ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.76K videos
39 files
9.53K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Adliya vaziri o‘rinbosari A.Karimov Uchtepa tumanidagi "Bog‘iston" va "Bog‘obod" mahallasi “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi.

Uchrashuvda dastlab “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalar yuzasidan tushunchalar berildi.

Shundan so‘ng  "mahalla yettiligi" tomonidan aholining kundalik hayotida uchrayotgan muammolar, ularni hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, oilaviy ajrimlarning oldini olish borasidagi faoliyati o‘rganilib, faoliyatda vujudga kelayotgan muammolarni  bartaraf etish yuzasidan zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tanlov #Zukko_kitobxon

Adliya vazirligi tashabbusi bilan tuman va shaharlardagi mahallalarda adliya organlariga biriktirilgan 14 yoshga to‘lgan hamda 30  yoshdan oshmagan yoshlar o‘rtasida “Zukko kitobxon” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Jarayonlarni kuzatib boring.

@adliyangiliklari
ADLIYA VAZIRI O‘RINBOSARI A.KARIMOV SHAYXONTOHUR TUMANIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZDI

Shayxontohur tumani “Gulobod” mahallasida tashkil qilingan sayyor qabulda tuman hokimligi hamda korxona va tashkilotlar mas’ullari ishtirok etishdi.

Tadbirda A.Karimov dastlab "Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalari mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirildi. Shundan so‘ng aholi murojaatlari tinglandi.

Sayyor qabul davomida kadastr hujjatini rasmiylashtirish, moddiy yordam olish, bola puli, davolanish uchun order,  ishga joylashish, kommunal soha kabi masalalarda 34 ta murojaatlar kelib tushdi.

Shundan 26 ta murojaat joyida o‘z yechimini topdi, qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan 8 ta murojaat ish yurituvga qabul qilinib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Sayyor qabul jarayonida aholiga davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati ham yaratilib, 20 nafarga yaqin  fuqarolarga sayyor tartibda xizmatlar ko‘rsatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Sardobada "Adliya kuni"


Sardoba tuman adliya bo‘limi tomonidan “Gumbaz” qishlog‘i “Fayzliobod” mahallasida "Adliya kuni" tadbiri o‘tkazildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Yoshlarning qiziqishlari va muammolari oʻrganildi

Shayxontohur tumani "Gulobod" mahallasida tashkil etilgan sayyor qabul davomida adliya vaziri oʻrinbosari A.Karimov mahalla yoshlarining qiziqishlari va muammolarini oʻrgandi.

Uchrashuv davomida vazir oʻrinbosari tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida tushunchalar berilib, tadbirkorlik, taʼlim, bandlik va boshqa bir qator sohalar boʻyicha yoshlarni qiziqtirgan savollariga huquqiy tavsiyalar berildi. 10 dan ortiq yoshlarning tadbirkorlik  va boshqa bir qator masalalarga oid muammolari oʻz yechimini topdi.

@adliyangiliklari
❓Sizda intellektual mulk bilan bogʻliq savollar bormi?

Unda Adliya vazirligining “Intellektual mulk yangiliklari” kanali (
@adliyaimd) orqali quyidagi ma’lumotlardan xabardor boʻlishingiz mumkin:

▪️Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar;
▪️Intellektual mulk sohasiga oid qonunchilikdagi yangiliklar;
▪️Apellyatsiya kengashi qarorlari (taraflar roziligiga qarab);
▪️Intellektual mulk obyektlarining (sanoat) muhofazasi yuzasidan muhim ma’lumotlar, shuningdek, ularga oid savollarga javoblar;
▪️Tegishli sud qarorlariga muvofiq mualliflik huquqi bilan bog‘liq ma’lumotlar;
▪️Ekspert xulosasiga asosan kontrafakt mahsulotlar e’lon qilinadi va ularning asl nusxalari bilan solishtirma layfxaklar;
▪️Mualliflik huquqiga oid huquqiy ma’lumotlar;
▪️Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma topshirgan yohud muhofaza hujjatiga ega bo‘lgan tovar belgilari;
▪️Intellektual mulk sohasiga oid xorij mamlakatlarining tajribalari yuzasidan ma’lumotlar;
▪️Soha bilan bogʻliq tarixiy faktlar.

Kanalga ulanish ➡️ @adliyaimd

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ta'ziya

Adliya vazirligi jamoasi Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Azizbek Rahmatovning otalari  Iskandar Rahmatovning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.

@adliyangiliklari
#Adliya_brifing

📢 Bugun, 29-iyul kuni AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida brifing bo'lib o'tadi.

Mavzu: Respublikaning ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi ko‘rsatkichlari, ularning jamiyat hayotidagi tutgan o‘rni

⏳Vaqti: 10:00

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM