ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.75K videos
39 files
9.5K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Sovrinli_viktorina

📣 Adliya vazirligi tomonidan aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan huquqiy test savollarini oʻz ichiga olgan “Sovrinli viktorina” oʻtkaziladi.

🔜 Viktorina 2024-yil 3-dekabr kuni soat 09:00 da boshlanib, 13:00 ga qadar davom etadi!

Ishtirokchilar huquq sohasiga oid jami 10 ta test savoliga (har bir savolga 15 soniya) toʻgʻri javob topishi kerak.

📎 Belgilangan muddatda test savollarining barchasiga toʻgʻri javob bergan ishtirokchilar orasidan gʻolib Youtube-kanalida tasodifiy gʻolibni aniqlash (Randomus randomayzeri) yordamida aniqlanadi.

✔️Gʻolib ishtirokchi kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi.

Barcha savollarga toʻgʻri javob bering va gʻolib boʻlish imkoniyatini qoʻlga kiriting!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ADLIYA YANGILIKLARI
#Sovrinli_viktorina 📣 Adliya vazirligi tomonidan aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan huquqiy test savollarini oʻz ichiga olgan “Sovrinli viktorina” oʻtkaziladi. 🔜 Viktorina 2024-yil 3-dekabr kuni soat 09:00 da boshlanib, 13:00 ga…
#Sovrinli_viktorina

⚡️“Sovrinli viktorina” boshlandi

Aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan huquqiy test savollarini oʻz ichiga olgan “Sovrinli viktorina” boshlandi.

Viktorinada ushbu 📎 havola orqali qatnashishingiz mumkin.

🔜 Viktorina 13:00 gacha davom etadi!

Ishtirokchilar huquq sohasiga oid jami 10 ta test savoliga (har bir savolga 15 soniya) toʻgʻri javob topishi kerak.

Belgilangan muddatda test savollarining barchasiga toʻgʻri javob bergan ishtirokchilar orasidan gʻolib Youtube-kanalida tasodifiy gʻolibni aniqlash (Randomus randomayzeri) yordamida aniqlanadi.

✔️Gʻolib ishtirokchi kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi.

Barcha savollarga toʻgʻri javob bering va gʻolib boʻlish imkoniyatini qoʻlga kiriting!


📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sana

3-dekabr — Xalqaro nogironligi boʻlgan shaxslar kuni

Adolatli jamiyatda barcha teng huquqli!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Matonat #Muvaffaqiyat_tarixi

⚡️️ Oʻzbekistonlik ayol dunyoning “100 nafar ayol” roʻyxatiga kirdi

BBC 2024-yil uchun dunyoning 100 nafar ilhomlantiruvchi va taʼsirli ayollar roʻyxatini eʼlon qildi. Ular orasida tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori Nadya Murad, aktrisa Sheron Stoun va oʻzbekistonlik tadbirkor Dilorom Yuldasheva bor.

Ikki yil avval Dilorom Yuldasheva baxtsiz hodisa oqibatida ikkala oyogʻini yoʻqotgan. Falokatga qaramay, u umidsizlikka tushmadi va oʻzining tikuvchilik biznesini ochdi. U ishchilar va maktab oʻquvchilari uchun kiyim tikish boʻyicha shartnomalar tuzib, oʻzi va oʻnlab boshqa ayollarni daromad bilan taʼminladi.

BBCʼning “100 nafar ayol” loyihasi shuni koʻrsatmoqdaki, dunyoning turli burchaklaridagi ayollar duch kelayotgan barcha qiyinchiliklarga qaramasdan, ularning koʻpchiligi oʻz zimmasiga yetakchilik vazifasini olib, jamiyatdagi oʻzgarishlar uchun kurashishni davom ettirmoqda.

❗️Eslatib oʻtamiz, Dilorom Yuldasheva Adliya vazirligi tomonidan yoʻlga qoʻyilgan “Madad” ijtimoiy-huquqiy loyihasi ilk ishtirokchisidir. U “Matonat” filmining bosh qahramoni ham boʻldi.

Filmni tomosha qilish
👉https://www.youtube.com/watch?v=oTCyEmyI1jo

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat

📣📣 “Huquq maktabi” tanlovida ishtirok etishga qiziqish kutilganidan koʻra yuqoriligi sababli hamda koʻplab ishtirokchilarning soʻrovini inobatga olgan holda tanlov muddati 2024-yil 25-dekabr kuniga qadar uzaytirildi!

❗️Eslatib oʻtamiz, tanlovda ishtirok etish orqali iPhone 16 Pro yutib olish imkoniyatini qoʻlga kiritasiz.

Tanlovga oid batafsil maʼlumot bilan mazkur 📎havola orqali tanishishingiz mumkin.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺📺 🙋‍♂️ • Yuridik klinikaga murojaatlar ko‘paymoqda

Rustamjon Hojimirzayev, talaba, TDYU Yuridik klinikasi volontyori

📺📺 🙋‍♂️ • Увеличивается количество обращений в Юридическую клинику

Рустамжон Хожимирзаев, волонтер Юридической клиники ТГЮУ

📺📺 🙋‍♂️ • The number of requests to the Legal Clinic is increasing

Rustamjon Khozhimirzaev, a volunteer at the Legal Clinic of TSUL

⚫️ 🔴 🔵 🟣 ⚪️ @tsulofficial #oav #сми #media
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari tadbirkorlar bilan uchrashdi

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev boshchiligida Navoiy viloyatida tadbirkorlar va fuqarolarning huquqiy masalalarini oʻrganish ishlari davom etmoqda.

Navbatdagi manzil — Navoiy shahri. Bu yerdagi jarayon xizmat koʻrsatish va ishlab chiqarish quvvatlari faoliyati bilan tanishishdan boshlandi. Navoiy shahri viloyatning xizmat koʻrsatish sohasi rivojlanayotgan hududlaridan biri hisoblanadi. Shaharda bugungi kunda 500 dan ortiq xizmat koʻrsatish obyektlari faoliyat yuritmoqda.

Vazir oʻrinbosari ana shunday tadbirkorlik markazlaridan birida boʻlib, mazkur yoʻnalishda yuzaga kelayotgan masalalarning qonuniy yechimi yuzasidan huquqiy tushunchalar berdi.

Shuningdek, shahar hududidagi “PETRAWOOL” MChJ qoʻshma korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Maʼlumot oʻrnida, “PETRAWOOL” MChJ qoʻshma korxonasi bazalt toshidan issiqlik saqlovchi tabiiy mineral plitalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Loyiha qiymati 30 mln dollarni tashkil etadi. Korxona yillik 40 ming tonna bazalt toshidan mineral plitalar ishlab chiqarish quvvatiga ega. Ayni paytda MChJda 100 dan ortiq doimiy ish oʻrinlari yaratilgan.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📹 Toshkentda bo‘lib o‘tgan Fuqarolik jamiyati haftaligining ochilish marosimidan lavha.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📣📣 Jurnalistlar va faol jamoatchilik vakillari diqqatiga!

Ertaga, 4-dekabr kuni AOKAda Yangi tahrirdagi Konstitutsiyani amalga oshirish doirasida qilingan ishlarga bagʻishlangan matbuot anjumani tashkil etiladi. Unda davlat organlari va tashkilotlarning vakillari jamoatchilikka axborot beradi.

Ishtirok etadi:
➖Oliy sud raisining birinchi oʻrinbosari Ikrom Muslimov;
➖Adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov;
➖Bosh prokuror oʻrinbosari Svetlana Artikova;
➖Ichki ishlar vazirligi akademiyasi boshligʻi oʻrinbosari Turgʻun Kuchkarov.

Qachon❓
4-dekabr, 12:00

Qayerda❓
AOKA binosi (Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 30)

Qoʻshimcha maʼlumot uchun: 0(371)-207-04-38

📎Matbuot anjumaniga savollarni @Rasmiy_aloqabot ga jo‘natishingiz mumkin.

OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev maktabning mehmonlar kutubxonasi uchun ilk kitobni sovgʻa qildi

Navoiyda boʻlib turgan adliya vaziri oʻrinbosari X. Meliyev ingliz tili, matematika va IT sohalariga yoʻnaltirilgan 500 oʻrinli xususiy maktab imkoniyatlari bilan tanishdi.

Bu yerda yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Samimiy va mazmunli oʻtgan muloqotda oʻquvchilar huquqiy bilimlarini mustahkamladilar. Oʻz oʻrnida adliya vaziri oʻrinbosari ham yoshlar qiziqishi va salohiyatiga eʼtibor qaratdi.

Xususiy taʼlim muassasasida yangi anʼanaga start berildi — mehmonlar uchun kutubxona tashkil etilgan. Bu oʻquv dargohiga tashrif buyurgan mehmon maktabga kitob hadya qilish imkoniyatiga ega. Adliya vaziri oʻrinbosari bu anʼanani ilk ishtirokchisi boʻldi va “Amir Temur va Fransiya” kitobini kutubxonaga sovgʻa qildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_tanlov

❗️“Huquq bilimdonlari — Umummilliy Konstitutsiya imtihoni” 3-bosqich ishtirokchilari aniqlandi

Tanlovning 2-bosqichida test savollarini eng koʻp va eng tez yechgan 10 nafar ishtirokchilar 3-bosqichga yoʻl oldi.

Tanlovning 3-bosqichi Adliya vazirligi binosida ertaga, 4-dekabr kuni soat 10-00 dan boshlab oʻtkaziladi.

⚠️ Ishtirokchilariga telefon orqali xabar beriladi.

3-bosqich bevosita suhbat tarzida boʻlib, ishtirokchilar orasidan quyidagi 2 shart asosida gʻoliblar aniqlanadi.
➖Tezkor savol-javob: har bir ishtirokchiga konstitutsiyaviy huquq boʻyicha 2 ta savol beriladi. Har bir savolga berilgan javob 5 ballik mezonda baholanadi.
➖Kazus: har bir ishtirokchiga umumiy qonunchilik, shu jumladan konstitutsiyaviy huquq boʻyicha 1 ta kazus (muammoli holat) beriladi. Har bir savolga berilgan javob 5 ballik mezonda baholanadi.

‼️ Suhbat yakuniga koʻra, umumiy ikki shart boʻyicha eng yuqori natijani qayd etgan 3 nafar ishtirokchilar gʻoliblikni qoʻlga kiritadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

“Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”gi qonun qayta koʻrib chiqilmoqda

Fuqarolik jamiyati haftaligining ikkinchi kunida Jamoatchilik kengashlari forumi boʻlib oʻtdi. Tadbirning kirish qismida Adliya vazirligining Nodavlat notijorat tashkilotlari boshqarmasi boshligʻi Xayrullo Sabirov sohaga oid qonunchilikka toʻxtalib oʻtdi.

Xususan, taʼkidlanishicha, “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonida belgilanganidek, “Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”gi Qonuni jamoatchilik nazorati mexanizmlarini yanada kengaytirish nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqilmoqda. Jamoatchilik nazoratining ilgʻor xorijiy tajribaga asoslangan taʼsirchan shakllari, uni amalga oshirish mexanizmi va tartib-taomillarini takomillashtirishni koʻzda tutadigan qonun loyihasi ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
#Adliya_xabari

Toshkentda “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — erkin va farovon hayot garovi” mavzusida konferensiya boʻlib oʻtdi

Bugun, 3-dekabr kuni Toshkent davlat yuridik universitetida “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ─ erkin va farovon hayot garovi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi.

Tadbirda Oliy Majlis, Konstitutsiyaviy sud, vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda AQSh, Finlyandiya, Buyuk Britaniya va Polsha kabi rivojlangan xorijiy mamlakatlarning yetakchi huquqshunos olimlari ishtirok etdi.

Konferensiyada soʻzga chiqqan adliya vaziri oʻrinbosari Sh. Rabiyev yangi tahrirdagi Konstitutsiyada davlat qurilishining yangi strategik maqsadi ─ ijtimoiy davlat qurish ekanligi belgilab berilgani, ijtimoiy adolat va birdamlik prinsiplari joriy etilganligi, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning mutlaqo yangi mexanizmlarini nazarda tutuvchi konstitutsiyaviy asoslar mustahkamlanganligi haqida toʻxtalib oʻtdi.

Tadbir davomida mahalliy va xorijiy olimlarning yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, shuningdek “Oʻzbekiston─2030” strategiyasi doirasida belgilangan tub islohotlar yuzasidan maʼruzalari tinglandi.

Xususan, soʻnggi yillarda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa turli sohalarda amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar natijalarini mustahkamlashda Konstitutsiyaning oʻrni va rolini ilmiy jihatdan tadqiq etish muhimligi alohida taʼkidlandi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM