ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.76K videos
39 files
9.53K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_hudud

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Qurbonov boshchiligida toyloqliklarning huquqiy masalalari o‘rganildi.

Tuman adliya bo‘limi va tizim tashkilotlari mas'ullari ishtirokida dastlab fuqarolarning murojaatlari sayyor qabulda tinglandi. Aholi, gaz, elektr, suv, kadastr, bandlik, sog‘liqni saqlash, ta'lim, tug‘ilishni muddatini o‘tkazib qayd qilish, aliment va boshqa masalalar yuzasidan adliya xodimlari bilan muloqotda bo‘ldi.

Qabulda 15 ta murojaat kelib tushib, ularning 3 tasi joyida hal etildi, 2 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirish berildi hamda boshqa murojaatlar nazoratga olindi.

Jumladan, fuqaro Davlat Ilyasov turmush o‘rtog‘ini ish bilan ta'minlash masalasida murojaat qildi. Mazkur masalani M.Qurbonov kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan bog‘langan holda shu joyning o‘zida ijobiy hal etiib, yuqaroga ishga yo‘llanma berildi.

“O‘zbekiston” mahallasida uyma-uy yurish jarayonida ham hudud aholisi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosariga meros, kadastr, tug‘ilganlik guvohnomasini olish, moddiy yordam, tadbirkorlik, nikoh guvohnomasini olish singari huquqiy masalalarini ma'lum qildi. O‘zlarini qiziqtirgan huquqiy savollariga javob oldi.

@adliyangiliklari
#Saylov_2024

❗️27-oktabrdagi saylov “Mening tanlovim – obod Vatanim” shiori ostida o'tkaziladi


@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Xorazm viloyat adliya boshqarmasida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, Adliya vazirligi, “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi, viloyat hokimligi, qishloq xoʻjaligining ilm-fan va texnologiyalar innovatsiyalar ijodkorligiga hissa qoʻshgan xodimlar, fermerlar hamda ushbu sohaga mas’ul boʻlgan tashkilotlar vakillari ishtirokida geografik koʻrsatikichlar boʻyicha mintaqaviy anjuman boʻlib oʻtdi.

Anjumanda spikerlar tomonidan qovun, uning navlari, yetishtirilishi va eksporti, geografik koʻrsatkichlar tushunchasi, uning turlari, himoya qilinishi, tadbirkorlik faoliyatini olib borilishi, muhofaza qilinishining huquqiy asoslari, xorijiy tajribalar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, tadbir yakunida “XORAZM QOVUNI” geografik koʻrsatkichni muhofaza qilish hujjati topshirildi hamda Urganch davlat pedagogika instituti qoshida Texnologiyalar va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazi tashkil etish yuzasidan Urganch davlat pedagogika instituti va Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi BITIM imzolandi.

Ma’lumot uchun: “Gurvak”, “Zar gulobi”, “Qarri qiz”, “Tirish”, “Beshak qovunlari”, “Lazer”, “Alanga”, “Avangard” guruchlari hamda “Hazorasp olmasi”, “Yangiariq noki” kabi mevalar nomlari geografik koʻrsatkich sifatida talabnomalar topshirish va roʻyxatga olinishida koʻrsatgan faolligi va tashabbuskorligi uchun Xorazm viloyat adliya boshqarmasi FAO tomonidan e’tirof etildi.

@adliyangiliklari
Adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov Uchtepa tuman adliya boʻlimi faoliyati bilan tanishdi.

Tizim xodimlari bilan muloqot davomida adliya organlarning qoʻshimcha faoliyat yoʻnalishlari hamda adliya boʻlimlariga yuklangan qoʻshimcha vazifalar haqida soʻz yuritilib, bu borada masʼuliyatni yanada oshirish, mahallalardagi faollar imkoniyatidan foydalanish, “mahalla yettiliklari” bilan bevosita hamkorlikni yoʻlga qoʻyish lozimligi taʼkidlab oʻtildi.

Shuningdek, yuridik xizmat koʻrsatish markazi faoliyati bilan tanishib, ulardagi yutuq va kamchiliklar tahlil qilindi. Vazir oʻrinbosari davlat xizmatlari markazida ham boʻlib, bu yerda fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar, koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini qulay va osonligi, oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish burchaklari faoliyatini koʻzdan kechirdi.

Shu bilan birga, xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius bilan ham suhbatlashib, sohani takomillashish yuzasidan taklif va mulohazalari tinglandi.

@adliyangiliklari