ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.75K videos
39 files
9.51K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Boʻka tumanida adliya boʻlimining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Boʻka tumanida zamonaviy koʻrinishda qurilgan va IT-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan adliya boʻlimining 2 qavatli yangi binosi oʻz faoliyatini boshladi.

Tuman markazida zamonaviy va milliy shaharsozlik normalariga muvofiq qad rostlagan ushbu inshootda fuqarolar va tadbirkorlar uchun har tomonlama qulay sharoitlar yaratilgan boʻlib, tezkor, shaffof, sifatli davlat xizmatlari va huquqiy yordam koʻrsatiladi.

Yangi binoda murojaatchilarga bir vaqtning oʻzida 360 dan ortiq turdagi xizmatlarni koʻrsatish imkoni mavjud. Elektron navbat tizimi, axborot kioskasi, elektron xizmatlardan mustaqil foydalanish hamda mini-kutubxona ham tashkil qilingan.

Boʻka tuman adliya boʻlimi davlat xizmatlari markazi bir kunda oʻrtacha 300—400 nafar fuqaroga davlat xizmatlari koʻrsatish quvvatiga ega.

@adliyangiliklari
Forwarded from my.gov.uz
📣E’lon!

🧑‍💻 Hurmatli foydalanuvchilar!

💰Bugun, 23-sentyabrdan my.gov.uz portali orqali ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini ajratish bo‘yicha arizalar qabuli boshlandi.

⚙️ Shu munosabat bilan ko‘plab murojaatlar tufayli tizimga yuklamalar ortishi hisobidan Yagona portal faoliyatida uzilishlar va vaqtinchalik kechikishlar kuzatilishi mumkin.

❕Biz tizim ishini barqarorlashtirish ustida ishlayapmiz. Sizlardan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga hisobotlarni taqdim etish jarayonlari soddalashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 241-10-moddasiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi Qonuni Oliy Majlis Senati tomonidan maʼqullandi.

Mazkur qonun tasdiqlanishi natijasida:
▫️birinchidan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistik maʼlumotlarning yagona roʻyxatining amalda nuqsonsiz ishlashiga;
▫️ikkinchidan, tadbirkorlik subyektlari huquqlari himoyasini yanada kuchaytirishga;
▫️uchinchidan, davlat organlari tomonidan bunday turdagi huquqbuzarliklar sodir etilishi holatlarini kamaytirishga
xizmat qiladi.

Mazkur qonun bilan davlat organlari tomonidan Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistik maʼlumotlarning yagona roʻyxatiga kiritilmagan hisobotlarni tadbirkorlik subyektlaridan talab qilinishi maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻlishi belgilanmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Hurmatli fuqarolar!

📌 Xabaringiz bor, 2024-yil 23-sentyabrdan boshlab Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) portali orqali ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini ajratish bo‘yicha arizalar qabuli boshlandi.

⚠️ Ko‘pgina fuqarolar tomonidan bir vaqtda murojaat qilinishi sababli Raqamli texnologiyalar vazirligining my.gov.uz portalida yuklama ortib ketishi oqibatida arizalarni qabul qilish faoliyatida uzilishlar va vaqtinchalik kechikishlar vujudga keldi.

✅ Hozirda Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) portali orqali ariza qoldirishda tizim faoliyati tiklanganligi hamda arizalarni qabul qilish qayta yo‘lga qo‘yilganligi maʼlum qilinadi.

@adliyangiliklari
Iroda insonga katta kuch beradi: “Maftunkor ranglar jilosi” Qoraqalpogʻistonda

Adliya vazirligi tashabbusi bilan nogironligi boʻlgan yoshlar oʻrtasida Qoraqalpogʻistonda tashkil etilgan navbatdagi xayrli tashabbus — “Maftunkor ranglar jilosi” koʻrgazmasida nogironligi boʻlgan bolalar va ularning ota-onalari, 17 ta tuman (shahar)lardagi Nogironlar jamiyati boʻlimlarining hunarmandlari, sportchilar va boshqa yoshlar ishtirok etishdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_birgamiz

“Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi doirasida 2 mlrd soʻmlik shartnomalar imzolandi

“Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi doirasida Xiva shahrining Ichan qalʼa majmuasida boʻlib oʻtgan yarmarkada 70 ga yaqin nogironligi bor shaxslar tomonidan yasalgan jami 288 mln soʻmlik mahsulotlar sotildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston nogironlar jamiyatining Qashqadaryo (500 mln soʻm), Jizzax (500 mln soʻm) va Namangan (1 mlrd soʻm) viloyatlari hududiy boʻlimlari ularning aʼzolari tomonidan yasalgan mahsulotlarni tadbirkorlik subyektlariga yetkazib berish boʻyicha shartnomalar imzoladi.

Eslatib oʻtamiz, Adliya vazirligi Oʻzbekiston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda nogironligi boʻlgan shaxslarni birlashtirish hamda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash boʻyicha 2018-yildan boshlab “Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasini amalga oshirib kelmoqda. Loyiha doirasida vazirlik tomonidan bugungi kunga qadar koʻplab yirik ijtimoiy tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda.

Batafsil 👉 videorolikda

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Davlat organlarida korrupsiyaning oldini olishda yuridik kadrlarning roli koʻrib chiqildi


Bugun Toshkentda Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi hamda Konrad Adenauer nomidagi jamgʻarmaning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Davlat muassasalarida korrupsiyaning oldini olish sohasidagi tizimli islohotlar asosida yuridik kadrlarning malakasini oshirish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

Konferensiyada soha boʻyicha xalqaro ekspertlar, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, prokuratura, ichki ishlar hamda sud-huquq sohasidagi milliy muassasalar vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda adliya vaziri oʻrinbosari X. Meliyev soʻzga chiqib, mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish hamda ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etilishini oldini olishga qaratilgan kompleks choralar, xususan, Adliya vazirligi tizimida bu borada qilinayotgan ishlarga toʻxtalib oʻtdi.

Taʼkidlangandek, vazirlik tomonidan 2019-yilni shartli ravishda “Kadrlar va korrupsiyaga qarshi kurash” yili deb eʼlon qilindi. Shu munosabat bilan ikkita muhim hujjat: kadrlar bilan ishlash va korrupsiyaga qarshi kurash dasturlari ishlab chiqildi.

Shuningdek, vazirlik huzurida korrupsiyaga qarshi kurash kengashi tashkil etilgan. Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha siyosati ishlab chiqildi, unda adliya organlari va muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashning asosiy yoʻnalishlari va yondashuvlari belgilandi.

Ochiq va shaffof ishlash — korrupsiyaga qarshi kurashning muhim omilidir. “Open justice” (“Ochiq adliya”) dasturining ishga tushirilishi sababi ham ana shu. U jamoatchilikni vazirlik faoliyati (xodimlarni ishga qabul qilishdan tortib, uning moliyaviy faoliyati bilan bogʻliq maʼlumotlargacha boʻlgan) axborotlar bilan tanishtirishning yangi yondashuvi va mexanizmlarini oʻz ichiga oladi.

BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda adliya organlari va muassasalarida “KPMG International” kompaniyasining xalqaro ekspertlarini jalb etgan holda, korrupsiyaga qarshi komplaens nazoratni joriy etish boʻyicha loyiha amalga oshirildi. Adliya vazirligi bu bilan cheklanib qolmaydi hamda xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi koʻnikmalarini rivojlantirish maqsadida yangi e-study.adliya.uz platformasi ishga tushirildi. Ushbu chora-tadbirlar natijasida Adliya vazirligi Oʻzbekistonda davlat boshqaruv organlari orasida birinchi boʻlib Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi boʻyicha ISO 37001:2016 xalqaro standart sertifikatini qoʻlga kiritdi.

Konferensiya davomida ishtirokchilar davlat boshqaruvi faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlashning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi ahamiyati, korrupsiyaviy jinoyatlar va ularni oldini olish, bu sohadagi strategik yondashuvlar, huquqiy taʼlim yordamida korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar toʻqnashuvi vaziyatlarini tartibga solish, korrupsiya xatarlarining oldini olishda yuridik kadrlar malakasini oshirish borasida tajriba almashdi.

Faol muhokamalar jarayonida korrupsiya bilan bogʻliq jinoyatlar uchun javobgarlikni takomillashtirish, davlat xaridlari sohasida korrupsiyaning oldini olish va manfaatlar toʻqnashuvini bartaraf etish masalalarida yuridik xizmatning rolini oshirish boʻyicha takliflar ilgari surildi.

@adliyangiliklari
#Bilasizmi

Mayda bezorilik oʻzi nima? Ushbu huquqbuzarlik uchun qanday jazo koʻzda tutilgan?

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasida mayda bezorilik, yaʼni jamoat joylarida uyatli soʻzlar bilan soʻkinish, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik ekanligi belgilangan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarni hisob ro‘yxatiga olish davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi

Manba: Vazirlar Mahkamasining 553-son qarori (2024-yil 9-sentabr)

@adliyangiliklari