Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mening_adliyam
Biz “Mening adliyam” nomli yangi video va qisqa suhbatlar turkumini boshlamoqdamiz. Unda adliya organlari va muassasalari xodimlari oʻz tajribalari haqida soʻzlab, kasbiy va shaxsiy oʻsish imkoniyatlari, shuningdek, vazirlik ishi qanday tashkil etilgani toʻgʻrisida maʼlumot berishadi.
Loyiha doirasida biz huquqiy tizimni mustahkamlashga har kuni hissa qoʻshayotgan mutaxassislar bilan suhbatlashamiz: ularni adliya sohasida ishlashga nima undaydi, oʻz ishlarida qanday qadriyatlarni koʻradilar va Adliya vazirligi ular uchun qanday istiqbollarni ochib beradi.
“Mening adliyam” loyihasining birinchi sonida yosh xodimlar Adliya vazirligida ishlashni tanlashlarining sabablari, faoliyatlarida nimani qadrlaydilar va har kuni yangi choʻqqilarni zabt etishga ularni nima ruhlantirishi haqida (ba’zan yumordan foydalanib) soʻzlab berishdi.
📌 Kanalga ulanish

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Yoshlar ishlari agentligi
Vazir va yoshlar uchrashuvlari boshlanmoqda
⚡️ Yilning eng qaynoq va unutilmas voqeligi – “Yoshlar forumi” tadbirlari davom etmoqda. Forum doirasida har bir vazirlik, idora va tashkilotlar tizimidagi yosh xodimlar va mahalla yoshlari ishtirokida “Vazir va yoshlar”, “Vazir, hokim va yoshlar” hamda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlar tashkil etiladi.
✅ Ilk uchrashuv 16-dekabr kuni, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Tashkulov ishtirokida bo‘lib o‘tadi.
✅ Ushrashuvda ishtirok etish istagini bildirgan barchani soat 14:00 da Yoshlar ijod saroyida kutamiz. Shuningdek, taklif va murojaatlaringizni yoshlarforumi.uz sayti orqali ham yo‘llashingiz mumkin!
#Yoshlarforumi2024 #Yoshlaruchrashuvi
Bizning sahifalarimiz:
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺 YouTube
#Yoshlarforumi2024 #Yoshlaruchrashuvi
Bizning sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar ishlari agentligi
Vazir va yoshlar uchrashuvlari boshlanmoqda ⚡️ Yilning eng qaynoq va unutilmas voqeligi – “Yoshlar forumi” tadbirlari davom etmoqda. Forum doirasida har bir vazirlik, idora va tashkilotlar tizimidagi yosh xodimlar va mahalla yoshlari ishtirokida “Vazir va…
Tadbir ertaga, 17-dekabr kuni soat 10:00 da boʻlib oʻtadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
📣 📣 Jurnalistlar va faol jamoatchilik vakillari diqqatiga!
Ertaga, 17-dekabr kuni AOKAda “Davlat xizmatlari markazlariga 7 yil: davlat xizmatlari sohasida amalga oshirilgan ishlar, kelgusidagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etiladi. Unda adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev ishtirok etadi.
Qachon❓
17-dekabr, 12:00
Qayerda❓
AOKA binosi (Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 30)
Qoʻshimcha maʼlumot uchun: 0(371)-207-04-38
📎 Matbuot anjumaniga savollarni @Rasmiy_aloqabot ga jo‘natishingiz mumkin.
OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.
📌 Kanalga ulanish
Ertaga, 17-dekabr kuni AOKAda “Davlat xizmatlari markazlariga 7 yil: davlat xizmatlari sohasida amalga oshirilgan ishlar, kelgusidagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etiladi. Unda adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev ishtirok etadi.
Qachon
17-dekabr, 12:00
Qayerda
AOKA binosi (Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 30)
Qoʻshimcha maʼlumot uchun: 0(371)-207-04-38
OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ADLIYA YANGILIKLARI
#Adliya_xabari 📣 📣 Jurnalistlar va faol jamoatchilik vakillari diqqatiga! Ertaga, 17-dekabr kuni AOKAda “Davlat xizmatlari markazlariga 7 yil: davlat xizmatlari sohasida amalga oshirilgan ishlar, kelgusidagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etiladi.…
#Adliya_onlayn
⚡️ AOKAda “Davlat xizmatlari markazlariga 7 yil: davlat xizmatlari sohasida amalga oshirilgan ishlar, kelgusidagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani boshlandi.
Unda adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev ishtirok etmoqda.
Onlayn translyatsiya 👉https://m.youtube.com/watch?v=E1jNEEF-gIw
📌 Kanalga ulanish
Unda adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev ishtirok etmoqda.
Onlayn translyatsiya 👉https://m.youtube.com/watch?v=E1jNEEF-gIw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YouTube
Adliya vazirligi rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani
Davlat xizmatlari markazlariga 7 yil: davlat xizmatlari sohasida amalga oshirilgan ishlar, kelgusidagi rejalar
UzReportTV @ Telegram: https://t.me/UzReport
#uzreporttv

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida provayderlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya uchun qancha davlat boji undiriladi?
Adliya vazirligi tomonidan Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji miqdorlari (roʻyxat raqami 3584, 2024 yil 17-dekabr) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji miqdorlari quyidagicha belgilandi:
➖kripto-birja uchun – BHMning 73 400 baravari;
➖mayning-pul uchun – BHMning 3 000 baravari;
➖kripto-depozitariy uchun – BHMning 7 000 baravari;
➖kripto-doʻkon uchun – BHMning 3 700 baravari.
📌 Kanalga ulanish
Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida provayderlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya uchun qancha davlat boji undiriladi?
Adliya vazirligi tomonidan Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji miqdorlari (roʻyxat raqami 3584, 2024 yil 17-dekabr) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji miqdorlari quyidagicha belgilandi:
➖kripto-birja uchun – BHMning 73 400 baravari;
➖mayning-pul uchun – BHMning 3 000 baravari;
➖kripto-depozitariy uchun – BHMning 7 000 baravari;
➖kripto-doʻkon uchun – BHMning 3 700 baravari.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar
Adliya vaziri yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi
Bugun, 17-dekabr kuni “Yoshlar forumi-2024” doirasida adliya vaziri Akbar Toshqulov yoshlar bilan uchrashdi.
Tadbirda 250 nafardan ortiq adliya tizimidagi yoshlar, oliy taʼlim muassasalari talabalari, akademik litsey va texnikum oʻquvchilari ishtirok etdi.
Akbar Toshqulov Adliya vazirligi faoliyat yoʻnalishlari, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, istiqboldagi rejalar haqida taqdimot qildi hamda yoshlar bilan oʻzining kasbiy va hayotiy tajribalari bilan oʻrtoqlashdi.
Ochiq muloqot formatida boʻlib oʻtgan uchrashuvda yoshlar bir qator takliflarni ilgari surdi hamda oʻzlarini qiziqtirgan savollarini toʻgʻridan-toʻgʻri vazirga yoʻllashdi.
Faol ishtirokchilarga Adliya vazirligining esdalik sovgʻalari topshirildi.

#Davlat_xizmatlari_markazlari_7yoshda
⚡️ 2017-yil 12-dekabr kuni “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilingan.
Ushbu tarixiy hujjat davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida “Xalq davlat idoralariga emas davlat idoralari xalqqa xizmat qilish kerak” gʻoyasini amalga oshirish uchun keng koʻlamli ishlarga start berdi. Mutlaqo yangi tizim barpo etildi.
Bugungi kunda fuqarolar uzoq navbatlarda turish yoki turli davlat idoralariga borib kelishga vaqt sarflash zarurati yoʻq. “Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi” tamoyilining joriy etilishi davlat xizmatlarini qulay, tez va shaffof qilish imkonini berdi.
Yuqorida keltirilgan rasmlarda davlat xizmatlarini koʻrsatishga oid ayrim faktlarini taqdim etdik.
📌 Kanalga ulanish
Ushbu tarixiy hujjat davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida “Xalq davlat idoralariga emas davlat idoralari xalqqa xizmat qilish kerak” gʻoyasini amalga oshirish uchun keng koʻlamli ishlarga start berdi. Mutlaqo yangi tizim barpo etildi.
Bugungi kunda fuqarolar uzoq navbatlarda turish yoki turli davlat idoralariga borib kelishga vaqt sarflash zarurati yoʻq. “Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi” tamoyilining joriy etilishi davlat xizmatlarini qulay, tez va shaffof qilish imkonini berdi.
Yuqorida keltirilgan rasmlarda davlat xizmatlarini koʻrsatishga oid ayrim faktlarini taqdim etdik.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Adliya vazirligi tomonidan Inson aʼzolari va (yoki) toʻqimalari donorligiga qarshi koʻrsatma boʻladigan kasalliklar roʻyxati (roʻyxat raqami 3585, 17.12.2024-y.) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Ushbu hujjat bilan inson aʼzolari va (yoki) toʻqimalari donorligiga qarshi koʻrsatma boʻladigan kasalliklar roʻyxati tasdiqlangan.
Xususan, ushbu roʻyxatda tirik donor uchun transplantatsiya obyektlari buyrak, jigar va jigar boʻlagi hamda gematopoetik suyak koʻmigining oʻzak hujayralari transplantatsiyasiga qarshi koʻrsatma boʻladigan kasalliklar nazarda tutilgan (masalan, OIV/OITS, narkomaniya, toksikomaniya, alkogolizm, morbid semizlik, arterial gipertenziya II-III darajasi, surunkali buyrak kasalligi II-III-IV-V bosqichi, qandli diabet, ikki tomonlama siydik tosh kasalligi, xavfli oʻsma kasalliklari).
Shuningdek, inson murdasi uchun transplantatsiya obyektlari buyrak, jigar va jigar boʻlagi, tomirlar (yirik tomirlar qismlari) va koʻz shox pardasi hamda uning qismlari transplantatsiyasiga qarshi koʻrsatma boʻladigan kasalliklar belgilangan (masalan, OIV/OITS, tuberkulyoz, sepsis, zambrugʻli kasalliklar, TORCH-infeksiyasi (IgM pozitiv), oʻta xavfli infeksion kasalliklar, xavfli oʻsma kasalliklari).