#Adliya_xabari
Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi hamda uning tizimidagi adliya idoralarining soʻnggi 3 yil davomidagi faoliyati sarhisob qilindi.
Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi hamda uning tizimidagi adliya organlari va muassasalarining oʻtgan 3 yil davomidagi faoliyati, jumladan, amalga oshirilgan ishlar ijrosi, tizimda erishilgan yutuqlar barobarida xodimlar tomonidan yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar keng muhokama qilindi.
Tanqidiy ruhda oʻtgan yigʻilishda yoʻl qoʻyilgan sustkashliklarga barham berish hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab olindi.
📌 Kanalga ulanish

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Bir guruh advokat va notariuslar Yaponiyada malakasini oshirib qaytdi
Joriy yilning 21-29-noyabr kunlari advokat va notariuslaridan tashkil topgan tinglovchilar guruhi Yaponiya Adliya vazirligi huzuridagi ilmiy-tadqiqot va oʻqitish institutida malaka oshirdi. Oʻquv amaliyoti Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan tashkil etildi.
Ishtirokchilar bir hafta davomida Yaponiya adliya va notariat tizimi bilan yaqindan tanishib, mahalliy advokat va notariuslari bilan tajriba almashish imkoniga ega boʻldi. Oʻquv amaliyoti doirasida Yaponiya Adliya vazirligi huzuridagi ilmiy-tadqiqot va taʼlim instituti yetakchi oʻqituvchilari maʼruzalar qildi. Shuningdek, Oʻzbekiston vakillari institut faoliyati bilan tanishdi hamda Yaponiya notariuslar milliy assotsiatsiyasi, Yaponiya advokatlar federatsiyasi hamda Yaponiya Adliya vazirligining xalqaro hamkorlik departamenti xodimlari bilan uchrashdi.

Adliya vaziri Qoraqalpogʻistonda “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi
Adliya vaziri Akbar Toshqulov Qoraqalpogʻistonga xizmat safari davomida “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Nukus tumanining “Diyxan arna” mahallasida tashkil etilgan “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida hududdagi jami 835 ta xonadonlar qamrab olingan.
Birinchi bosqichda muammolar oʻrganilgan boʻlsa, keyingi jarayonlarda ularni hal etish, birlamchi huquqiy koʻmak koʻrsatish, metodik yordam berish, manzilli va predmetli targʻibot tadbirlarini oʻtkazish borasida uyushqoqlik bilan amaliy ishlar olib borildi. Natijada 217 ta huquqiy muammolar aniqlanib, shundan 63 tasi ijobiy hal etilishiga erishildi va ushbu tadbirlar bugungi kunda davom etmoqda.
Shuningdek, vazir tumandagi 22-sonli umumtaʼlim maktabi va 7-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida boʻlib, masʼullar bilan birgalikda u yerda bolalar uchun yaratilgan sharoitlardan tortib, xodimlarning mehnat muhofazasigacha boʻlgan huquqiy standartlarga amal qilinishi holatini koʻrdi.
Mahallada tashkil qilingan “Huquqiy kitobxona”da vazir tuman hokimi bilan birgalikda “mahalla yettiligi” bilan uchrashib, ularning kundalik faoliyatidagi ish jarayonida kerak boʻladigan metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash, aholining muammolarini platformaga kiritish va eng dolzarb masalalardan biri boʻlgan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, ularni qonunchilikdagi yangiliklar va imtiyozlar tanishtirishda adliya xodimlari bilan hamkorlikda ishlashning dolzarbligini bildirdi.
Shu kunning oʻzida adliya xodimlari tomonidan uyma-uy yurgan holda aholining huquqiy muammolari oʻrganilib, “Huquqiy mahalla” platformasiga joyida kiritildi va nazoratga olindi.

Angor tumanidagi “Qoʻshtegrimon” mahallasi huquqiy muammolardan holi hududga aylanmoqda
Vazir oʻrinbosari X.Meliyev Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida Angor tumanidagi “Qoʻshtegirmon” mahallasida “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.
Xususan, X.Meliyev “mahalla yettiligi” bilan uchrashib ularga ijtimoiy yordam va subsidiyalar aholining kambagʻallikdan chiqishini taʼminlashi kerakligi hamda qarorlar qabul qilinishida ochiqlik, haqqoniylik, ijtimoiy adolat va shaffoflik tamoyillariga rioya qilinishi lozimligini taʼkidladi.
Shuningdek, vazir oʻrinbosari X.Meliyev ushbu mahallada uyma-uy yurgan holda fuqarolarning muammolarini oʻrgandi hamda ularga huquqiy tushuntirishlar berdi. Oʻrganish talab etiladigan fuqarolarning murojaatlari yuzasidan masʼullarga kerakli koʻrsatmalar berdi.
Bundan tashqari, mahallada bugunning oʻzidayoq 20 dan ortiq fuqarolarga sayyor tartibda davlat xizmatlari koʻrsatilib, ularning muammolari joyida hal etildi.

“Online mahalla” platformasi orqali yuborilayotgan murojaatlarni hal etish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi
Adliya vaziri Akbar Toshqulov Qoraqalpogʻistonga amalga oshirgan xizmat safari davomida Prezidentning 2024-yil 24-maydagi PF-80 sonli farmonida belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi, adliya boʻlimlari tomonidan “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda yoʻlga qoʻyilgan amaliyotini oʻrganib, sohaga oid ishlar yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.
Bunda “Huquqiy mahalla” loyihasini amalga oshirish va “online mahalla” platformasi orqali adliya boʻlimlariga yuborilayotgan murojaatlarni ijobiy hal etish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil etilib, mavjud tizimli huquqiy muammolarni hal etish boʻyicha zarur tavsiyalar berildi.