#Adliya_xabari
Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev tadbirkorlar va fuqarolarning huquqiy masalalari, huquqiy xizmat koʻrsatish sifatini oʻrganish maqsadida Navoiy viloyati boʻlib turibdi.
Dastlab hududning Navbahor tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan manzilli muloqotlar oʻtkazildi.
Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtish joiz, bugungi kunda tumanda 2 832 yakka tartibdagi tadbirkor, 2584 ta kichik biznes subyektlari davlat roʻyxatidan oʻtgan. Ulardan 8 tasi xorijiy, 5 tasi qoʻshma korxona sifatida faoliyat yuritmoqda.
Adliya vaziri oʻrinbosari oʻrganish davomida hududdagi “Qorovultepa” MFYda joylashgan “Pure Nature oils” oʻsimlik yogʻi ishlab chiqarish korxonasi, “VB Granite group” MChJ granit ishlab chiqarish obyekti hamda “Qorajon” MFYda joylashgan “Navbahor tomorqa xizmati klasteri” ishlab chiqarish quvvatlari bilan yaqindan tanishdi.
Muloqotda tadbirkorlik faoliyati davomida yuzaga kelayotgan soliq, kommunal xizmatlar, eksport hajmini oshirish bilan bogʻliq masalalari va ularning huquqiy yechimi boʻyicha tushuntirishlar berib oʻtildi.
📌 Kanalga ulanish

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Fuqarolik jamiyati haftaligining ochilish marosimida adliya vaziri Akbar Toshqulov nutq soʻzlab, Oʻzbekistonda davlat va jamiyat oʻrtasidagi oʻzaro ishonchni mustahkamlash, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, nodavlat notijorat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishda amalga oshirilgan islohotlarga toʻxtalib oʻtdi.
👉Batafsil

Vazir o‘rinbosari “Huquqiy mahalla”da
Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Navoiy viloyatida “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Navbahor tumanidagi “Beshrabot” MFYga “Huquqiy mahalla” maqomi berilgan. Mahalla aholisi bugungi kunda 3 mingga yaqin. Hududda 785 ta xonadon mavjud bo‘lib 30 yoshgacha boʻlganlar 1,5 ming nafarni tashkil etadi.
Aholini qiynayotgan asosiy masalalar kadastr va shaxsga doir hujjatlarni rasmiylashtirish, bandlik, subsidiya olish, taʼlim krediti, uy-joy taʼmiri, moddiy yordam hamda oilaviy munosabatlar bilan bogʻliq.
Adliya vaziri o‘rinbosari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida shu kabi masalalar atroflicha o‘rganilib, muammolarni hal qilish borasida adliya boshqarmasi jamoasi, ishchi guruh aʼzolari tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi.
Bugungi kunda mahallada har bir xonadon xatlovdan o‘tkazilib, fuqarolarning kadastr va shaxsga doir hujjatlari rasmiylashtirish, bandlik, kommunal xizmatlar bilan bog‘liq muammolariga ijobiy yechim topildi.
Shuningdek, ayrim murojaatlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Bundan tashqari, adliya bo‘limi, davlat xizmatlari markazi, FHDY, YXKM faoliyati ham tahlil etildi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari oʻrtasida “Huquqiy zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi
Bugun, 2-dekabr kuni Adliya vazirligi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi va “Zakovat intellektual klubi” NNT bilan hamkorlikda davlat organlari va tashkilotlari xodimlari oʻrtasida “Huquqiy zakovat” oʻtkazildi.
Intellektual oʻyinda 30 ga yaqin davlat organlari va tashkilotlari xodimlari oʻz jamoalari bilan ishtirok etdi.
Davlat xizmatchilarining huquqiy bilimlarini oshirish, mantiqiy fikrlashini yanada kuchaytirish, ular oʻrtasida raqobat muhitini yaratish orqali ularning oʻz ustida doimiy ishlashi va yangilikka boʻlgan qiziqishini ragʻbatlantirish maqsadidatashkil qilingan oʻyin doʻstona tortishuvlarga boy boʻldi.
Oʻyinning dastlabki daqiqalaridan barcha jamoalar oʻtkir zehn egalari ekanliklarini isbotlashdi.
Qizgʻin bahs-munozaralar qurshovida oʻtgan oʻyin natijalariga koʻra:
1-oʻrin — Raqamli texnologiyalar vazirligi;
2-oʻrin — Mudofaa vazirligi;
3-oʻrinni — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi qoʻlga kiritdi.
Gʻolib jamoalarning har bir ishtirokchilariga qimmatbaho sovgʻalar va diplomlar topshirildi.
Bunday huquqiy intellektual oʻyinlar nafaqat davlat xizmatchilarining huquqiy bilim va dunyoqarashini oshiradi, balki ular oʻrtasidagi jipslik, birdamlik va doʻstona aloqalarni yanada mustahkamlashga yordam beradi.