ADLIYA YANGILIKLARI
16.6K subscribers
24.9K photos
2.74K videos
39 files
9.49K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Bugun, 22-yanvar kuni Adliya vazirligida tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatilishida yuzaga kelayotgan muammolarni oʻrganish boʻyicha ochiq muloqot oʻtkazildi. Unda 90 nafarga yaqin tadbirkorlar ishtirok etdi.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Hududlarda oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish masalalariga bag'ishlangan seminarlar tashkil etildi

Adliya vazirligi “Oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun talablarini joylarda ijro etish va belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida bajarish boʻyicha saʼy-harakatlarini kuchaytirdi. Ushbu tashabbus doirasida vazirlik xodimlaridan iborat ishchi guruhlar barcha hududlarda qonun ijrosini oʻrgandi.

Asosiy eʼtibor qonunni amalga oshirishga masʼul davlat tuzilmalarini oʻqitishga qaratildi. Xizmat safarlari davomida mahalliy hokimiyat organlari va tashkilotlar xodimlari uchun maxsus seminarlar tashkil etildi. Mazkur tadbirlar qonunni hayotga tatbiq etishning amaliy jihatlarini tushuntirish, davlat organlari va tashkilotlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlab borish, shu jumladan xatlov davomida toʻplangan maʼlumotlarni avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish masalalariga qaratildi.

Shuningdek, oʻrganish davomida hududlardagi xatlov jarayonlari bilan tanishildi. Xatlov jarayonlari tasdiqlangan reja-jadval asosida amalga oshirish hamda qonunda belgilangan muddatlarga qatʼiy amal qilish lozimligi yuzasidan tushuntirish berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Endilikda qonun loyihalari majburiy ravishda ilmiy ekspertizadan o‘tkaziladi

Vazirlar Mahkamasining “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ilmiy asoslanganlik darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”2025-yil 22-yanvardagi 29-son qarori bilan qonunchilik hujjatlarini ilmiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, endilikda qonun loyihalari majburiy ravishda, qonunosti hujjatlari zaruratga ko‘ra ilmiy ekspertizadan o‘tkaziladi.

Ekspertiza tegishli sohadagi davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.

Adliya vazirligi ilmiy ekspertizadan o‘tkazuvchi davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda davlat oliy ta'lim muassasalarining reyestrini yuritadi.

Ilmiy ekspertizada loyihaning nazariy va ilmiy asoslarga muvofiqligi, sohada mamlakatni rivojlantirish konsepsiya va strategiyalari, zamonaviy yondashuvlarga mosligi o‘rganiladi hamda loyihani takomillashtirish bo‘yicha takliflar beriladi.

Ekspertiza natijalari bo‘yicha loyiha ilmiy asoslanganligi, yetarli darajada ilmiy asoslanmaganligi yoki ilmiy asoslanmaganligi to‘g‘risida xulosa beriladi.

Ushbu xulosa loyihani Adliya vazirligi va qabul qiluvchi organlarga kiritishda ilova qilinishi shart.

Shuningdek, aholini oldindan xabardor qilish va jamoatchilik fikrini olish uchun vazirlik va idoralar o‘z ishlab chiqayotgan yoki ishlab chiqishni rejalashtirayotgan loyiha to‘g‘risida rasmiy veb-saytiga ma'lumot joylashtirib borishi shart. Ushbu ma'lumotda loyihaning mazmuni, taklif yuborish muddati va aloqa manzillari ko‘rsatiladi hamda kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqish natijalarini ham saytga yuklaydi.

Shu bilan birga, zarur hollarda bevosita manfaatdor tomonlar bilan muhokamalar tashkil qilingan holda ko‘rib chiqiladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha

💬 ai.lex.uzsunʼiy intellekt javob beradi

Savol: Koʻp qavatli uyda turaman, tepamdagi qoʻshnilar doim shovqin qilishadi. Shovqin qilmanglar desam menga quloq solishmadi. Bu holatda kimga murojaat qilsam boʻladi? Ularga qanday javobgarlik bor?

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Qoraqalpog‘istonda adliya organlari tomonidan sayyor qabullar tashkil etildi

Shu kunlarda Qoraqalpog‘istonning bir qator tumanlarida Adliya vazirligi mas’ul xodimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri hamda boshqa vazirlik va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida sayyor qabullar o‘tkazildi. Asosiy maqsad — joylarda aholini qiynab kelayotgan huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni o‘rganish va ularga qonuniy yechim topishdan iborat.

Xususan, bunday sayyor qabullar Beruniy va Qonliko‘l tumanlarida bo‘lib o‘tdi, ularda yaqin atrofdagi qo‘shni tumanlar aholisi ham ishtirok etdi.

Alohida e’tibor uy-joy va yer masalalari, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, meros olish, aliment undirish bilan bog‘liq murojaatlarga, shuningdek, mehnat va ijtimoiy huquqlar sohasidagi nizolarga qaratildi. 50 ga yaqin murojaat ko‘rib chiqildi, ularning ayrimlariga huquqiy tushuntirishlar berildi, bir qismi joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar esa adliya organlari va boshqa davlat tuzilmalariga ish yuritishga qabul qilindi. Fuqarolar sayyor davlat xizmatlaridan ham foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Sayyor qabullarda turli vazirlik va idoralar vakillarining ishtiroki murakkab va idoralararo masalalarni hal etishda tezkorlikni ta’minladi. Har bir holat alohida ko‘rib chiqildi, bu esa amaldagi qonunchilik doirasida samarali yechimlar topishga yordam berdi. Bundan tashqari, fuqarolarga ularning huquqlari, ariza berish va davlat xizmatlaridan foydalanish, ijtimoiy yordam olish tartiblari tushuntirib berildi.

Qabullar davomida to‘plangan ma’lumotlardan mintaqadagi davlat organlari faoliyatini takomillashtirish uchun foydalaniladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

“Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida Sirdaryo viloyatida murojaatlar oʻrganilmoqda

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha

Tikuv mashinalaridan qoramolgacha: firibgar 24 kishini chuv tushirdi

Adliya vazirligi sunʼiy intellekt ishtirokidagi yangi loyihani taqdim etadi. Endilikda siz shov-shuvli sud ishlaridan vizual tarzda xabardor boʻlishingiz mumkin. Har yerda va har qachon firibgarlardan ogoh boʻling!

Videoni koʻrish 👉 https://youtu.be/xbbbIYpp0N4

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha

💬 ai.lex.uzsunʼiy intellekt javob beradi

Savol: Xususiy fermada ishlayman, bir oyda hisoblangan oyligim 900 000 soʻm ekan, ferma rahbaridan soʻrasam bu qonunchilikda belgilangan ekan, shu toʻgʻrimi? Eng kam mehnatga haq toʻlash miqdori shunchami?

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Noqonuniy xizmat ko‘rsatish belgisidan foydalangan to‘yxona javobgarlikka tortildi
 
“Xonsaroy Group” MChJning murojaatiga asosan Adliya vazirligi tomonidan “M.N” MChJda belgilangan tartibda tekshiruv o‘tkazildi.

Tekshiruvlar natijasida “M.N” MChJ tomonidan “Xonsaroy Group” MChJning “Xon Saroy” xizmat ko‘rsatish belgisiga aynan o‘xshash bo‘lgan “Xonsaroy” so‘zidan to‘yxona binosining peshlavhasi hamda ijtimoiy tarmoqda foydalanayotganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzar “M.N” MChJga o‘zganing xizmat ko‘rsatish belgisiga o‘xshash belgidan qonunga xilof ravishda foydalanganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravar (37 mln. 500 ming so’m) miqdorida moliyaviy jarima qo‘llanildi hamda “Xonsaroy” so‘zi foydalanishdan olib tashlandi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

Yosh shifokorlar uchun to’lanadigan ustama haqlari undirib berildi

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

Adliya idoralari odamlar muammolariga qonuniy javob berish uchun har bir murojaat izi ortidan huquqiy yechimni topadi. Toʻgʻri bu izlanish vaqt talab etadi, keragida sud idoralariga murojaat qilinadi.

Konimexlik fuqaro Batis Tulebayeva shifokor. U ishlagan tashkilotida mehnatga haq toʻlashda rahbar shifokorlarga ustamalar mavjudligidan bexabar boʻlgan. Yillar davomida oylik maoshiga ustama toʻlanmay kelinayotganini bilgan fuqaro adliyaga murojaat qildi.

Konimexlik tadbirkor Muzaffar Bahranov esa davlat tashkiloti uchun qurilish taʼmirlash ishlarini amalga oshirgan. Lekin bajarilgan xizmat uchun puldan darak boʻlmagan. Gap 1 milliard 200 million soʻm pul haqida bormoqda.
Batafsil videoda

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Joriy yolning 22—23-yanvar kunlari tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatiladigan davlat xizmatlarining sifatini oshirish, ulardagi muammolarni oʻrganish, sohaga oid muammolar va kamchiliklarni bartaraf etish va takliflar ishlab chiqish boʻyicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda joylarda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar oʻtkazildi.

Xususan, bu kabi uchrashuvlar Toshkent shahrida, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida tashkil etildi.

Videoda 👉 Toshkentda oʻtkazilgan tadbir tafsilotlari.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM