ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.75K videos
39 files
9.5K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri joylarda aholiga sifatli yuridik xizmat koʻrsatish holatini oʻrganmoqda

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Xorazm viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari davomida adliya organlari faoliyati bilan tanishdi.

Dastavval vazir Urganch shahar adliya boʻlimida, shu jumladan DXM, FHDY, yuridik xizmat koʻrsatish markazida aholiga sifatli yuridik xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq masalalarni oʻrgandi. Akbar Toshqulov xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar bilan uchrashib, bu yoʻnalishda mavjud imkoniyatlar va sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, viloyat adliya boshqarmasida tashkil etilgan situatsion markaz xodimlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Muloqot davomida 2024-yil 24-maydagi Prezident Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi, innovatsiyalarni joriy etish, fuqarolar uchun davlat xizmatlaridan foydalanishda qulayliklar yaratish va mavjud imkoniyatlarni yanada kengaytirish, koʻrsatilayotgan davlat va huquqiy xizmatlarni sifat jihatidan yaxshilash, mutaxassislar bilim va malakalarini oshirish zarurligi taʼkidlandi.

Bu masalada barcha zarur imkoniyatlarni ishga solish, mavjudlarini takomillashtirish hamda davlat xizmatlarini koʻrsatishda nazoratni kuchaytirish, har qanday huquqbuzarlik uchun javobgarlikni muqarrarligi yuzasidan vazifalar muhokama etildi.

Adliya vaziri Urganch shahrida “Darital savdo kompleksi”da tadbirkorlar bilan uchrashdi. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, xizmat koʻrsatish va savdo belgilarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, kontrafakt mahsulotlari ularning farqli belgilari hamda realizatsiyasi uchun javobgarlik masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, tadbirkorlarning faoliyatida vujudga kelayotgan huquqiy muammolari oʻrganildi, faoliyatini yanada yaxshilash yuzasidan takliflar va fikr mulohazalari tinglandi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi

Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi boʻlim boshligʻi, 2-darajali adliya maslahatchisi Faxrutdin Kuldashev 28-noyabr kuni 55 yoshni qarshiladi.

Adliya vazirligi sodiq va tajribali hamkasblarni doimo qadrlaydi va Faxrutdin Abdulazizovichni hayotidagi muhim sana bilan samimiy qutlaydi.

Faxrutdin Abdulazizovich Adliya vazirligi tizimida mehnat faoliyatini 1998-yilda boshlagan va ushbu tizimda 26 yildan buyon mehnat qilib, jamoaning jonkuyar va tajribali a’zosiga aylangan.

Adliya vazirligi jamoasi Faxrutdin Kuldashevni yubileyi bilan tabriklaydi, mustahkam sog‘lik, uzoq va mazmunli umr, xonadoniga fayzu-baraka, oilaviy baxt va mas’uliyatli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Xorazm viloyatida NNT vakillari bilan uchrashdi


Adliya vaziri Akbar Toshqulov Xorazm viloyatida nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) xodimlari bilan uchrashdi.

Muloqot davomida NNT xodimlari tomonidan ularning faoliyati, bugungi kundagi fuqarolarni qiynayotgan masalalari, ularga yaqindan yordam koʻrsatish, jamoatchilik kengashlarini tashkil etish, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga jamoat birlashmalarining oʻrni, fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish, aholining birlamchi huquq va erkinliklariga rioya etilishi, nikoh, oila va taraflarning majburiyatlari, aholiga sifatli yuridik va davlat xizmatlari koʻrsatilishi, huquqbuzarliklarni oldini olish hamda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalari muhokama etildi.

Ishtirokchilar tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatida vujudga kelayotgan huquqiy muammolar, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar, fikr va mulohazalar bildirildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Intellektual_mulk

Tadbirkorlarga oʻz brendiga ega boʻlishning afzalliklari toʻgʻrisida tushuntirishlar berilmoqda.

Xususan, joriy yilning 27-noyabr kuni Adliya vazirligining Intellektual mulk departamenti va “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi tomonidan Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda Nukus shahri va “Xoʻjayli” kichik sanoat zonasida tadbirkorlar uchun sayyor qabullar tashkil etildi.

Qabullarda tadbirkorlarning oʻz intellektual mulk obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazishlari uchun sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilib, ularni huquqiy himoya va muhofaza qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, “Panamilk” brendi ostida faoliyat yurituvchi “Pana Milk-Plus” MCHJga tashrif buyurilib, ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishildi.

Tashrif davomida jamiyatning bir qator mahsulotlar uchun tovar belgilarini olish bilan bogʻliq muammolari tinglanib, zaruriy tushuntirish va amaliy yordam berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar

Adliya yoshlarni qoʻllab-quvvatlaydi

Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan adliya organlariga biriktirilgan yoshlar hamda Toshkent shahar yuridik texnikumi oʻquvchilari uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari muntazam tashkil etib kelinmoqda.

Yoshlarning navbatdagi tanishuvi Toshkent shahar sudida boʻldi. “Ochiq eshiklar kuni” tadbirida 50 nafar yoshlar sudlar faoliyati va sudlarda fuqarolarningning huquqlari qanday himoya qilinishi hamda qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishishdi.

Shuningdek, sudyalik kasbiga qiziqishlari uygʻongan yoshlar uchun ham bu kasbning sharafli va mashaqqatli jihatlari haqida batafsil tushintirishlar berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Joriy yilning 29-noyabr kuni Adliya vazirligida Toshkent davlat yuridik universitetining bitiruvchi talabalari oʻrtasida “Boʻlajak adliya xodimi” tanlovining yakuniy bosqichi boʻlib oʻtdi.

Tanlovning saralash bosqichida universitetning 100 nafardan ortiq 4 kurs talabalari ishtirok etib, test hamda talabgor tomonidan yuridik sohaga oid boʻlgan qonunchilikdagi bitta muammo va uning yechimi yuzasidan taqdimot oʻtkazildi.

Eng yuqori koʻrsatkichlarga erishgan 12 nafar talabalar tanlovning yakuniy bosqichida ishtirok etishga yoʻllanma oldi.

Tanlovning yakuniy bosqichida talabalar 3 ta shart — test sinovlari, muammoli vaziyatga yechim hamda huquqiy mavzudagi blits savol-javob boʻyicha bellashdilar.

Xolislik va shaffoflik, adolat tamoyillariga tayangan holda olib borilgan tanlovning hakamlar hayʼati tomonidan berilgan yakuniy xulosalariga koʻra gʻoliblar aniqlandi.

Unga koʻra “Boʻlajak adliya xodimi” tanlovi boʻyicha:

1️⃣ Sharipova Marvaridxon Shuhrat qizi 1-darajali diplom hamda 3 000 000 soʻm pul mukofoti bilan;
2️⃣ Matyakubov Ogʻabek Safarboy oʻgʻli 2-darajali diplom hamda 2 500 000 soʻm pul mukofoti bilan;
3️⃣ Abdullayev Asqar Akbar oʻgʻli 3-darajali diplom hamda 2 000 000 soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Shuningdek,
➖“Eng faol huquqshunos” nominatsiyasi boʻyicha — Sayfullayeva Mahbuba Azim qizi;
➖ “Eng notiq huquqshunos” nominatsiyasi boʻyicha — Fatxullayeva Sevaraxon Ravshan qizi;
➖ “Eng bilimdon huquqshunos” nominatsiyasi boʻyicha — Shoyimqulov Oybek Oʻrazali oʻgʻli maxsus sertifikatlar hamda 1 000 000 soʻm pul mukofoti bilan ragʻbatlantirildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM