ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.75K videos
39 files
9.51K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Xalqaro hamkorlik kengaymoqda

Turkiyaning Antaliya shahrida Turkiya Adliya vazirligi huzuridagi Sud tibbiyot instituti tomonidan oʻtkazilayotgan 19-Xalqaro sud tibbiyoti kongressida (The 19th International Forensic Medicine Congress) X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktori Akram Xalilov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etmoqda.

Markaz delegatsiyasi kongressning ochilish marosimida ishtirok etib, sud ekspertiza va kriminalistik asbob-uskunalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxona va tashkilotlarning koʻrgazmalari bilan tanishdi hamda tadbir ishtirokchilari bilan munosabat oʻrnatdi.

Shuningdek, Akram Xalilov Turkiya adliya vaziri Yilmaz Tunch bilan uchrashuv oʻtkazib, ikki davlatning sud ekspertiza sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama etildi hamda bu borada yanada ishlarni jadallashtirishga kelishib olindi.

Kongress oʻz ishini davom etmoqda.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.

@adliyangiliklari
#Muhim

📣 Jurnalistlar va faol jamoatchilik vakillari diqqatiga!

Ertaga, 25-sentabr kuni Adliya vazirligi tomonidan AOKAda “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etiladi.

OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.

Qachon❓
25-sentabr, 12:00

Qayerda❓
AOKA binosi (Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 30)

Qoʻshimcha maʼlumot uchun: 0(371)-207-04-54

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarish uchun imtiyozlar: muhim 5 qoida

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilarga 10 yilgacha soliq imtiyozlari beriladi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
​#Adliya_xabari

Xalqaro hamkorlik kengaymoqda

Adliya vaziri o‘rinbosari Sherzod Rabiyev Germaniyaning Konrad Adenauer jamg‘armasining Osiyoda qonun ustuvorligi bo‘yicha dasturi direktori Shtefan Samse bilan uchrashdi.

Tomonlar adliya va huquq sohasida istiqbolli hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari hamda birgalikda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan taklif va loyihalarni muhokama qildi.

Vazir o‘rinbosari Sh.Rabiyev delegatsiya vakillariga Adliya vazirligining vazifa va funksiyalari, so‘ngi yillarda amalga oshirilgan islohotlar haqida so‘zlab berdi. Sh. Samse Adliya vazirligi fond bilan hamkorlikda qilinayotgan ishlar ko‘lamining oshib borayotganligini e'tirof etdi.

Shuningdek, tomonlar hamkorlikda “Intellektual mulk huquqi bo‘yicha masalalar to‘plami” va “Normativ-huquqiy hujjatlarni hamda ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi huquqiy ekspertizadan o‘tkazish” nomli o‘quv qo‘llanmalari chop etilganligini qayd etdi.

@adliyangiliklari
#Matbuot_anjumani

AOKAda “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar” mavzusida Adliya vazirligi matbuot anjumani boshlandi.

👉Onlayn translyatsiya

@adliyangiliklari
#Adliya_teleloyiha

⚡️Adliya vazirligi va “Oʻzbekiston” telekanali tomonidan oʻzaro hamkorlikda yoʻlga qoʻyilgan “YURIDIK KLINIKA” koʻrsatuvi boshlandi. Koʻrsatuv “Oʻzbekiston” telekanali orqali jonli efirga uzatilmoqda.

Mavzu: “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi va ijrochilarga tushuntirish.

Mavzu yuzasidan oʻz savollaringizni @yuridiklinikabot Telegram-boti yoki toʻgʻridan-toʻgʻri efir vaqtida 71-233-75-74 telefon raqamiga bogʻlanish orqali orqali yuborishingiz mumkin.

📹 https://youtu.be/uDhYTLJYf6w

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Avtomobilsiz_kun

Toshkent shahrida har oy bir kun davomida "Avtomobilsiz kun" jamoatchilik loyihasi o‘tkaziladi.

Bunda shaxsiy avtomobillar harakatlanishi cheklanib jamoat transportidan foydalanish targ‘ib qilinadi.

Adliya vazirligi jamoasi ham ushbu loyihada faol qatnashmoqda.

@adliyangiliklari
#OAV_biz_haqimizda

Fuqarolik jamiyati institutlari erkin faoliyat yuritishi uchun qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Oʻzbekistonda bugungi kunda fuqarolar huquqini, demokratik qadriyatlarni himoya qilish, taʼlim, tibbiyot, madaniyat va boshqa sohalarda qariyb 10 mingta nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyat yuritmoqda.

Ularning erkin faoliyat yuritishi, qonunchilikda nazarda tutilgan huquqlari taʼminlanishi boʻyicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Bu haqida batafsil adliya vaziri Akbar Toshqulovning O'zbekiston milliy axborot agentligiga bergan intervyusida oʻqishingiz mumkin.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Matbuot_anjumani

Furqat Tojiyev, Adliya vazirligi Huquqiy axborot boshqarmasi boshligʻi:
— Huquqiy axborotlarni yetkazish raqamlashtirildi. Barcha qonunchilik hujjatlarini Yagona huquqiy axborot almashish tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlarga, mahallalarga yetkazish yoʻlga qoʻyildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Qonunchilik hujjatlarini Yagona huquqiy axborot almashish tizimi orqali davlat organlariga yetkazish yoʻlga qoʻyildi

Bugun, 25-sentabr kuni Adliya vazirligi masʼullari ishtirokida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida qilinayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar boʻyicha matbuot anjumani tashkil qilindi.

👉Batafsil
______________

Сегодня, 25 сентября, Министерство юстиции организовало пресс-конференцию, в ходе которой специалисты рассказали о проделанной работе в сфере повышения правосознания и правовой культуры населения и планах на ближайшую перспективу в этом направлении.

👉Подробнее

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Adliya deputatlarga sayyor tartibda axborot berdi

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashining bir guruh vakillari viloyat adliya boshqarmasida boʻlishdi. Deputatlar dastlab adliya boshqarmasida “Sirdaryo tajribasi” sifatida tashkil qilingan “Huquqiy taksofon”ning imkoniyatlari, situatsion markaz faoliyati, “Yoshlar balansi” elektron dasturining qulayliklari, shuningdek “Mahalla huquqshunosi” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

Shundan soʻng, boshqarma boshligʻi Jahongir Zohidovning 2024-yilning birinchi yarim yilligi davomida boshqarma tomonidan norma ijodkorligi va huquqni qoʻllash sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti tinglandi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari