlanibman, ammo "GAI" xodimlari koʻrmadi. Buning uchun qanday javobgarlik bor?

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari: kun davomida

🖥 Guliston shahrida tashkil etilgan ommaviy qabulda 30 nafarga yaqin fuqaro Adliya vazirligi masʼullari hamda viloyat adliya boshqarmasi rahbariyatiga murojaat qildi.

🖥 Samarqand shahar adliya bo’limi koʻmagida fuqaroga 21 million soʻmdan ziyod pul mablagʻi toʻlab berildi.

🖥 Paxtaobod tumani adliya boʻlimi davlat xizmatlari markazi tomonidan aholiga sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.

🖥 Jizzaxda oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish boʻyicha seminar tashkil etildi.

🖥 Baliqchi tumani adliya boʻlimi tomonidan “Aʼlam” mahallasida sayyor qabul oʻtkazildi.

🖥 Nukus shahar hokimligi tarkibiy boʻlinmalari xodimlari uchun ijro intizomi va ish yuritish tartibi boʻyicha oʻquv seminari oʻtkazildi.

🖥 Toshkent viloyat adliya boshqarmasi aralashuvi bilan fuqaro foydasiga qariyb 525 mln soʻm miqdorida kompensatsiya pullari undirib beriladigan boʻldi.

🖥 Buxoro viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i M.Isayev tomonidan “G‘afur G‘ulom” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.

🖥 Bagʻdod tumani adliya boʻlimi tomonidan “Bordon” mahallasida uyma-uy yurgan holda aholining huquqiy muammolari oʻrganildi.

🖥 Asaka tumani davlat xizmatlari markazi tomonidan sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Ilhomlantiruvchi hikoya: Adliya vazirligida Dilorom Yoʻldosheva bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi


Bugun, 30-yanvar kuni Adliya vazirligida Dilorom Yoʻldosheva bilan ilhomlantiruvchi uchrashuv tashkil etildi. Bu ayolning hayot yoʻli gʻayritabiiy iroda kuchi, qatʼiyatlilik va oʻziga boʻlgan ishonchning yorqin timsoli hisoblanadi. Uning tarixi koʻpchilikka ibrat boʻlishi shubhasiz.

Ikki yil avval Dilorom Yoʻldosheva baxtsiz hodisa oqibatida ikkala oyogʻini yoʻqotgan. Falokatga qaramay, u umidsizlikka tushmadi va oʻzining tikuvchilik biznesini ochdi. U ishchilar va maktab oʻquvchilari uchun kiyim tikish boʻyicha shartnomalar tuzib, oʻzi va oʻnlab boshqa ayollarni daromad bilan taʼminladi.

Dilorom Yoʻldosheva Adliya vazirligi tomonidan yoʻlga qoʻyilgan “Madad” ijtimoiy-huquqiy loyihasi ilk ishtirokchisidir. U “Matonat” filmining bosh qahramoni ham boʻldi. 2024-yilning dekabr oyida esa u BBC tomonidan dunyoning 100 nafar ilhomlantiruvchi va taʼsirli ayollar roʻyxatiga kiritildi. Soʻngra Prezident farmoniga muvofiq “Mardlik” ordeni bilan ham taqdirlandi.

Dilorom Yoʻldosheva hayotini vaziyatlar boshqarishiga yoʻl qoʻymay, rivojlanishni davom ettirdi, boshqalarga yordam berishni toʻxtatmadi va haqiqiy kuch ichimizda ekanligini isbotladi. Oʻzining irodasini namoyish etib, nafaqat Denovdagi oddiy hunarmanddan muvaffaqiyatli tadbirkorga aylanish jarayonini, balki jamiyatdagi ayollarni ilhomlantirishda qanday muhim rol oʻynashini ham koʻrsatdi.

Uchrashuvda Adliya vazirligida faoliyat yurituvchi xotin-qizlar ishtirok etib, mehmonning hayot yoʻlini bevosita tinglash, savollar berish va qimmatli maslahatlar olish imkoniyatiga ega boʻldilar. Mehmon oilani qoʻllab-quvvatlashning muhimligi, ichki motivatsiya va oʻz kuchiga ishonch haqidagi fikrlarini oʻrtoqlashdi.

Tadbir yakunida ayrim ishtirokchilar bu uchrashuv ularga oʻz hayotlariga yangicha nigoh bilan qarashga va oʻziga ishonch hamda maqsadga intilishning nechogʻlik muhimligini anglashga yordam berganini taʼkidladilar. Bunday misollar iroda kuchi, jamiyat qoʻllab-quvvatlashi va shaxsiy matonat taqdirni oʻzgartira olishini isbotlaydi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy Gap
⚡️“Xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish masalalari” mavzusida audio-podkast tashkil etiladi.

🎙Suhbat spikeri:

🤵‍♂️
Karimjonov Muhammadamin Muhammadaliyevich - Toshkent davlat yuridik universiteti Mehnat huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi.

Ovozli chat 31-yanvar kuni soat 16:30da
@huquqiy_gap kanalida boshlanadi.

📥Savollaringizni izohlarda qoldiring!

Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiy_gap
#Adliya_xabari

Xalqaro hamkorlik doirasia davlat xizmatlari boʻyicha innovatsion yechimlar muhokama qilindi
 
Bugun, 30-yanvar kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmati va ijtimoiy innovatsiyalar boʻyicha davlat agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.

Ommaviy foydalanish uchun maʼlumotlar portali, maʼlumotlar boshqaruvi strategiyasi hamda davlat xizmatlarini koʻrsatishda sunʼiy intellektni qoʻllash masalalari muhokama qilindi va o‘zaro tajriba almashildi.

Uchrashuv davomida Ozarbayjon tomoni 2024–2026-yillar uchun sunʼiy intellektni rivojlantirish strategiyasi mavjudligi hamda davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida sunʼiy intellektdan foydalanishga bosqichma-bosqich oʻtish rejalashtirilganini taʼkidladi.

Shuningdek, Adliya vazirligi vakillari Lex.AI platformasi haqida qisqacha ma’lumot taqdim qildilar.

Ushbu platforma huquqiy masalalarga javob topishga koʻmaklashadigan yordamchi chat-bot, hujjatlarni huquqshunos ishtirokisiz, konstruktor asosida mustaqil tayyorlashga, ekspertiza qilib berishga, berilgan keyslarga huquqiy amaliyotni tahlil etish asosida javob berishga moʻljallanganligi va hozirda platformaning huquqiy masalalarga oid savollarga sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda “LexAI” chat-boti ishga tushirilganligi ma’lum qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar amaldagi 2024–2026-yillar uchun moʻljallangan Hamkorlik dasturi doirasida hamkorlikni jadallashtirishga kelishib oldilar.
 
📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha

💬 ai.lex.uzsunʼiy intellekt javob beradi

Savol: Jamoat transportida yoʻlkira haqini toʻlamasdan yurganlik uchun qanday javobgarlik bor?

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

Kattaqoʻrgʻon tumani adliya boʻlimi koʻmagida fuqaroga 76 million soʻmga yaqin pul mablagʻi toʻlab beriladigan boʻldi

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Intellektual_mulk

Soʻnggi besh yillikda eng koʻp tijoratlashtirilgan brendlar

Qonunchilikka muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirish maqsadida tuzilgan litsenziya shartnomalari davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi shart.

Yuqoridagi jadvalda brendni tijoratlashtirish boʻyicha tuzilgan litsenziya shartnomalari reytingi keltirilgan.

✔️Brend egasi brendidan foydalanish huquqini (litsenziya) sotib ham qoʻshimcha daromad topishi mumkin.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

Firibgarlardan qanday himoyalanish mumkin? Pensionerlar uchun muhim tavsiya.

Batafsil 👉infografikada👆

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Huquqiy Gap
⚡️“Xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish masalalari” mavzusida audio-podkast tashkil etiladi. 🎙Suhbat spikeri: 🤵‍♂️Karimjonov Muhammadamin Muhammadaliyevich - Toshkent davlat yuridik universiteti Mehnat huquqi…
⚡️“Xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish masalalari” mavzusida audio-podkast davom etmoqda.

Suhbat spikeri:
Muhammadamin Muhammadaliyevich Karimjonov, Toshkent davlat yuridik universiteti Mehnat huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi.

Podkatga ulanish 👉 @huquqiy_gap

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM