#Jamoatchilik_muhokamasi
13 turdagi litsenziya va ruxsatnomalarni bekor qilinadi
“Oʻzbekiston–2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida»gi Prezident Farmoni loyihasida davlat xizmatlari yoʻnalishida, xususan, tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish yukini kamaytirishga qaratilgan oʻzgarishlar koʻzda tutilmoqda:
➖oʻz ahamiyatini yoʻqotgan yoki kam ahamiyatli 13 turdagi litsenziya va ruxsatnomalarni bekor qilish;
➖litsenziya va ruxsatnomalarni berishda talabgor talab va shartlarga mos kelish-kelmasligini aniqlashga qaratilgan dastlabki baholash xizmatini yoʻlga qoʻyish;
➖Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, “Litsenziya” axborot tizimi, Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi hamda “Yagona darcha” bojxona axborot tizimida axborot va maslahat xizmatlarini sunʼiy intellekt yordamida koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish;
➖hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari tomonidan binolar va inshootlarning loyihalarini kelishishni faqat elektron shaklda “Shaffof qurilish” tizimi orqali amalga oshirish;
➖davlat organlarining ayrim turdagi davlat xizmatlarini koʻrsatish vakolatini tadbirkorlik subyektlariga oʻtkazish va davlat organlarining shu sohadagi vakolatlarini bekor qilish.
Masalan, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) qiyoslashdan oʻtkazish, qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini majburiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish kabi davlat xizmatlari.
🗓 Loyiha 2025-yil 22-yanvarga qadar keng jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan oʻtkaziladi.
2025-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etib, oʻz takliflaringizni uzbekistan2030.uz onlayn portali hamda regulation.gov.uz Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali orqali bildirishga chaqiramiz.
📌 Kanalga ulanish

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi “Gender tenglik faoli” milliy tanlovining respublika bosqichida gʻolib boʻldi
Joriy yilning 16-yanvar kuni “Gender tenglik faoli” milliy tanlovining respublika bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Ushbu tanlov Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha Respublika komissiyasi tashabbusi bilan har yili anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinadi.
Uning asosiy maqsadi har bir tashkilotda gender tenglikni taʼminlashga qaratilgan siyosatni shakllantirish, sohada amalga oshirilayotgan ilgʻor tajribalarni aniqlash va ommalashtirish hamda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
“Gender tenglik faoli” milliy tanlovida ishtirok etish uchun 934 ta tashkilot va muassasalar tomonidan hujjatlar taqdim etildi. Tanlov komissiyasi 10 ta nominatsiya boʻyicha gʻoliblarni aniqladi.
“Gender tenglikni targʻib qilishga qaratilgan eng yaxshi TV-dastur” nominatsiyasida “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi “Yuridik klinika” koʻrsatuvi gʻolib deb topildi.

#Foydali
"Huquq taʼlimi" kanali huquqshunoslik fanlari oʻqituvchilari hamda huquq sohasidagi bilimlarni oʻzlashtirishga qiziquvchilar uchun platformadir.
Kanaldagi turli oʻquv materiallaridan
➖oʻqituvchilar darslarda foydalanishi;
➖oʻquvchilar oʻz bilimlarini kengaytirishi va mustahkamlashi mumkin.
Kanaldan nimalarni topasiz?
➖Video darslar: Tez va oson oʻzlashtirish uchun.
➖Taqdimotlar: Eng dolzarb va kerakli mavzularda.
➖Testlar: Oʻz bilimingizni tekshirib koʻrish uchun.
➖Infografikalar: Murakkab mavzularni osonlashtirib taqdim etamiz.
📎 Kanaldan foydalanish orqali huquq taʼlimiga oid eng soʻnggi yangiliklardan xabardor boʻlishingiz mumkin!
📌 Kanalga ulanish
"Huquq taʼlimi" kanali huquqshunoslik fanlari oʻqituvchilari hamda huquq sohasidagi bilimlarni oʻzlashtirishga qiziquvchilar uchun platformadir.
Kanaldagi turli oʻquv materiallaridan
➖oʻqituvchilar darslarda foydalanishi;
➖oʻquvchilar oʻz bilimlarini kengaytirishi va mustahkamlashi mumkin.
Kanaldan nimalarni topasiz?
➖Video darslar: Tez va oson oʻzlashtirish uchun.
➖Taqdimotlar: Eng dolzarb va kerakli mavzularda.
➖Testlar: Oʻz bilimingizni tekshirib koʻrish uchun.
➖Infografikalar: Murakkab mavzularni osonlashtirib taqdim etamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
Hududiy adliya organlari: kun davomida
🖥 Sardoba tumanidagi 19-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari uchun adliya boʻlimida “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi.
🖥 Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda Pastdargʻom tumani “Samarqand” mahallasida, Bulungʻur tumani “Kildon” mahallasida “Xizmatlar koʻrsatish kuni” tashkil etildi.
🖥 Xorazm viloyatida FHDY organlari xodimlari uchun seminar oʻtkazildi.
🖥 Yangihayot tumanidagi “Yangi Darxon” mahallasida Toshkent shahar adliya boshqarmasi va tuman adliya boʻlimi xodimlari tomonidan “Adliya kuni” doirasida sayyor qabul oʻtkazildi.
🖥 Sergeli tumanidagi “Sultonobod” mahallasida hamda Bektemir tumanidagi “Oltintopgan” mahallasida “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda sayyor qabul oʻtkazildi.
🖥 Rishton tumani adliya boʻlimi xodimlari tomonidan “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda “Minor ” MFYda uyma-uy yurish orqali fuqarolarning huquqiy muammolari oʻrganildi.
🖥 Qiziltepa tumani adliya boʻlimi hamda “Madad” NNT xodimlari tomonidan “Oʻzbekiston” mahallasida uyma-uy yurish orqali aholining huquqiy muammolari oʻrganildi.
🖥 Dangʻara tumani “Qora Mulla” MFYda “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida aholining huquqiy muammolari oʻrganildi.
🖥 Zomin tumani “Navoiy”, “Qoʻshtol”, “Yoshlik” va “Peshagʻor” mahallalari aholisi uchun viloyat adliya boshqarmasi va tuman Xalq qabulxonasi bilan birgalikda ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.
📌 Kanalga ulanish
Hududiy adliya organlari: kun davomida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Adliya vazirligi tomonidan Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3599, 17.01.2025 y.) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Ushbu Nizomda Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi belgilangan. Xususan, Reyestrni shakllantirish asoslari va murojaat qilish, reyestrni yuritish hamda insofsiz ijrochini reyestrdan chiqarish tartibiga oid qoidalar belgilanmoqda.
Davlat xaridlari sohasidagi ishtirokchi yoki ijrochini Reyestrga kiritish yuzasidan yozma yoki elektron shaklda davlat buyurtmachisi va (yoki) xarid qilish tartib-taomillari ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi vakolatli davlat organlari, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslar murojaat qilishadi.
Insofsiz ijrochilarning yagona reyestri Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan shakllantiriladigan roʻyxat boʻlib, unga:
➖xarid qilish tartib-taomillari yakunlari boʻyicha belgilangan shartlar asosida davlat buyurtmachisi bilan shartnoma tuzishni va davlat xaridlarini amalga oshirishni rad etgan yoki boshqacha usulda boʻyin tovlagan xarid qilish tartib-taomillari gʻoliblari toʻgʻrisidagi;
➖majburiyatlarni bajarmaganlikda yoxud tegishli tarzda bajarmaganlikda belgilangan tartibda aybdor deb topilgan ijrochilar haqidagi, bundan majburiyatlar bartaraf etib boʻlmaydigan kuchlar oqibatida bajarilmagan yoki tegishli tarzda bajarilmagan hollar mustasno;
➖davlat xaridlari jarayonida yolgʻon yoki soxta hujjatlarni taqdim etgan, ayni bitta lotda ishtirok etgan affillangan shaxslar yoki manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida maʼlumotlarni ochib bermagan ishtirokchilar toʻgʻrisidagi;
➖sudning qaroriga koʻra firibgarlik, soxtalashtirish va korrupsiya bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan ijrochilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi.
Maʼlumot uchun: “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 48-moddasiga muvofiq, insofsiz ijrochilarning yagona reyestriga kiritilgan ijrochining ikki yil davomida davlat xaridlarida ishtirok etishi mumkin emas, bu muddat tugaganidan keyin ijrochi Insofsiz ijrochilarning yagona reyestridan chiqarilgan hisoblanadi.

#Bir_murojaat_izidan
Tadbirkor foydasiga 440 million soʻmdan ziyod pul mablagʻlari undirildi
Chortoq tumani adliya boʻlimiga fuqaro O.Ummatov 2016-yil 10-iyundagi oldi-sotdi shartnomasiga asosan Chortoq tumani, umumiy yer maydoni 214,1 kvadrat metr tashkil qiluvchi “Choyxona” bino-inshootlarini sotib olgan va ushbu koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilib, bu haqida 2016-yil noyabr oyida guvohnoma berilganligini maʼlum qilib, kompensatsiya undirishni soʻrab qilgan murojaati oʻrganib chiqildi.
👉Batafsil

Buxoro viloyatida “Ijro intizomi — samaradorlik omili” mavzusida seminar oʻtkazildi
Prezident Administratsiyasi va Adliya vazirligi masʼullaridan iborat respublika ishchi guruhi ishtirokida Buxoro viloyat hokimligida “Ijro intizomi — samaradorlik omili” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda hududdagi korxona va tashkilotlarda ijro intizomiga masʼul xodimlar, shuningdek, video-konfrens-aloqa shaklida shahar va tuman hokimliklaridan masʼullar ishtirok etdi.
Tadbirda adliya vaziri oʻrinbosari Sh. Rabiyev, xususan, “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni hamda “«Ijro.gov.uz» ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarorining mazmun-mohiyati va joriy etilgan tizimning alohida jihatlari haqida maʼlumot berdi.
Respublika ishchi guruhi vakillari ijro intizomini tartibga solishning huquqiy asoslari bilan bir qatorda, “Ijro.gov.uz” tizimi orqali viloyatda nazoratga olingan topshiriqlar ijrosi haqida toʻxtalib oʻtdi.
Ishtirokchilar faoliyati davomida joriy qilinayotgan yangiliklar, qiyinchilik tugʻdirayotgan baʼzi holatlar yuzasidan masʼullardan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi.
Shuningdek, hududda tarmoqlararo ijro intizomini tashkil etishda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan taklif-mulohazalar bildirildi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
Namangan viloyat adliya boshqarmasidan yangi loyiha — “Biz mahalladamiz”.
Bugungi manzil: Chortoq tumani, “Mustaqillik” mahallasi.
📌 Kanalga ulanish
Namangan viloyat adliya boshqarmasidan yangi loyiha — “Biz mahalladamiz”.
Bugungi manzil: Chortoq tumani, “Mustaqillik” mahallasi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest
📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.
📌 Kanalga ulanish
📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jamoatchilik_muhokamasi
Bir yilda 500 mingdan ortiq fuqaroning davlat organlariga ortiqcha murojaat qilish bilan bogʻliq ovoragarchiligiga chek qoʻyiladi
Prezidentning “Oʻzbekiston–2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida»gi Farmoni loyihasida davlat xizmatlari yoʻnalishida quyidagi oʻzgarishlar koʻzda tutilmoqda.
1️⃣ kompozit va proaktiv shakldagi davlat xizmatlarini kengaytirish nazarda tutilmoqda:
➖6 turdagi davlat xizmatlarini kompozit shaklda (yani bir ariza orqali ikki va undan ortiq davlat xizmatlarini koʻrsatish) koʻrsatish belgilanmoqda (mulkka boʻlgan huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazish va kadastr pasportini shakllantirish; yer uchastkalari auksion orqali realizatsiya qilinganda dehqon xoʻjaliklarini roʻyxatdan oʻtkazish kabilar).
Mazkur tartiblar yoki takliflarning joriy etilishi bilan bir yilda 500 mingdan ortiq fuqaroning davlat organlariga ortiqcha murojaat qilish bilan bogʻliq ovoragarchiligiga chek qoʻyiladi;
2️⃣ davlat xizmatlarini soddalashtirish (BPR) yoʻnalishida:
➖25 turdagi davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonlarini toʻliq qayta koʻrib chiqish va soddalashtirish nazarda tutilgan.
Bunda, aholi va tadbirkorlardan maʼlumot va hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi hamda ularni avtomatik tarzda davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlaridan olish imkoniyati yaratiladi.
Ushbu tadbirlar natijasida davlat xizmatidan foydalanishning oʻrtacha vaqtini 3-4 daqiqaga tushirish reja qilingan. Bunda, bir yilda 100 mingdan ortiq arizani rasmiylashtirish uchun fuqarolarning 6672 soat yoki 270 kundan ortiq vaqti tejalishiga erishiladi.
3️⃣ arxiv sohasida koʻrsatiladigan elektron davlat xizmatlarining qamrov darajasini oshirish yoʻnalishida:
➖2025-yil yakuniga qadar arxiv sohasidagi barcha davlat xizmatlarini elektron shaklga oʻtkazish koʻzda tutilmoqda.
Xususan, nodavlat arxivlar faoliyatini tashkil etish hamda arxiv xodimlarining kasbiy kompetentlik guvohnomalarini berish kabi davlat xizmatlari koʻrsatishning yangicha tartibi yoʻlga qoʻyiladi.
🗓 Loyiha 2025-yil 22-yanvarga qadar keng jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan oʻtkaziladi.
2025-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etib, oʻz takliflaringizni uzbekistan2030.uz onlayn portali hamda regulation.gov.uz Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali orqali bildirishga chaqiramiz.
📌 Kanalga ulanish
Bir yilda 500 mingdan ortiq fuqaroning davlat organlariga ortiqcha murojaat qilish bilan bogʻliq ovoragarchiligiga chek qoʻyiladi
Prezidentning “Oʻzbekiston–2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida»gi Farmoni loyihasida davlat xizmatlari yoʻnalishida quyidagi oʻzgarishlar koʻzda tutilmoqda.
1️⃣ kompozit va proaktiv shakldagi davlat xizmatlarini kengaytirish nazarda tutilmoqda:
➖6 turdagi davlat xizmatlarini kompozit shaklda (yani bir ariza orqali ikki va undan ortiq davlat xizmatlarini koʻrsatish) koʻrsatish belgilanmoqda (mulkka boʻlgan huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazish va kadastr pasportini shakllantirish; yer uchastkalari auksion orqali realizatsiya qilinganda dehqon xoʻjaliklarini roʻyxatdan oʻtkazish kabilar).
Mazkur tartiblar yoki takliflarning joriy etilishi bilan bir yilda 500 mingdan ortiq fuqaroning davlat organlariga ortiqcha murojaat qilish bilan bogʻliq ovoragarchiligiga chek qoʻyiladi;
2️⃣ davlat xizmatlarini soddalashtirish (BPR) yoʻnalishida:
➖25 turdagi davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonlarini toʻliq qayta koʻrib chiqish va soddalashtirish nazarda tutilgan.
Bunda, aholi va tadbirkorlardan maʼlumot va hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi hamda ularni avtomatik tarzda davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlaridan olish imkoniyati yaratiladi.
Ushbu tadbirlar natijasida davlat xizmatidan foydalanishning oʻrtacha vaqtini 3-4 daqiqaga tushirish reja qilingan. Bunda, bir yilda 100 mingdan ortiq arizani rasmiylashtirish uchun fuqarolarning 6672 soat yoki 270 kundan ortiq vaqti tejalishiga erishiladi.
3️⃣ arxiv sohasida koʻrsatiladigan elektron davlat xizmatlarining qamrov darajasini oshirish yoʻnalishida:
➖2025-yil yakuniga qadar arxiv sohasidagi barcha davlat xizmatlarini elektron shaklga oʻtkazish koʻzda tutilmoqda.
Xususan, nodavlat arxivlar faoliyatini tashkil etish hamda arxiv xodimlarining kasbiy kompetentlik guvohnomalarini berish kabi davlat xizmatlari koʻrsatishning yangicha tartibi yoʻlga qoʻyiladi.
2025-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etib, oʻz takliflaringizni uzbekistan2030.uz onlayn portali hamda regulation.gov.uz Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali orqali bildirishga chaqiramiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_podkast
Tarmoqqa joylangan rasm siz uchun xavfli?!
Raqamli dunyoda shaxsiy ma'lumotlarimiz qanday muhofaza qilinadi? Ulardan kimlar foydalanishi mumkin? O‘z huquqlarimizni qanday himoya qilishimiz kerak? “Obyektiv”ning bu galgi sonida Ichki ishlar vazirligi va Personallashtirish agentligi xodimlari bilan birga, shaxsiy ma'lumotlarning xavfsizligi, huquqiy mas'uliyat va kiberxavfsizlik bo‘yicha muhim mavzular muhokama qilinadi.
Videoni ko‘rish 👉 https://youtu.be/Y9GklNAWtK8
📌 Kanalga ulanish
Tarmoqqa joylangan rasm siz uchun xavfli?!
Raqamli dunyoda shaxsiy ma'lumotlarimiz qanday muhofaza qilinadi? Ulardan kimlar foydalanishi mumkin? O‘z huquqlarimizni qanday himoya qilishimiz kerak? “Obyektiv”ning bu galgi sonida Ichki ishlar vazirligi va Personallashtirish agentligi xodimlari bilan birga, shaxsiy ma'lumotlarning xavfsizligi, huquqiy mas'uliyat va kiberxavfsizlik bo‘yicha muhim mavzular muhokama qilinadi.
Videoni ko‘rish 👉 https://youtu.be/Y9GklNAWtK8
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jamoatchilik_muhokamasi
Davlat organlarida masofaviy ish tashkil etiladi va moslashuvchan ish tizimi takomillashtiriladi.
2025-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etib, oʻz takliflaringizni uzbekistan2030.uz onlayn portali hamda regulation.gov.uz Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali orqali bildirishga chaqiramiz.
📌 Kanalga ulanish
Davlat organlarida masofaviy ish tashkil etiladi va moslashuvchan ish tizimi takomillashtiriladi.
2025-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etib, oʻz takliflaringizni uzbekistan2030.uz onlayn portali hamda regulation.gov.uz Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali orqali bildirishga chaqiramiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Alohida dori vositalarini klinik tadqiqotlarsiz davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi belgilandi
Adliya vazirligi tomonidan Alohida dori vositalarini klinik tadqiqotlarsiz davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3600, 2025-yil 17-yanvar) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Mazkur Nizomda alohida dori vositalarini klinik tadqiqotlarsiz davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi belgilangan.
Alohida dori vositalarining klinik tadqiqotlarsiz davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilgan doimiy faoliyat olib boruvchi Ekspertlar kengashi tomonidan qabul qilinadi.
Shuningdek, ushbu hujjatga asosan quyidagi dori vositalari klinik tadqiqotlarsiz davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-oktabrdagi PQ–411-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtkazishda klinik tadqiqotlar va ishlab chiqarish sharoitlari “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti – GMP” talablariga muvofiqligi boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazish talab etilmaydigan dori vositalari roʻyxatiga kiritilgan dori vositalari;
b) mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan xavfsizligi va samaradorligi referens preparatdan qolishmasligi klinik oldi tadqiqotlarida isbotlangan tegishli jenerik dori vositalari va galen preparatlari;
d) bir ishlab chiqaruvchi tomonidan turli savdo nomlari ostida ishlab chiqilgan, tarkibi bir xil boʻlgan dori vositalari;
e) bioekvivalentligi biofarmasevtik klassifikatsion sistemaga asoslangan “bioveyver” usuli yordamida referens preparat bilan qiyoslangan holda isbotlangan bir taʼsir etuvchi moddaga ega boʻlgan, qattiq dori shakliga ega peroral qoʻllaniladigan jenerik dori preparatlari;
f) xavfsizligi va samaradorligi 20 yil va undan ortiq muddat davomida mahalliy va Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlardagi ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan, shuningdek Yevrosiyo iqtisodiy Ittifoqi talablariga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan bir taʼsir etuvchi (monopreparat) moddaga ega boʻlgan hamda peroral va parenteral usullarda qoʻllaniladigan jenerik dori vositalari (insulin va uning analoglari hamda biosimilyarlar bundan mustasno).