ADLIYA YANGILIKLARI
16.5K subscribers
24.9K photos
2.74K videos
39 files
9.49K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Respublika sud ekspertiza markazining Samarqand viloyat hududiy bo‘limi va Toshkent davlat yuridik universiteti huzurida yangi tashkil etilgan Samarqand viloyat akademik litseyi faoliyati bilan tanishildi

Adliya vazirligining Yuridik ta’lim va sud-ekspertiza boshqarmasi boshlig‘i J. Nuritdinov joriy yilning 28-yanvar kuni Respublika sud ekspertiza markazining Samarqand viloyat hududiy bo‘limi hamda yangi tashkil etilgan Samarqand viloyat akademik litseyi faoliyati bilan tanishdi.

Jumaladan, Respublika sud ekspertiza markazining Samarqand viloyat hududiy bo‘limida yaratilayotgan shart-sharoit va qulayliklar, mavjud moddiy-texnika bazasi va ularning imkoniyatlari hamda yangi joriy etilgan ekspertiza turlarini o‘tkazilishi holatini o‘rgandi.

Bundan tashqari, Samarqand viloyat akademik litseyida o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, o‘quv jarayonlari, o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik darajasini ko‘rib chiqdi.

Shu bilan birga, Respublika sud ekspertiza markazining Samarqand viloyat hududiy bo‘limi va Samarqand viloyat akademik litseyi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar hamda qilinishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha topshiriqlarni berdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Konimex tumani adliya boʻlimi aralashuvi bilan fuqaro va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanmoqda.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#intellektual_mulk

Tovar belgisidan ruxsatsiz foydalanib kelgan tadbirkorga nisbatan moliyaviy jarima qoʻllanildi

Adliya vazirligiga “FATIH KRAL MOB” MChJga tegishli tovar belgisiga oʻxshash belgilardan foydalangan holda kontrafakt mahsulotlar ishlab chiqarilayotganligi boʻyicha murojaat kelib tushdi.

Murojaatda keltirilgan holatlarni oʻrganish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan “L.A” XK faoliyatida belgilangan tartibda tekshiruv oʻtkazildi.

Tekshiruv natijasida “L.A” XK tomonidan “FATIH KRAL MOB” MChJga tegishli “Ханский” jamlama tovar belgisiga tasviriy va grafik jihatdan oʻxshash “Хақиқий” jamlama koʻrinishidagi belgilardan ishlab chiqarilayotgan va savdoga taklif qilinayotgan pishloq mahsulotlari nomida foydalanilayotganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzar “L.A” XKga oʻzganing tovar belgisiga oʻxshash belgidan qonunga xilof ravishda foydalanganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (75 mln soʻm) miqdorida moliyaviy jarima qoʻllanildi hamda huquqbuzarlik holatini toʻxtatish yuzasidan qaror qabul qilindi.

(Suratda chap tomondagi asl mahsulot)

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

“Ijro intizomi — samaradorlik omili”

Prezident Administratsiyasi va Adliya vazirligi masʼullaridan iborat respublika ishchi guruhi ishtirokida Jizzax shahar adliya boʻlimi binosida “Ijro intizomi — samaradorlik omili” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda viloyat hamda tumandagi davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomiga masʼul xodimlar ishtirok etdi.

Tadbirda “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni hamda “«Ijro.gov.uz» ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarorining mazmun-mohiyati va joriy etilgan tizimning alohida jihatlari haqida maʼlumot berdi.

Respublika ishchi guruhi vakillari ijro intizomini tartibga solishning huquqiy asoslari bilan bir qatorda, “Ijro.gov.uz” tizimi orqali viloyatda nazoratga olingan topshiriqlar ijrosi haqida toʻxtalib oʻtdi.

Ishtirokchilar faoliyati davomida joriy qilinayotgan yangiliklar, qiyinchilik tugʻdirayotgan baʼzi holatlar yuzasidan masʼullardan atroflicha javob oldi, taklif mulohazalari tinglandi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_teleloyiha

⚡️Adliya vazirligining “YURIDIK KLINIKA” koʻrsatuvi boshlandi.

Mavzu: Mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan yangi tizimi qanday ishlaydi?

Mavzu yuzasidan oʻz savollaringizni @yuridiklinikabot Telegram-boti yoki toʻgʻridan-toʻgʻri efir vaqtida 71-233-75-74 telefon raqamiga bogʻlanish orqali orqali yuborishingiz mumkin.

📹 Onlayn translyatsiya: https://youtu.be/Pt4WWX4PfOY

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Maxsus reportaj | «Huquqiy mahalla» tadbirlari doirasida aholi muammolari yechim topmoqda


📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Tadbirkorlarga intellektual mulk obyektlarini muhofaza va himoya qilish boʻyicha sayyor uchrashuv tashkil etildi

Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti va Namangan viloyati adliya boshqarmasi tomonidan hududda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgilarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishning afzalliklari hamda ularning huquqiy himoyasi toʻgʻrisida sayyor uchrashuv tashkil etildi.

Intellektual mulk obyektlari, xususan, tovar belgilari va geografik koʻrsatkichlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma topshirish boʻyicha master-klass oʻtkazildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida “Rashnam”, “Stivia”, “Mexmash” tovar belgilarini davlat roʻyxatidan oʻtkazilishiga amaliy yordam berildi hamda “D.maretti”, “Rayhon” tovar belgilarini huquqiy himoya qilish boʻyicha tegishli arizalar qabul qilindi.

Bundan tashqari, “Tekstil Libos” MChJ faoliyati bilan tanishildi va ushbu jamiyat tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarda ishlatiladigan “IMIR” jamlama koʻrinishdagi belgini tovar belgisi sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazishga amaliy yordam berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xodimining_bir_kuni

Adliya organlari va muassasalari xodimlarining ish kuni qanday kechadi? "Adliya xodimining bir kun" nomli media loyihamizning yangi sonida Zangiota tumani Davlat xizmatlari markazi direktori Farhod Hayitmetov bilan tanishamiz.

Farhod Hayitmetov har kuni ishga yagona maqsad bilan keladi — davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonini qulay, tez va shaffof qilish. Unda kun davomida deyarli bo‘sh vaqt bo‘lmaydi: tashrif buyuruvchilar oqimi, hujjatlar, maslahatlar... Barchasi aniq va samarali tashkil etilishi lozim. Ishda u har bir mijoz mamnun holda ketishi kerak, degan asosiy tamoyilga amal qiladi.

Zangiota tumani Davlat xizmatlari markazi direktorining ish kuni haqida batafsil 📎videoda.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM