ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.76K videos
39 files
9.54K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi Yevrosiyo patent tashkiloti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

 
Vazir o‘rinbosari M.Ikramov boshchiligidagi delegatsiya 2024-yilning 9–17-iyul kunlari bo'lib o'tayotgan Butunjahon intellektual mulk tashkilotiga a’zo davlatlar Bosh assambleyasi yig‘ilishining 65-sessiyasi doirasida Adliya vazirligi va Yevrosiyo patent tashkiloti (YPT) o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzoladi.

Yevrosiyo patent tashkiloti mintaqaviy tashkilot bo‘lib, YPT 1995-yil 12-avgustda tashkil etilgan va ixtiro va sanoat namunalari sohasida ixtisoslashgan tashkilot hisoblanadi. Bugungi kunga qadar 8 ta davlat, xususan, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston, Ozarbayjon, Armaniston va Turkmaniston ushbu tashkilotning a’zosidir.

YPT patentlar bo‘yicha talabnomalarni ekspertizadan o‘tkazadi va YPTga a’zo bo‘lgan barcha davlatlarda bir xil kuchga ega bo‘ladigan ixtiro hamda sanoat namunalari uchun patentlarni taqdim etadi.

Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha anglashuv memorandumida tomonlar qator yo‘nalishlarda, jumladan, ekspertiza jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish boʻyicha tajriba almashish, intellektual mulk sohasida kadrlarni tayyorlash, intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirish bo‘yicha vakolatlari doirasida hamkorlik qiladi.

Vazir oʻrinbosari M.Ikramov hamda YPT prezidenti G.Ivliyev mazkur memorandumning imzolanishi ikki tomonlama mustahkam va mutanosib aloqalarning oʻrnatilishiga, sanoat mulki sohasida samarali va oʻzaro manfaatli tajriba almashish uchun huquqiy asos yaratilishiga xizmat qilishini alohida ta’kidlab oʻtishdi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

O‘quv seminari tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi 10-son tergov hibsxonasi xodimlari uchun o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminarda viloyat adliya boshqarmasi hamda Advokatlar palatasi xodimlari tomonidan xodimlarga "Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida"gi Qonuni hamda sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati yetkazildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Sirdaryo viloyati ipoteka markazi faoliyati bilan tanishdi

Ipoteka markazi — bu turar joy binolari xonadonlarini ipoteka krediti asosida xarid qilishga yordam beruvchi xizmat ko‘rsatish markazidir.

Guliston shahar markazida joylashgan Sirdaryo viloyati ipoteka markazida bank, moliya, quruvchi tashkilotlar, notarius, kadastr idoralari tomonidan aholiga yangi uy-joylar loyihasi, narxi, kredit va subsidiya shartlari bo‘yicha bir joyda o‘tirgan holda xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Sirdaryo viloyati ipoteka markazida bo‘lib, ipoteka kreditlari bo‘yicha davlat dasturlari, imtiyozlar va subsidiyalar, ipoteka asosida xonadon xarid qilish bo‘yicha aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini o‘rgandi.

Shuningdek, xodimlarning markazga biriktirilgan tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida axboroti tinglanib, kopmpleks xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish yuzasidan zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Adliya vazirligi va Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan O‘rta Chirchiq tumanidagi “Do‘stlik” mahallasida uyma-uy yurgan holda aholining huquqiy muammolari o‘rganildi.

O‘rganishda 252 ta xonadonda uyma-uy yurilib, asosiy eʼtibor “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da ro‘yxatda turuvchi fuqarolarning muammolariga qaratildi.

Tadbir davomida aholining kadastr, shaxsni tasdiqlovchi hujjat va boshqa huquqiy muammolari kirim qilinib, ularni hal qilish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Uyma-uy yurgan holda huquqiy muammolarni o‘rganish davom etmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Shu kunlarda rasmiy tashrif bilan yurtimizda bo‘lib turgan Xitoy Xalq Respublikasi Adliya vazirligi delegatsiyasi bugun poytaxtdagi Chilonzor va Yunusobod tumani davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishishdi.

Xitoy Xalq Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari Xu Veyliye boshchiligidagi delegatsiya a‘zolari aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, yuridik xizmat ko‘rsatish sohasi, FHDY yo‘nalishi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib, o‘z fikr mulohazalarini bildirdi.

Xitoy delegatsiyasining yurtimizga tashrifi davom etmoqda.

@adliyangiliklari