ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.75K videos
39 files
9.51K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Namangan viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari davomida Chortoq tumani davlat arxivining moddiy texnik bazasi, hujjatlarning saqlanish holati, mavjud arxiv hujjatlarini raqamlashtirish jarayonlari bilan tanishib, mavjud muammolarni oʻrgandi.

Xususan, “Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini taʼminlash hamda ulardan foydalanish” axborot tizimiga maʼlumotlarni kiritilishi boʻyicha ishni tez va samarali olib borish maqsadida arxiv xodimlari bilan suhbatlashib, ular tomonidan ishni toʻgʻri tashkil etilishi, uning natijadorligini oshirish yuzasidan tegishli takliflar va tavsiyalarni berdi.

Shuningdek, tumandagi sektor rahbarlari bilan birgalikda “Mustaqillik” MFYda “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi. Unda adliya boʻlimlari tomonidan mahalla xodimlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar, shu jumladan, huquqiy muammolarini aniqlash va bartaraf etish masalalari muhokama qilinib, ijobiy amaliyot taqdimoti oʻtkazildi.

Adliya vaziri Davlatobod tumanida amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Huquqiy xizmatlar sifati, “mahalla yettiligi” bilan ishni tashkil etish, huquqiy targʻibot targʻibot masalalari eʼtibor markazida boʻldi. Davlat xizmatlari, FHDY, YXKM faoliyati ham tahlil etildi.

“Orzu” mahallasida vazir “yettilik” bilan uchrashdi. Bunda “online mahalla” platformasi orqali adliya organlariga yuborilayotgan murojaatlar hamda masalalarni ijobiy hal etish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil etildi. Tumanda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan adliya boʻlimi boshligʻi hisobot berdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi va “Mohirdev” kompaniyasi oʻrtasidagi hamkorlik doirasida fuqarolarga huquqiy savollarga javob berish hamda davlat xizmatlaridan foydalanishda yordam koʻrsatuvchi sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan yangi chat-bot sinov tariqasida ishga tushirildi.

Ushbu chat-bot sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanib, huquqiy masalalar va davlat xizmatlari boʻyicha toʻliq tushuntirishlar taqdim etish, shu orqali aholining huquqiy savodxonligini oshirish va davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonini yengillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.

Yangi chat-botning asosiy vazifalari:
✔️ Huquqiy maslahatlar berish: Fuqarolarga turli huquqiy masalalar boʻyicha tezkor javob olish imkoniyati yaratiladi. Chat-bot inson aralashuvisiz avtomatik tarzda qonuniy tushuntirishlar va amaliy maslahatlar beradi, bu esa murojaatlarni tezkorlik bilan hal etishga yordam beradi.
✔️ Davlat xizmatlari boʻyicha yoʻriqnomalar berish: Davlat xizmatlariga oid jarayonlar, talablar va tartiblar haqida maʼlumot taqdim etiladi, bu esa fuqarolarga davlat xizmatlaridan samarali foydalanishda yordam beradi.

Loyiha sinov jarayonida boʻlib, uning natijalari asosida kelgusida chat-bot foydalanuvchilar qamrovini kengaytirish, uning funksional imkoniyatlarini yanada boyitish rejalashtirilgan. Shuningdek, huquqiy masalalar boʻyicha maʼlumotlarni muntazam yangilab borish nazarda tutilgan.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jamoatchilik_kengashi

Bugun, 15-noyabr kuni Adliya vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Ishtirokchilar qarorlar qabul qilish va qonun ustuvorligi hamda adolatni mustahkamlash, aholining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surishda jamoatchilik ishtirokining muhimligini taʼkidladilar.

Kengash aʼzolari joriy yilning oʻtgan davri uchun faoliyatning dastlabki yakunlarini sarhisob qilib, 2025-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlarni belgilab oldilar.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar

Yoshlar bilan manzilli ishlash bugun barcha darajadagi tashkilotlar faoliyatining asosiy yoʻnalishiga aylandi. Yangiyer shahar adliya boʻlimi tomonidan ham bu masalaga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Xususan, Yangiyer shahrida 4-sektor boʻyicha biriktirilgan 2 ta mahallada istiqomat qiluvchi 7 ta asosiy toifaga ajratilgan 1058 nafar yoshlar bilan manzilli va tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilib, biriktirilgan yoshlarning barchasi hozirgi kunda “Yoshlar platformasi” elektron dasturiga toʻliq kiritildi.

Shuningdek, yoshlarning huquqiy muammolarini ijobiy hal etish, kasb-hunarga yoʻnaltirish, bandligini taʼminlash, eng muhimi huquqiy savodxonligini oshirish masalasi doimiy eʼtiborda.

Mohinur Alimqulova Yangiyer shahar adliya boʻlimiga biriktirilgan yoshlardan biri. U Adliya koʻmagi bilan Boyovut tuman FHDY boʻlimi arxivariusi sifatida ish boshladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar

Adliya vaziri Namangan yoshlari bilan ochiq muloqot oʻtkazdi

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Namangan davlat universiteti talabalari va viloyat yuridik texnikumi hamda akademik litsey oʻquvchilari bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.

Vaziri huquq sohasida amalga oshirilgan islohotlar, bu borada kelgusi rejalar bilan oʻrtoqlashib, yoshlarning kasbiy oʻsishi va ularning mamlakatimiz va adliya tizimini rivojlantirishda ishtirok etish imkoniyatlari haqida toʻxtalib oʻtdi.

Muloqot davomida yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan yuzlanib, atroflicha javob oldilar.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

“Oʻzbekiston 24” telekanalida Toshkent davlat yuridik universitetida oʻtkazilayotgan Talabalar festivali haqida reportaj namoyish etildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Namangan shahridagi 24-umumtaʼlim maktabida boʻldi


Adliya vaziri Akbar Toshqulov Namangan shahridagi 24-umumtaʼlim maktabida tashkil etilgan “Huquq sinfi”da yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, oʻquvchilar bilan muloqot oʻtkazdi.

Vazir yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar haqida toʻxtalib, huquqshunos kasbining muhimligi xususida soʻz yuritdi. Oʻquvchilar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Maʼlumot uchun, Namangan viloyatidagi 14 ta umumtaʼlim maktablarida tashkil etilgan “Huquq sinf”larida adliya organlari xodimlari tomonidan huquqiy darslar oʻtkazilmoqda.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM