ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.76K videos
39 files
9.54K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Sirdaryoda Prezident Farmoni ijrosini o‘rgandi

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda tuman, shahar adliya bo‘limlari tomonidan “Ma'muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas'uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni ijrosini tashkil etish bo‘yicha “Sirdaryo tajribasi” bilan tanishdi.

Tizim xodimlari bilan muloqotda adliya organlarining qo‘shimcha faoliyat yo‘nalishlari va adliya bo‘limlariga yuklatilgan qo‘shimcha vazifalar ijrosi doirasida viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Xususan, aholining huquqiy muammolarini o‘rganish va bartaraf etish, davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishda ularga metodik yordam ko‘rsatish borasidagi ishlar o‘rganilib, farmon ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari "mahalla yettiligi" bilan uchrashdi

Adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev Farg‘ona tumanining “Vodil” mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tuman adliya bo‘limi boshlig‘ining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axboroti tinglandi.

Uchrashuv davomida vazir o‘rinbosari mahalla hududida aholi bilan uyma-uy yurib muloqot qilish, ularning kayfiyati va muammolarini o‘rganish, yoshlar bilan manzilli ishlash bilan bog‘liq vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, "mahalla yettiligi"ning aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, yoshlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha savollariga batafsil tushuntirishlar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov Xitoy Xalq Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari Hu Weilie bilan uchrashdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

«MDHga a’zo davlatlarning adliya vazirliklari tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi islohotlar va tajriba almashish» mavzusida davra suhbati tashkil etildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari