Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
Namangan viloyat adliya boshqarmasidan yangi loyiha — “Biz mahalladamiz”.
Bugungi manzil: Chortoq tumani, “Mustaqillik” mahallasi.
📌 Kanalga ulanish

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest
📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.

#Jamoatchilik_muhokamasi
Bir yilda 500 mingdan ortiq fuqaroning davlat organlariga ortiqcha murojaat qilish bilan bogʻliq ovoragarchiligiga chek qoʻyiladi
Prezidentning “Oʻzbekiston–2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida»gi Farmoni loyihasida davlat xizmatlari yoʻnalishida quyidagi oʻzgarishlar koʻzda tutilmoqda.
1️⃣ kompozit va proaktiv shakldagi davlat xizmatlarini kengaytirish nazarda tutilmoqda:
➖6 turdagi davlat xizmatlarini kompozit shaklda (yani bir ariza orqali ikki va undan ortiq davlat xizmatlarini koʻrsatish) koʻrsatish belgilanmoqda (mulkka boʻlgan huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazish va kadastr pasportini shakllantirish; yer uchastkalari auksion orqali realizatsiya qilinganda dehqon xoʻjaliklarini roʻyxatdan oʻtkazish kabilar).
Mazkur tartiblar yoki takliflarning joriy etilishi bilan bir yilda 500 mingdan ortiq fuqaroning davlat organlariga ortiqcha murojaat qilish bilan bogʻliq ovoragarchiligiga chek qoʻyiladi;
2️⃣ davlat xizmatlarini soddalashtirish (BPR) yoʻnalishida:
➖25 turdagi davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonlarini toʻliq qayta koʻrib chiqish va soddalashtirish nazarda tutilgan.
Bunda, aholi va tadbirkorlardan maʼlumot va hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi hamda ularni avtomatik tarzda davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlaridan olish imkoniyati yaratiladi.
Ushbu tadbirlar natijasida davlat xizmatidan foydalanishning oʻrtacha vaqtini 3-4 daqiqaga tushirish reja qilingan. Bunda, bir yilda 100 mingdan ortiq arizani rasmiylashtirish uchun fuqarolarning 6672 soat yoki 270 kundan ortiq vaqti tejalishiga erishiladi.
3️⃣ arxiv sohasida koʻrsatiladigan elektron davlat xizmatlarining qamrov darajasini oshirish yoʻnalishida:
➖2025-yil yakuniga qadar arxiv sohasidagi barcha davlat xizmatlarini elektron shaklga oʻtkazish koʻzda tutilmoqda.
Xususan, nodavlat arxivlar faoliyatini tashkil etish hamda arxiv xodimlarining kasbiy kompetentlik guvohnomalarini berish kabi davlat xizmatlari koʻrsatishning yangicha tartibi yoʻlga qoʻyiladi.
🗓 Loyiha 2025-yil 22-yanvarga qadar keng jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan oʻtkaziladi.
2025-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etib, oʻz takliflaringizni uzbekistan2030.uz onlayn portali hamda regulation.gov.uz Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali orqali bildirishga chaqiramiz.

#Adliya_podkast
Tarmoqqa joylangan rasm siz uchun xavfli?!
Raqamli dunyoda shaxsiy ma'lumotlarimiz qanday muhofaza qilinadi? Ulardan kimlar foydalanishi mumkin? O‘z huquqlarimizni qanday himoya qilishimiz kerak? “Obyektiv”ning bu galgi sonida Ichki ishlar vazirligi va Personallashtirish agentligi xodimlari bilan birga, shaxsiy ma'lumotlarning xavfsizligi, huquqiy mas'uliyat va kiberxavfsizlik bo‘yicha muhim mavzular muhokama qilinadi.
Videoni ko‘rish 👉 https://youtu.be/Y9GklNAWtK8

Davlat organlarida masofaviy ish tashkil etiladi va moslashuvchan ish tizimi takomillashtiriladi.
2025-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etib, oʻz takliflaringizni uzbekistan2030.uz onlayn portali hamda regulation.gov.uz Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali orqali bildirishga chaqiramiz.
📌 Kanalga ulanish
Davlat organlarida masofaviy ish tashkil etiladi va moslashuvchan ish tizimi takomillashtiriladi.
2025-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etib, oʻz takliflaringizni uzbekistan2030.uz onlayn portali hamda regulation.gov.uz Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali orqali bildirishga chaqiramiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Alohida dori vositalarini klinik tadqiqotlarsiz davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi belgilandi
Adliya vazirligi tomonidan Alohida dori vositalarini klinik tadqiqotlarsiz davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3600, 2025-yil 17-yanvar) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Mazkur Nizomda alohida dori vositalarini klinik tadqiqotlarsiz davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi belgilangan.
Alohida dori vositalarining klinik tadqiqotlarsiz davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilgan doimiy faoliyat olib boruvchi Ekspertlar kengashi tomonidan qabul qilinadi.
Shuningdek, ushbu hujjatga asosan quyidagi dori vositalari klinik tadqiqotlarsiz davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-oktabrdagi PQ–411-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtkazishda klinik tadqiqotlar va ishlab chiqarish sharoitlari “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti – GMP” talablariga muvofiqligi boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazish talab etilmaydigan dori vositalari roʻyxatiga kiritilgan dori vositalari;
b) mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan xavfsizligi va samaradorligi referens preparatdan qolishmasligi klinik oldi tadqiqotlarida isbotlangan tegishli jenerik dori vositalari va galen preparatlari;
d) bir ishlab chiqaruvchi tomonidan turli savdo nomlari ostida ishlab chiqilgan, tarkibi bir xil boʻlgan dori vositalari;
e) bioekvivalentligi biofarmasevtik klassifikatsion sistemaga asoslangan “bioveyver” usuli yordamida referens preparat bilan qiyoslangan holda isbotlangan bir taʼsir etuvchi moddaga ega boʻlgan, qattiq dori shakliga ega peroral qoʻllaniladigan jenerik dori preparatlari;
f) xavfsizligi va samaradorligi 20 yil va undan ortiq muddat davomida mahalliy va Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlardagi ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan, shuningdek Yevrosiyo iqtisodiy Ittifoqi talablariga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan bir taʼsir etuvchi (monopreparat) moddaga ega boʻlgan hamda peroral va parenteral usullarda qoʻllaniladigan jenerik dori vositalari (insulin va uning analoglari hamda biosimilyarlar bundan mustasno).

Sugʻurtalovchilar reytingi yuritiladi
Adliya vazirligi tomonidan Sugʻurtalovchilar reytingini aniqlash va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3601, 2025 yil 20-yanvar) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Ushbu Nizom bilan sugʻurtalovchi yoki qayta sugʻurtalovchilarning sugʻurta xizmatlari koʻrsatilishi sifati boʻyicha reytingini aniqlash va yuritish tartibi belgilandi.
Unga koʻra, sugʻurtalovchilar reytingi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida shakllantiriladi va rasmiy veb-saytida har oyning 10 sanasida yangilangan holda eʼlon qilib boriladi.
Sugʻurtalovchilar reytingini aniqlash uchun ularning faoliyati quyidagi koʻrsatkichlar boʻyicha baholanadi:
➖umumiy sugʻurta daʼvolari soniga nisbatan oʻz vaqtida koʻrib chiqilgan sugʻurta daʼvolari soni;
➖sugʻurta tovonini (toʻlovini) toʻlash tan olingan sugʻurta daʼvolari umumiy soniga nisbatan oʻz vaqtida toʻlangan sugʻurta tovonlari (toʻlovlari) soni;
➖umumiy sugʻurta daʼvolari soniga nisbatan qanoatlantirilgan sugʻurta daʼvolarining nisbati;
➖sugʻurta turlari boʻyicha yigʻilgan sugʻurta mukofotlari va sugʻurta toʻlovlarining nisbati (birlashtirilgan koeffitsiyent);
➖sugʻurtalovchining toʻlovga qobiliyatlilik marjasining yetarlilik normativi;
➖investitsiya faoliyati natijadorligi;
➖sugʻurta zaxiralari shakllantirilganligi;
➖sugʻurtalovchining filial (sotuv markaz)lari soni.
Baholash koʻrsatkichlari va unga berilgan ballar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar sugʻurtalovchining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi shaxsiy kabinetida real vaqt rejimida aks ettiriladi.
Reyting maʼlumotlari boʻyicha sugʻurtalovchining eʼtirozlari mavjud boʻlganda, oʻz shaxsiy kabineti orqali vakolatli davlat organiga murojaat qiladi va uning murojaati besh ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.

Piyodalar va velosiped yoʻlkalari loyihalashga oid talablar belgilandi
Adliya vazirligi tomonidan SHNQ 2.07.06-23 “Shahar koʻcha-yoʻllari. Piyoda mintaqalari 2-qism” shaharsozlik normalari va qoidalari (hisob raqami 327, 17.01.2025-y) hisobga olindi.
Ushbu shaharsozlik normalari va qoidalarida shahar koʻcha-yoʻllarida piyoda mintaqalarini (piyodalar va velosiped yoʻlkalari) loyihalashga oid talablar belgilangan.
Xususan, piyoda yoʻlkalarini loyihalashda quyidagi koʻrsatkichlarni inobatga olish kerak:
➖piyodalar harakati uchun qulaylik;
➖toʻsiqsiz harakatni taʼminlash;
➖yoʻlkaning tozaligi va xavfsizligi;
➖kommunal toʻsiqlar boʻlmasligi.
Shahar koʻcha-yoʻllarida piyodalar oʻtish joylarini loyihalashda piyodalar, nogironligi boʻlgan shaxslarning harakat xavfsizligi, harakat qulayligi, transport tizimini istiqbolli rivojlanishi hisobga olinishi lozim.
Bundan tashqari, velosiped yoʻlkalarini loyihalashda quyidagilar inobatga olinishi lozim:
➖velosiped yoʻlkasining rejasiga muvofiq boʻlishi;
➖rampalarning maksimal qiyaligi 80% dan oshmasligi;
➖maxsus yoʻl belgilariga muvofiq boʻlishi.
Shuningdek, velosiped yoʻlkasini tartibga solishda velosipedchilarni avtomobildan ajratish va velosipedda harakatlanish xavfsizligi hamda qulayligini oshirish hisobga olinishi zarur.

#Adliya_loyiha
💬 ai.lex.uz — sunʼiy intellekt javob beradi
Savol: Talabaman, birinchi semestrda jami 50 soat dars qoldirib oʻqishga bormabman. Oʻqishimda kredit-modul tizimi joriy etilgan. Oʻquv boʻlimidagilarning menga aytishicha meni oʻqishdan chetlashtirishmoqchi ekan? Shu toʻgʻrimi? Talaba necha soat dars qoldirilsa oʻqishdan chetlashtiriladi?
📌 Kanalga ulanish
Savol: Talabaman, birinchi semestrda jami 50 soat dars qoldirib oʻqishga bormabman. Oʻqishimda kredit-modul tizimi joriy etilgan. Oʻquv boʻlimidagilarning menga aytishicha meni oʻqishdan chetlashtirishmoqchi ekan? Shu toʻgʻrimi? Talaba necha soat dars qoldirilsa oʻqishdan chetlashtiriladi?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jamoatchilik_muhokamasi
❗️ Davlat dasturi loyihasidagi eng muhim choralarni oʻzida aks ettirgan infografik toʻplam taqdim qilindi
▫️Bu sizga tezkor tarzda kerakli maʼlumotlarga ega boʻlish imkonini beradi. Infografik maʼlumotlar beshta ustuvor yoʻnalish kesimida 👉tayyorlangan.
2025-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etib, oʻz takliflaringizni📎 uzbekistan2030.uz onlayn portali hamda 📎 regulation.gov.uz Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali orqali bildirishga chaqiramiz.
Fursat oz qoldi, tanishib, oʻz takliflaringizni qoldiring!
📌 Kanalga ulanish
▫️Bu sizga tezkor tarzda kerakli maʼlumotlarga ega boʻlish imkonini beradi. Infografik maʼlumotlar beshta ustuvor yoʻnalish kesimida 👉tayyorlangan.
2025-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etib, oʻz takliflaringizni
Fursat oz qoldi, tanishib, oʻz takliflaringizni qoldiring!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eslatma
⚡️ Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar hamda huquqiy masalalarda foydali ma'lumotlar bilan @huquqiyaxborot telegram kanalining quyidagi tillarda yuritilayotgan versiyalari orqali ham tanishib borishingiz mumkin:
🔹 @huquqiyaxborot_lotin (lotin alifbosida);
🔹 @pravoinf (rus tilida);
🔹 @leginf (ingliz tilida);
🔹 @huqiqiymalimleme (qoraqalpoq tilida).

#Men_bilgan_adliya
Adliya organlariga oxirgi marta qachon murojaat qilgansiz? Adliya organlari va muassasalari faoliyati va ular tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlarni qanday baholaysiz?
Ushbu savollarga tadbirkorlar, MFaktor loyihasi asoschilari Hasan va Husan Mamasaidovlar javob berdi. Batafsil 👉 videoda.

#Adliyani_bilasizmi
Adliya vazirligida 30 taga yaqin boshqarmalar mavjud. Ular norma ijodkorligidan tortib huquqiy targʻibotgacha turli yoʻnalishlarda faoliyat yuritadi.
Bugungi videoda siz Yuridik taʼlim va sud-ekspertiza boshqarmasining faoliyati bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Videoni ko‘rish 👉 https://www.youtube.com/watch?v=mKkGerLWlLc

YouTube
Bilasizmi, biz...
#Adliya_xabari
Bugun Adliya vazirligi Turkiya patent idorasi bilan hamkorlikda “Geografik koʻrsatkichlar tizimini rivojlantirishda Turkiya tajribasi” mavzusidagi uch kunlik seminarga start berdi.
👉Batafsil