ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.75K videos
39 files
9.51K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari tomonidan sayyor qabul oʻtkazildi


Adliya vaziri oʻrinbosari Sh.Rabiyev tomonidan “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida Zarbdor tumani “Taraqqiyot” MFY binosida sayyor qabul tashkil etildi.

Qabulda tuman hokimi, prokurori, ichki ishlar va adliya organlari masʼul xodimlari, “mahalla yettiligi” aʼzolari hamda tumandagi mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida 60 nafardan ortiq fuqaroning soliq imtiyozini qoʻllash, bepul davolanish uchun order olish, ishga joylashtirish, ijtimoiy himoya, mehnat munosabatlari, davlat xizmatlari, mulkiy huquqlarga oid va shu kabi boshqa turli sohalarga oid murojaatlari koʻrib chiqildi.

Shundan, davlat xizmatlari bilan bogʻliq 31 nafar fuqarolarning murojaatlari joyida ijobiy hal etildi, 23 nafar fuqaroning murojaatiga huquqiy tushuntirish berildi, 10 nafar fuqaroning murojaatlari esa qoʻshimcha oʻrganish talab etganligi sababli ish yurituvga qabul qilinib, nazoratga olindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanishga ruxsatnoma olish tartibi haqida bilasizmi?

Yuridik shaxslar uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish bilan bogʻliq davlat xizmatlaridan inson omilisiz toʻliq elektron tarzda foydalanish imkoniyat yaratildi.

Mazkur tartib bilan videorolikda batafsil tanishing.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri A.Toshqulov Andijon viloyatiga xizmat safari davomida Andijon tumanida sektor rahbarlari bilan uchrashib, tumandagi huquqiy muammolarni aniqlash va bartaraf qilish boʻyicha fikr almashdi.

Vazir adliya boʻlimi, YXKM, DXM hamda FHDY boʻlimi ish faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, A.Toshqulov Prezidentning 2024-yil 24-maydagi PF-80 sonli farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirilishi, adliya boʻlimlari tomonidan “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda yoʻlga qoʻyilgan amaliyotini oʻrgandi.

Bunda “online mahalla” platformasi orqali adliya organlariga yuborilayotgan murojaatlarni ijobiy hal etish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil etilib, mavjud tizimli huquqiy muammolarni hal etish boʻyicha zarur tavsiyalar berildi.

Navbatdagi manzil Davlat kadastrlar palatasi Andijon viloyat boshqarmasi Oltinkoʻl tuman filiali boʻldi. Adliya vaziri “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazildi.

Joriy yilning 14-noyabr kuni xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazildi.
Malaka imtihoni ochiqlik, shaffoflik va odillik prinsiplariga asosan o‘tkazildi.

Malaka imtihonida talabgorlarning davlat va jamiyat qurilishi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolik huquqi, notariat sohasi va vorislik huquqi bo‘yicha savodxonligi sinovdan o‘tkazildi.

Malaka imtihonida ishtirok etish uchun Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasiga hujjat topshirgan 19 nafar talabgor ushbu malaka imtihonida ishtirok etishiga ruxsat berildi. Malaka imtihoni natijasiga ko‘ra 10 nafar talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan deb topildi. Jumladan:

Andijon viloyatidan:
Mamayunusov Jamoldin Sotvoldiyevich;

Buxoro viloyatidan:
Abduraxmonova Firuzaxon Abdulxapizovna;

Samarqand viloyatidan:
Bayzakov Feruz Dilmurodovich;

Surxondaryo viloyatidan:
Abrayev Sadulla Xushboqovich;

Toshkent shahridan:

Imomov Azizjon Akmalovich;
Yokubov Doniyorbek Mansurbek oʻgʻli;

Farg‘ona viloyatidan:

Gʻulomov Saminjon Solijonovich;
Kodirov Alisher Xakimjonovich;

Xorazm viloyatidan:
Jonibekov Azizbek Otabek oʻgʻli;
Xudayberganova Shohida Aminboyevna;

Malaka imtihoni joriy yilning 14-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining www.adliya.uz rasmiy veb-sayti orqali onlayn tarzda yoritib borildi hamda malaka imtihoni jarayoni yozib olindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Namangan shahridagi “Chaman” MFYda “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi


Adliya vaziri Akbar Toshqulov “mahalla yettiligi” bilan oʻtkazgan uchrashuvda “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi bilan tanishdi.

Namangan adliya boʻlimi boshligʻi taqdimotda uyma-uy oʻrganishlar davomida aniqlangan huquqiy muammolar, hal etilgan murojaatlar, adliya boʻlimi ish yurituviga olingan murojaatlarning qonuniy koʻrib chiqilayotganligi boʻyicha amalga oshirilgan ishlarga toʻxtaldi. Vazir aholini kundalik hayotida uchrayotgan huquqiy muammolarga yechim topib, ularni huquqiy savodxonligini yuksaltirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligini taʼkidladi.

Bundan tashqari, A. Toshqulov “Adliya mahalla” va “Online mahalla” platformalaridan foydalanish jarayonlari bilan tanishib, ishlarni toʻgʻri tashkil etish, xato-kamchiliklarga yoʻl qoʻymaslik hamda belgilangan talablarga qatʼiy amal qilish boʻyicha koʻrsatmalarni berdi.

Shu kunning oʻzida vazir “Chaman” mahallasida “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosi yuzasidan mutasaddilar bilan muloqot oʻtkazdi. Hujjatda belgilangan barcha tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli tashkil etilishi boʻyicha tushuntirish va koʻrsatmalar berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha

Adliya vazirligi tomonidan yoʻlga qoʻyilgan “Qaroqchi” loyihasi jamoasi Artel Electronics kompaniyasiga tashrif buyurdi.


Loyiha jamoasi Artel kompaniyasidagi ish jarayonlari va tashkil etilgan mehnat sharoitlarini oʻrganib, kompaniya xodimlari va rahbarlari bilan suhbatlashdi. Tez orada ushbu intervyuni koʻrish imkoniyatiga ega boʻlasiz.

Eslatib oʻtamiz, “Qaroqchi” loyihasining asosiy maqsadi aholining intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquqiy madaniyatini shakllantirishga koʻmaklashish hamda keng jamoatchilikka milliy brendlarning mualliflari va vakillari bilan tanishtirishdir.


📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

Adliya tadbirkor manfaatini sudda himoya qildi


Yangiyer shahrida faoliyat yurituvchi “Trans imkon servis” MCHJ rahbari “Oʻzyoʻlkoʻprik” klasterining Sirdaryo filiali davlat muassasasidan norozi, boisi hamkorlik uchun imzolangan shartnoma majburiyatlari bajarilmagan.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

⚡️Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi hamda “Dasturxon tv” telekanali o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hamkorlik memorandumi doirasida fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan media mahsulotlari tayyorlanadi va teleefirlar orqali tarqatiladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM