ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.76K videos
39 files
9.53K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Rossiyada tug’ilgan bolalarning hujjatlari tiklab berildi

Adliya xodimlari tomonidan uyma-uy yurish va “Huquqiy ko’mak” aksiyasini o’tkazish davomida Uchtepa tumani “Nayman” MFYda joylashgan “Oilaviy bolalar uyi”ning tarbiyalanuvchisi 11 yoshli Xu Alan Olegovich va uning opasi 13 yoshli Xu Valeriya Olegovnalarning tug’ilganlik haqida guvohnomasi yo’qligi aniqlandi.

Uchtepa tuman FHDY bo’limi tomonidan bolalar Rossiya Federatsiyasining Barnaul shahrida tug’ilganligi sababli takroriy tug’ilganlik haqida guvohnoma olish haqidagi ariza Barnaul shahar FHDY bo’limiga yuborildi.

Guvohnomalar tayyor bo‘lgach „Oilaviy bolalar uyi“ga yetkazildi.

Shuningdek, tumanda yashovchi fuqarolar N.Skripkina va Z.Mamarasulovalarning ham shaxsini tasduqlovchi hujjatlari mavjud emasligi aniqlanib, ularga tez fursatlarda hujjatlar rasmiylashtirildi.

Adliya xodimlari tomonidan fuqarolar muammolarini o’rganish va hal etish ishlari har bir mahallalarda davom ettirilmoqda.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

2024-yilning 9-17-iyul kunlari BIMTga aʼzo davlatlar Bosh assambleyasi yigʻilishining 65-sessiyasi doirasida tashkil etilgan uchrashuvlar yuzasidan foto lavhalar

@adliyangilklari
#Xalqaro_tajriba

Qozog'istonda intellektual mulk boʻyicha oʻtkazilayotgan xalqaro konferensiyada Oʻzbekiston nomidan soha mutaxassislari ishtirok etdi

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Qozog'iston Respublikasida AQSHning Tijorat huquqini rivojlantirish dasturi(CLDP) hamkorligida navbatdagi Xalqaro konferensiya boʻlib oʻtmoqda.

Mazkur Markaziy Osiyoning Intellektual mulk huquqlari bo‘yicha ekspertlari mintaqaviy ishchi guruh yig‘ilishida Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti boʻlim boshlig‘i Sh.Abdumalikov ishtirok etdi.

Uchrashuvda soha mutaxassislari qo‘shni respublikalar ekspertlari bilan birgalikda kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_sarhisob #Ochiq_adliya

"E-qaror”ning qiziqarli statistikasi: tizim orqali qabul qilingan qarorlar

Batafsil 👉infografikada

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Vazir o’rinbosari Namangan viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi hamda viloyat davlat arxivida boʻldi.


Adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev aholiga arxiv sohasida davlat xizmatlari koʻrsatish sifati, Namangan viloyati davlat arxivining moddiy texnik bazasi, hujjatlarning saqlanish holati, mavjud arxiv hujjatlarini raqamlashtirish jarayonlari bilan tanishib, mavjud muammolarni oʻrgandi. Texnik taʼminot bilan bogʻliq ayrim masalalar tez fursatlarda hal etilishi belgilandi.

O‘rganish davomida “Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini taʼminlash hamda ulardan foydalanish” axborot tizimiga maʼlumotlarni kiritilishi bo‘yicha ishni tez va samarali olib borish maqsadida arxiv xodimlari bilan suhbatlashib, xodimlar tomonidan ishni to‘g‘ri tashkil etilishi, uning natijadorligini oshirish yuzasidan tegishli takliflar va tavsiyalarni berdi.

@adliyangiliklari
​#Adliya_hudud

Uyma-uy yurishda aniqlangan qariyb 40 yillik muammo bo‘yicha sudga da'vo kiritildi

Adliya organlari xodimlari uyma-uy yurgan holda aholining huquqiy muammolarini manzilli tarzda o‘rganishda davom etishmoqda.

Xususan, Kattaqo‘rg‘on shahar FHDY bo‘limi tomonidan "Yermachit" mahallasida yashovchi fuqaro Nazira Mo‘minovaning 1980-yil tug‘ilgan va o‘sha yili vafot etgan farzandining o‘limi qayd ettirilmagani aniqlandi. Mazkur muammo shu joyning o‘zida ro‘yxatga olinib, FHDY bo‘limi tomonidan sudga da'vo ariza kiritildi.

Shuningdek, bo‘lim tomonidan "Zarifobod" mahallasida uyma-uy yurish davomida mazkur mahallada yashovchi fuqaro Xanifa Kabulovaning 2000-yil, ikki yoshida vafot etgan farzandining o‘limi ham qayd etilmagani ma'lum bo‘ldi. Ushbu masala ham FHDY aralashuvi bilan huquqiy yechimini topadigan bo‘ldi.

Ma'lumot uchun: Bugungi kunga qadar adliya organlari tomonidan Samarqand viloyatidagi 226 ta mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi 1 300 dan ortiq xonadonlarga uyma-uy kirilib, 500 dan ziyod huquqiy muammolar aniqlandi. Ularning 153 tasi hal etildi. Boshqa muammolarni bartaraf etish yuzasidan mahallabay chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ijroga qaratildi.

1 442 ta huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi. Xususan, 270 ta fuqaroga huquqiy hujjat loyihalari tayyorlab berilib, joylarda 1 600 dan ortiq sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Sudlarga 459 million so‘mlik da'vo arizalari kiritildi. Shundan 2 tasi (20 million so‘mlik) qanoatlantirildi. Bundan tashqari, kiritilgan taqdimnomalar asosida 276 million so‘mlik to‘lovlar undirib berilishi ta'minlandi.


@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev Namangan shahar adliya bo‘limi faoliyati bilan tanishdi.


Namangan shahar adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazlari hamda yuridik xizmat koʻrsatish markaziga borib, jismoniy va yuridik shaxslarni davlat xizmatlaridan tez va sifatli foydalanishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni ko’zdan kechirdi.

Shu yerda Namangan viloyati adliya boshqarmasi tuman (shahar) adliya bo’limlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” farmoni ijrosini yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarning taqdimoti bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, Namangan shahridagi davlat xizmatlari markazida fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar, ko’rsatiladigan davlat xizmatlarini qulay va osonligi, o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish burchaklari faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Shu bilan birga, Namangan shahar davlat xizmatlari markazi binosidagi barcha qulayliklarga ega boʻlgan navbatsiz xizmat maskanidagi sharoitlar bilan tanishildi.

Shu kuni Namangan shahar FHDY bo’limi xodimlari bilan ham suhbat olib borildi. Suhbat davomida, aholiga xizmat ko’rsatishda tezkorlik va aniqlikka alohida e’tibor qaratish lozimligi tushuntirildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev Davlatobod tumanida bo’ldi.


Vazir o‘rinbosari tomonidan fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularga huquqiy axborotni yetkazish hamda huquqiy xizmat koʻrsatishda tuman adliya boʻlimining faoliyatini yanada jonlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Davlatobod tumani adliya bo‘limi xodimlari bilan o'tkazilgan yuzma-yuz muloqotda sohani yanada rivojlantirish, amaliyotda uchrayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha fikr-mulohazalar tinglandi.

Shuningdek, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi faoliyatini oʻrganish jarayonida davlat xizmatlari markazining ikkinchi qavatida qayta taʼmirlab, jihozlangan tantanali nikohdan oʻtkazish joyi koʻzdan kechirildi.

Shu kuni vazir o’rinbosari Davlatobod tumani “Tadbirkor” mahallasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashdi. Dastlab, mahalladagi o’g’il-qizlarni bilimlari oshirishga xizmat qiladigan o’quv markazi faoliyati o’rganildi.

Shuningdek, “Atxamova Nazokat” ayollar chevarxonasidagi xotin-qizlar bilan muloqot o’tkazildi. Tadbikor faoliyatini boshlaganiga uncha ko’p bo’lmagan bo’lsada, hozirda 8 nafar ayolni ish bilan ta’minlashga erishgan. Mahsulotlari esa bozorgir hamda raqobotbardosh ekani uning faoliyat turini yanada kengayishiga zamin yaratmoqda.

@adliyangiliklari