ADLIYA YANGILIKLARI
16.5K subscribers
24.9K photos
2.74K videos
39 files
9.49K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqshunos_oshxonasi

Bojxona to’lovlari o’zgardimi?

Har bir fuqaro chet eldan qancha tilla-taqinchoq olib kira oladi? IMEI kodlarini ro’yxatdan o’tkazish nima beradi? Nechtagacha telefon olib kirish mumkin?

Shu kabi savollarga “Huquqshunos oshxonasi”ning navbatdagi sonida javob oling.

Toʻliq video: 👉 https://youtu.be/P1mOXPs8G5Q?si=ay2Mg8Uzr2a_tze4

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari: kun davomida

🖥 Koson tumani adliya boʻlimi aralashuvi bilan tadbirkorga 652 mln soʻm undirib beriladigan boʻldi.

🖥 Kosonsoy tumani adliya boʻlimi aralashuvi bilan fuqarolarning foydasiga 393 million soʻmdan ziyod pul mablagʻi undirildi.

🖥 “Huquqiy mahalla” loyihasi konsepsiyasi doirasida Namangan shahar adliya boʻlimi tashabbusi bilan “Yangi asr” mahallasi fuqarolari chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.

🖥 Baxmal tumani adliya boʻlimi aralashuvi bilan tadbirkorga 320 mln soʻmdan ortiq pul mablagʻi undirib beriladigan boʻldi.

🖥 Respublika ishchi guruhi tomonidan Nukus shahrida sayyor qabul oʻtkazildi.

🖥 Jizzax viloyat adliya boshqarmasida 2024-yil yakunlari sarhisobiga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazildi.

🖥 Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziri E.Tursunov Toʻrtkoʻl tumanida “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi.

🖥 Toʻraqoʻrgʻon tumani adliya boʻlimi tomonidan “Oʻrda” mahallasida “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik tashkil etilib 357 nafar fuqaro tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.

🖥 Paxtachi tumani adliya boʻlimi aralashuvi bilan tadbirkor foydasiga qariyb 460 mln soʻm miqdoridagi muddati oʻtgan qarzdorlik undirib berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi tomonidan Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, realizatsiya qilish, berish, taqsimlash va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3604, 27.01.2025- y.) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Ushbu Nizomda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, realizatsiya qilish, berish, taqsimlash va hisobga olish tartibi belgilangan.

Giyohvandlik vositalarini saqlash, realizatsiya qilish, berish va hisobga olish boʻyicha.

Giyohvandlik vositalari seyflarda saqlanadi. Seyflar yopiq holda boʻlishi kerak.

Giyohvandlik vositalarini jismoniy shaxslarga shifokor retsepti asosida realizatsiya qilish (berish) quyidagi shaxslar tomonidan amalga oshiriladi:
▫️dorixona mudiri;
▫️farmatsevt (provizor);
▫️dorixona farmatsevti assistenti.

Giyohvandlik vositalari Oʻzbekiston Respublikasining tegishli maʼmuriy-hududiy birligidagi dorixonadan mazkur maʼmuriy-hududiy birlikda joylashgan davolash-profilaktika muassasasining retsepti asosida realizatsiya qilinadi (beriladi).

Psixotrop moddalarni saqlash, realizatsiya qilish, berish va hisobga olish boʻyicha.


Psixotrop moddalar dorixona omborxonalarining seyflarida yoki metall javonlarda saqlanadi.

Psixotrop moddalar Oʻzbekiston Respublikasining tegishli maʼmuriy-hududiy birligidagi dorixonadan mazkur maʼmuriy-hududiy birlikda joylashgan davolash-profilaktika muassasasining retsepti asosida realizatsiya qilinadi (beriladi).

Davolash-profilaktika muassasasining dorixonasida psixotrop moddasining zaxirasi bir oylik ehtiyojdan oshmasligi, boʻlimlarida esa ikki haftalik ehtiyojdan oshmasligi kerak.

Psixotrop moddalar hisobi sahifalari raqamlangan va ip oʻtkazib tikilgan, davolash-profilaktika muassasasi muhri va rahbar imzosi bilan tasdiqlangan maxsus kitobda olib boriladi.

Prekursorlarni saqlash, realizatsiya qilish, berish va hisobga olish boʻyicha.

Tarkibida prekursor boʻlgan dori vositalari metall javonlarda saqlanadi.

Tez alangalanuvchi prekursorlar zich yopiladigan, chidamli (pishiq) shisha yoki metall idishlarda saqlanadi.

Idishlar uchdan ikki qismidan koʻp boʻlmagan hajmda prekursorlar bilan toʻldirilishi kerak.

Tibbiy maqsadlarda qoʻllaniladigan, tarkibida prekursor boʻlgan dori vositalarini faqat shifokor retsepti asosida realizatsiya qilinadi (beriladi).

Tarkibida prekursor boʻlgan dori vositalarining hisobi sahifalari raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan va dorixona rahbari imzosi va muhri bilan tasdiqlangan hisobga olish kitobida qayd etiladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Aholining huquqiy muammolari oʻrganilmoqda

“Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida Sirdaryo tumani “Oqibat” mahallasida vazir kotibiyati boshligʻi A.Sarabekov rahbarligidagi ishchi guruhi tomonidan aholining huquqiy muammolari oʻrganildi.

Tashkil qilingan sayyor qabulda 120 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etib, shundan 38 nafarining murojaati joyida hal etildi, 20 dan ziyod murojaat ish yurituviga qabul qilindi, 60 nafariga tushuntirish va huquqiy hujjat loyihasi tayyorlab berildi.

Tadbirda FHDY, “Madad”, notarius, advokat, tijorat banklari tomonidan maslahat burchaklari tashkil qilinib, aholining kundalik hayotidagi muammoli masalalari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, gaz va elektr taʼminoti korxonalari tomonidan sohadagi yangiliklar targʻib qilindi.

Aholi bandligiga koʻmaklashish maqsadida tashkil etilgan mehnat yarmarkasida 10 nafar fuqaroga doimiy ishlash uchun “Inter Milk” MCHJga yoʻllanma berildi, 5 nafar fuqaro “Guliston Ishga Marhamat” monomarkaziga oʻqish uchun yuboriladigan boʻldi. Aholiga 50 turdan ziyod davlat xizmat koʻrsatildi.

Shu bilan birga, tashkil qilingan tibbiy koʻrikda 320 nafar fuqaroning salomatligi nazoratdan oʻtkazilib, ambulator va statsionar davolanish uchun yoʻllanmalar berildi. Tibbiy koʻrik davomida 199 nafar fuqaro sil kasalligi boʻyicha rentgen, EKG, UZI tekshiruvidan oʻtkazildi.

Bundan tashqari, ishchi guruhi tomonidan aholining huquqiy muammolari uyma-uy yurib oʻrganildi hamda “Oqibat”mahallasi yettiligi bilan qonunchilikdagi yangiliklar, ularning faoliyatiga metodik yordam koʻrsatish masalalarida suhbat oʻtkazildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi tomonidan SHNQ 2.07.02-24 «Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish» shaharsozlik normalari va qoidalari (hisob raqami 331, 27.01.2025-y.) hisobga olindi.

Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashga oid talablarni belgilaydi.

Xususan, qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirishda quyidagilar inobatga olinishi kerak:

nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda ularga xizmat koʻrsatuvchi markazlarni binolarning yertoʻla va yarim yertoʻla (sokol) qavatlariga joylashtirishga yoʻl qoʻyilmasligi;

koʻchalardagi piyodalar yoʻlkalarida, yer osti va yer usti piyodalar oʻtish joylarining harakatlanish yoʻlaklarida, jamoat binolarida, koʻzi ojizlar uchun ixtisoslashtirilgan reabilitatsiya markazlarida hamda taʼlim tashkilotlarining ichki va tashqi harakatlanish yoʻlaklarida, shuningdek zinalar va panduslar oldida ogohlantiruvchi va yoʻnaltiruvchi kontrast rangli maxsus taktil yoʻl qoplamalari yotqizilishi;

nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalarning harakatlanish yoʻllarida toʻsiq boʻluvchi darchalar, aylanuvchi turniketlar va aylanma eshiklar kabi qurilmalar qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmasligi;

chorrahalar ovozli-aqlli svetoforlar, taktil qoplamalar, piyodalar oʻtish yoʻlagida boʻrttirilgan tasmalar (zebra), rezina panduslar, koʻcha modul toʻsiqlari, chorraha oʻrtasida xavfsizlik orolchasi hamda maxsus yoʻl belgilar boʻlishi;

piyodalar yoʻlkasi, trotuarlar va panduslarni qoplashda qoʻltiqtayoqli va oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslarning harakatlanishini qiyinlashtiradigan sochma va yirik tarkibli materiallardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmasligi, beton plitali qoplamalar tekis boʻlishi, plitalar orasidagi choklarning qalinligi 1,0 sm dan oshmasligi kabilar.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Intellektual_mulk

Tadbirkorlarga intellektual mulk obyektlarini muhofaza va himoya qilish boʻyicha joyiga chiqqan holda amaliy yordam koʻrsatilmoqda

Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti hamda Namangan viloyati adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan hududda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga tovar belgisiga ega boʻlishning afzalliklari hamda uning huquqiy himoyasi toʻgʻrisida joyiga chiqqan holda huquqiy tushuntirishlar berildi.

Xususan, “VERIGROW DIAGNOSTIC” MChJ faoliyati bilan tanishildi va ular tomonidan xizmat koʻrsatish belgisi sifatida foydalanilayotgan “BOBURSHOX” hamda “ ATLAS” belgilarini xizmat koʻrsatish belgisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish uchun amaliy yordam berildi.

Shuningdek, intellektual mulk obyektlarini himoya qilish uchun tegishli davlat organlariga murojaat qilish, tovar belgilariga nisbatan huquqbuzarlik uchun javobgarlik choralari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot ham berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mening_huquqim

Mediatorlik faoliyatining tartibi qanday?


Bu haqida batafsil 👉 “Mening huquqim” koʻrsatuvining navbatdagi sonida.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Hududiy adliya organlari uchun amaliy seminar o‘tkazildi

Avval xabar berganimizdek, Adliya vazirligi ishchi guruhi Sirdaryo viloyati adliya organlari faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan o‘rganish va tahlillar olib bormoqda.

Tahlillar natijasidan kelib chiqib, mahalliy hokimlik faoliyatida norma ijodkorligi jarayonini takomillashtirish yuzasidan ishchi guruhining taklifiga asosan “E-qaror” tizimida yangi texnik imkoniyatlar joriy etildi.

Bugun respublika bo‘yicha hududiy adliya organlari uchun joriy etilgan texnik imkoniyatlarni amaliyotda qo‘llash masalalari yuzasidan amaliy seminar tashkil etilib, zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Namangan viloyat adliya boshqarmasi “Biz mahalladamiz” media loyihasi doirasida bugun Mingbuloq tumaninung “Qiriqchek” mahallasida.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM