ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.76K videos
39 files
9.52K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Bugun, 15 avgust kuni AOKAda “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e'tirof etish to‘g‘risida”gi Qonunida nazarda tutilgan tartib-taomillar keng jamoatchilikka tushuntirish maqsadida matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda Adliya vazirligi, Kadastr agentligi va “O‘zbekkosmos” agentligi vakillari ishtirok etib, OAV vakillarining savollariga javob berdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Mustaqillik_solnomasi

❗️Mustaqillik: shonli 33 yil, 1996-yilda amalga oshirilgan ayrim muhim ishlar.


Batafsil 👉infografikada

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Akbar Toshqulov Samarqand viloyatida aholi muammolarini hal etish va yoshlar bilan manzilli ishlash holatini oʻrgandi

Adliya vaziri Samarqand tumanidagi “Konigil” mahallasida masʼullar bilan aholining tizimli huquqiy muammolari va ularni hal etish masalalarini muhokama qilib, fuqarolar bilan muloqot qildi hamda foydalanishga topshirilgan infokiosk ish jarayoni bilan tanishdi.

Shuningdek, mahallada tashkil etilgan “Tadbirkorlik markazi”dagi uchrashuvda qonunchilikda belgilangan imtiyozlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, A.Toshqulov Payariq tuman adliya boʻlimi, davlat xizmatlari, yuridik xizmat koʻrsatish markazi, “Madad” NNT va FHDY boʻlimi xodimlari bilan uchrashib, faoliyat samaradorligiga erishish boʻyicha amaliy ishlar tahlili bilan tanishdi hamda ularga kasbiy rivojlanish, fuqarolarga sifatli huquqiy va davlat xizmatlarini koʻrsatish yuzasidan koʻrsatmalar berdi.

Shundan soʻng, Adliya vaziri SOS Oʻzbekiston Bolalar mahallalari uyushmasining Samarqand shahar filiali sharoiti va imkoniyatlar koʻlami bilan tanishib, maskan xodimlari va bolalar bilan suhbatlashdi hamda qonunchilikda berilgan imkoniyatlar haqida maʼlumot berildi.

Adliya vazirligi
Axborot xizmati


@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Respublikamizda navbatdagi Texnologiya va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazi ochildi


Davlat rahbarining tegishli qaroriga asosan ixtirochilar, innovatorlar, biznes-jamoalar, mustaqil izlanuvchilar va yosh olimlarga axborot maydonchalari yaratilishida texnologiya va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazlar rolini oshirish belgilangan.

Mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 14-avgust kuni Fanlar akademiyasi Botanika instituti qoshida navbatdagi Texnologiya va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazini tashkil etish boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi masʼullari ishtirok etib, markaz direktori B.Sagdullayev va institut direktori K.Tojibaevlar tomonidan Texnologiya va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazini tashkil etish boʻyicha bitim imzolandi.

Aytish joizki, texnologiya va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazlari ilmiy-texnik ishlanmalar samaradorligini oshirish maqsadida ishlanmalar mualliflariga patent maʼlumotlaridan foydalanish va patent tadqiqotlarini oʻtkazish hamda oʻz ishlanmalarini tijoratlashtirish boʻyicha zarur koʻnikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

✅ Давлат органлари ва ташкилотларининг Телеграмдаги каналлари рўйхати янгиланди.

Ушбу Телеграм каналларда давлат органлари фаолиятига оид сўнгги янгиликлар, янги ҳужжатлар, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан хабардор бўлиш имконияти мавжуд.

📌 Давлат органларининг расмий каналларининг янгиланган рўйхати билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari: kun davomida

🖥 Namangan viloyati adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Norin tumanida yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” hamda boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

🖥 Sayxunobod tumani “Yangi hayot” mahallasida “Adliya kuni” doirasida Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Adxam Shayjigitov sayyor qabul oʻtkazdi.

🖥 Buvayda tumani “Nayman” mahallasida yashovchi 78 yoshli Buhalima ona Abdurazzoqovaga “metrika” rasmiylashtirib berildi va tantanali topshirildi.

🖥 Samarqand shahrining “Nurafshon” mahallasida yashovchi Anjela Afrailovaning qizi va ikki nafar nabirasining tugʻilganligi 4-son FHDYo boʻlimi tomonidan qayd etilib, guvohnomalar uylariga borib topshirildi.

🖥 “Adliya kuni” doirasida Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Bobur Nazarovning Guliston tumanida oʻtkazgan sayyor qabulida “Mevazor”, “Yulduz”, “Mustaqillik”, “Chortoq” mahallalari aholisining huquqiy muammolari oʻrganildi.

🖥 Chust tumani davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan “Yutmos” mahallasi aholisiga sayyor xizmatlar koʻrsatildi.

🖥 Jizzax shahar adliya boʻlimining aralashuvi bilan fuqaroga tayinlangan pensiya miqdori oshirildi.

🖥 Ulugʻnor tumani davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan “Guliston” mahallasi aholisiga sayyor xizmatlar koʻrsatildi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Oʻzbekiston tovar belgilari boʻyicha qonunlar toʻgʻrisidagi Singapur shartnomasiga qoʻshildi


Joriy yilning 13-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Tovar belgilari boʻyicha qonunlar toʻgʻrisidagi Singapur shartnomasini (Singapur, 2006-yil 27-mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonun imzolandi.

Ushbu hodisa tovar belgilari sohasidagi milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga moslashtirish va mamlakatda intellektual mulk tizimini yanada mustahkamlashga qaratilgan muhim qadam hisoblanadi.

Tovar belgilari bo‘yicha qonunlar to‘g‘risidagi Singapur shartnomasi 2006-yilda qabul qilingan xalqaro hujjat bo‘lib, bugungi kunga kelib 59 ta davlat ushbu shartnomani ratifikatsiya qilgan.

Singapur shartnomasining asosiy maqsadi tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq ma’muriy tartib-taomillarni soddalashtirish va bir xillashtirishdan iborat.

Shartnoma bilan quyidagilar nazarda tutiladi:
▫️tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun beriladigan talabnoma shakli, to‘lovlar va muddatlar uchun minimal standartlarni belgilash;
▫️elektron shaklda talabnoma topshirish, elektron imzoni tan olish va undan foydalanish, shuningdek, tovush, golografik belgilar va boshqa noodatiy tovar belgilarini tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq tartiblarni joriy etish;
▫️talabnomani topshirish uchun belgilangan muddatni uzaytirish yoki o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash imkoniyatini yaratish;
▫️tovar belgisidan foydalanish bo‘yicha litsenziya shartnomasini tuzish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona tartibini belgilash.

Shartnomaning imzolanishi mamlakatning xalqaro maydondagi mavqeyini mustahkamlash va investitsiya muhitini yaxshilashga xizmat qilishini, shuningdek, standartlashtirish orqali mahalliy va xorijiy tadbirkorlik subyektlarining mablag‘lari va vaqtini tejash uchun sharoit hozirlashini ta’kidlash joiz.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Mahalliy kengashlar qarorlarini ishlab chiqilishda jamoatchilik ishtirokini taʼminlash amaliyoti joriy etiladi

Bugun, 16-avgust kuni mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishda mahalliy kengashlarning norma ijodkorligi sohasidagi faoliyatini takomillashtirish yuzasidan ishchi guruhining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Taʼkidlangandek, Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi Farmoni bilan Oʻzbekistonda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish belgilangan. Konsepsiyani ishlab chiqishda asosiy yoʻnalishlardan biri sifatida mahalliy Kengashlarning norma ijodkorligi sohasidagi faoliyatini takomillashtirish hamda ular tomonidan qarorlar ishlab chiqilishda jamoatchilikning keng ishtirokini taʼminlash nazarda tutilgan. Bu borada ishchi guruh ham tuzilgan.

Adliya vazirligi va ishchi guruh aʼzolari bilan hamkorlikda sohada ilgʻor xorij tajribasi oʻrganilib, konsepsiya loyihasiga va u bilan tasdiqlanadigan chora-tadbirlar dasturiga takliflar tayyorlandi.

Xususan, hujjatda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari qarorlarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartib-taomillarini takomillashtirish, qarorlari loyihalarini ishlab chiqish va qabul qilish boʻyicha sifat, shaffoflik, tizimlilik, kelishilganlik hamda jamoatchilik jalb etilishini taʼminlovchi yagona amaliyotni joriy etish, ikki va undan ortiq tillarda tayyorlangan Kengash qarori loyihalari matnlarining oʻzaro muvofiqligini lingvistik ekspertizadan oʻtkazishni taʼminlash kabi takliflar oʻrin olgan.

Ishchi guruh aʼzolari tomonidan mazkur takliflar muhokama qilinib, Oʻzbekistonda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqilishini tashkil etish boʻyicha Komissiyaga yuborishga kelishildi.

Adliya vazirligi
Axborot xizmati


@adliyangiliklari
#Mustaqillik_solnomasi

❗️Mustaqillik: shonli 33 yil, 1997-yilda amalga oshirilgan ayrim muhim ishlar.


Batafsil 👉 infografikada

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Intervyu

Safia – garajda boshlangan shirin biznes

Safiaʼning yaratilishi tarixi qanday? Uning muvaffaqiyat siri nimada? Ayni paytda qonun bilan himoyalangan brend qanday paydo boʻlgan? Shirinliklar qanday tayyorlanadi? Qandolatchilik kompaniyasi xodimlari qancha maosh olishadi? “Qaroqchi”ning bu galgi sonida dunyo bozorini egallab borayotgan brend faoliyatiga ichkaridan nazar tashlaymiz.

Toʻliq video: 👉https://youtu.be/Kw_kg5SnFQQ

@adliyangiliklari
#Mustaqillik_solnomasi

❗️Mustaqillik: shonli 33 yil, 1998-yilda amalga oshirilgan ayrim muhim ishlar.


Batafsil 👉infografikada

@adliyangiliklari
#Bilasizmi #Adliya_aksiya

🗂 Qonunchilikka koʻra, xotin-qizlar nodavlat ta'lim tashkilotlarida kasb-hunarga va tadbirkorlikka oʻqiganda, ular tomonidan qilingan xarajatlarning 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga 1 million soʻmdan ortiq boʻlmagan xarajatlar davlat tomonidan qoplab berilishi belgilangan.

@adliyangiliklari
#Mustaqillik_solnomasi

❗️Mustaqillik: shonli 33 yil, 1999-yilda amalga oshirilgan ayrim muhim ishlar.


Batafsil 👉infografikada

@adliyangiliklari