#Adliya_xabari
Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Mirzaobod tuman adliya boʻlimi faoliyati bilan tanishdi
Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Mirzaobod tuman adliya boʻlimida boʻlib, boʻlim xodimlarining ish jarayonlari, xususan davlat xizmatlari koʻrsatilishi sifati, davlat organlari va tashkilotlariga koʻrsatilayotgan yuridik xizmatlar, FHDY idoralarida aholiga xizmat koʻrsatish jarayonlarini oʻrgandi.
Tizim xodimlari bilan muloqotda aholiga koʻrsatilayotgan davlat va huquqiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, kasbiy rivojlanish, doimiy ravishda oʻz bilim va koʻnikmalarini oshirib borish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi.
Shuningdek, “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni ijrosini samarali tashkil qilish masalalari muhokama qilinib, zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
@adliyangiliklari

#Adliya_tashabbus
Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimi soddalashtirilganligi, byurokratik toʻsiqlar qisqartirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2024-yil 3-iyuldagi 380-son qaroriga asosan quyidagi yangiliklar joriy etilmoqda:
1. Elektron raqamli imzo kalitini berishda jismoniy shaxslar biometrik (Face-ID) identifikatsiya qilinadi va elektron raqamli imzo kaliti avtomatik tarzda rasmiylashtirib beriladi;
2. Qurilishi tugallanmagan obyektga birlamchi kadastr pasportini shakllantirishda vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlariga uning nomidan murojaat qilish tartiblari belgilandi;
3. Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilish uchun rasmiylashtirilgan yoʻllanmalarni maktabgacha taʼlim tashkilotiga axborot tizimi orqali yuborish tartibi joriy etildi. Bunda, yoʻllanma rasmiylashtirilganda fuqarolarga tasdiq kodga ega xabarnoma yuborish va shu tasdiq kod asosida bola maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilinadi.
Fuqarolarga yoʻllanma olish uchun berilgan soʻrovnomadagi telefon raqamini istalgan vaqtda oʻzgartirish imkoniyati yaratildi. Bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilish davlat tashkilotlarining aybi bilan kechikkanda yoʻllanma oʻz kuchida qoladi.
4. Avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma berish muddati avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish muddati bilan muvofiqlashtirildi va avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma berish muddati 10 kun etib belgilandi.
5. Katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashish uchun ruxsatnoma berishda arizani koʻrib chiqish muddati 8 ish kunidan 2 ish kuniga kamaytirildi.
6. Avtomototransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirishda mulkdorning Majburiy ijro byurosi bazasida qarzdorligini tekshirish axborot tizimlari orqali avtomatik ravishda amalga oshirilishi belgilandi.
7. Fuqarolarga avtomobil transportida yoʻlovchilarni tashish faoliyatiga litsenziya olish jarayonida oʻzini oʻzi band qilgan shaxsni davlat soliq xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtkazish xizmatidan kompozit usulda foydalanish imkoniyati yaratildi.

❤1
#Press_tur
Adliya vazirligi tashabbusi bilan Toshkent shahridagi ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur tashkil etildi.
Unda shaharning Yashnobod tumanida adliya organlarining aholi muammolari Toshkent shahar tajribasi, yaʼni “fuqaro – mahalla – adliya” tizimi orqali hal etilayotgani oʻrganildi.
👉Batafsil

Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlarini qayta tayyorlash o‘quv kurslariga qabul boshlandi
Batafsil ma’lumot👉 https://sudex.uz/?p=6954
@adliyangiliklari
Batafsil ma’lumot👉 https://sudex.uz/?p=6954
@adliyangiliklari
#Adliya_xabari
Adliya vaziri o’rinbosari X.Meliyev tomonidan Guliston shahrida sayyor qabul o'tkazildi
2024-yil 24-maydagi PF–80-son Prezident Farmoniga asosan adliya organlari tomonidan joylarda sayyor qabul o'tkazish, uyma-uy yurgan holda aholining kundalik hayotidagi muammolarini o'rganib, hal etish choralari ko'rilmoqda.
Jumladan, Guliston shahridagi “Ulugʻ yoʻl” mahallasida "Adliya kuni" tadbiri hamda vazir o'rinbosari X.Meliyevning sayyor qabuli o'tkazildi.
Sayyor qabul davomida 50 ga yaqin fuqarolarning ishga joylashish, ijtimoiy himoya, mehnat munosabatlari, tibbiyot, kommunal soha, davlat xizmatlaridan foydalanish, mulkiy huquqlarga oid bir qator muammolari masʼullar tomonidan ko‘rib chiqildi.
Qabul davomida 10 nafar fuqarolarning murojaatlari joyida hal etildi, 15 nafar fuqarolarga muammolarining huquqiy yechimlari tushuntirildi, qolgan 20 dan ortiq murojaatlar ish yurituvga qabul qilinib, ijrosi nazoratga olindi.
Shu bilan birgalikda, aholining yashash sharoiti bilan joyiga chiqqan holda tanishish maqsadida mazkur mahallada uyma-uy yurib, fuqarolarning kundalik hayotidagi muammolari mas'ullar bilan birga o'rganildi.
Mahalladagi tadbirkorlar bilan uchrashib, ularga faoliyatini samarali yo'lga qo'yish yuzasidan qonunchilikdagi imtiyozlar va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning boshqa turlari yuzasidan huquqiy tavsiyalar berildi.

Hokim va hokim oʻrinbosarlari uchun manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish va va tartibga solish boʻyicha koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan seminar oʻtkazildi
“Transparency International”ning 2023-yilgi korrupsiyani qabul qilish indeksiga koʻra, 180 ta davlat orasida Oʻzbekiston 33 ball bilan 121-oʻrinni egalladi. Eʼtiborlisi, mamlakatimiz ballarini 2 taga oshirib, oʻrnini 5 pogʻonaga yaxshilashga muvaffaq boʻldi.
Darhaqiqat, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bilan bogʻliq huquqiy mexanizmlar takomillashtirilib, bir qator muhim normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda. Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni huquqni qoʻllash amaliyotida manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish va tartibga solish maqsadiga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Sirdaryo viloyat hokimligida tuman shahar hokimlari va hokim oʻrinbosarlari ishtirokida tashkil etilgan seminarda mazkur qonun mazmun-mohiyati xususida soʻz bordi.
Tadbirda Adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev tomonidan ushbu qonunning maqsadi va amal qilish sohasi, manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish, manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi axborotni oshkor etishga va manfaatlar toʻqnashuvini aniqlashga doir choralar haqida batafsil tushuntirildi.
Shuningdek, muloqotda korrupsiyaga oid islohotlarni birdek taʼminlanishiga barcha birdek masʼul ekanligi taʼkidlanib, manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida xabar bermaganlik uchun belgilangan jazo choralari haqida toʻxtalib oʻtildi.
Tadbirda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, hududda sodir etilgan korrupsion holatlarni hududiy kengashlar yigʻilishlarida muntazam muhokama qilib borish, reyting natijalarini yaxshilash boʻyicha masʼullarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi. Manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik va uning oqibatlari tushuntirilib, ogohlantirildi.