ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.76K videos
39 files
9.54K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

“Fuqaro – mahalla – adliya” tizimida Samarqand tajribasi

Adliya vazirligi tashabbusi bilan Samarqand viloyatidagi ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur tashkil etildi. Unda viloyatning chekka hududlari — Kattaqo‘rg‘on shahar va Kattaqo‘rg‘on tumanida adliya organlarining aholi muammolari bilan ishlashda Samarqand tajribasi, ya'ni “fuqaro – mahalla – adliya” tizimi va uning samarasi o‘rganildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Jizzax viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilangan vazifalarning ijrosini oʻrganish va bir xil amaliyotni shakllantirish, targʻibot tadbirlarini qay yoʻsinda tashkil etishni tushuntirish maqsadida joylarda uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Bu galgi manzil Jizzax viloyatning olis hududlaridan biri Baxmal tumanining “Gulbuloq” mahallasi boʻldi. Ishchi guruhi tomonidan aholi bilan yuzma-yuz muloqot tashkil etilib, aholining muammolari tinglandi. Murojaatlarning huquqiy yechimi yuzasidan maslahat berildi.

Shu bilan birga endilikda adliya organlarining aholi orasiga yanada yaqinroq kirib borishi, bunda har bir xonadon toʻla qamrab olinishi, yoshlarning muammolari, orzu intilishlari bilan qiziqish, kelajak rejalari bilan oʻrtoqlashish, fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar berib borish, bir soʻz bilan aytganda xalqning eng yaqin koʻmakchisi boʻlish kerakligi kabi vazifalar aynan farmonda mustahkamlab qoʻyilganligi va bu yoʻlda samarali qadamlar tashlanganligi taʼkidlab oʻtildi.

Shundan soʻng mahalla aholisi bilan yaqindan tanishish maqsadida uyma-uy yurilib, aholi orasida eng koʻp uchrayotgan muammolarning huquqiy yechimi yuzasidan tayyorlangan maʼlumotlar tarqatildi.

2023-yil Rashidovlar xonadonida quvonchli voqea roʻy berdi. Oilada 4 nafar egiz farzand dunyoga keldi. Baʼzi sabablarga koʻra farzandlariga tugʻilganlik haqidagi guvohnoma ololmagan oila boshligʻi tuman adliya boʻlimiga murojaat qilgan edi. Mazkur murojaat FHDY boʻlimi tomonidan tez fursatda hal etilib, xonadoniga guvohnomalar yetkazildi. Uyma-uy yurgan holda 20 ga yaqin fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ham koʻrsatildi

Shu bilan ishchi guruhi aʼzolari tuman adliya boʻlimi xodimlari bilan suhbatlashdi. Farmonda belgilab berilgan vazifa va topshiriqlarni samarali tashkil etish borasida maslahatlashildi. Bu borada xodimlarning ham fikrlari va takliflari tinglandi. Ishchi guruhi Gʻallaorol tumanida ham boʻlib, “Gʻubdin” mahallasi faollari bilan uchrashdi. Uyma-uy yurib aholi muammolarini oʻrgandi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Adliya aralashuvi bilan fuqaro foydasiga 359 millionga yaqin pul mablagʻi undiriladigan boʻldi

Uchqoʻrgʻon tumani adliya boʻlimi tomonidan Uchqoʻrgʻon tumani, Sohil MFY, Ziynat koʻchasi, 10-uyda yashovchi fuqaro Sh.Raxmanovning Uchqoʻrgʻon tumani, Doʻstlik MFYda joylashgan buzilgan “oshxona” bino-inshooti uchun kompensatsiya pullari toʻlanmaganligidan noroziligi boʻlib qilgan murojaati oʻrganib chiqildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

“Qoʻrgʻona”liklarda qanday muammolar bor?

Toyloq tumani “Qoʻrgʻona” mahallasida yashovchi 23 yoshli Dilbar Sharipova vafot etgan farzandining oʻlimini vaqtida qayd ettirmagani oqibatida FHDYo tizimida uning oila tarkibida tirik holatda turganligi aniqlandi.

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari M.Kurbanov boshchiligida mazkur mahallada uyma-uy yurish natijasida aniqlangan ushbu huquqiy masala joyida hal etildi. Endi fuqaro D.Sharipova yangilangan tartibda moddiy yordam olish sharoiti yaratildi. Mahallada uyma-uy yurish davomida ana shunday 15 ta xonadon sohiblarining huquqiy muammolari oʻrganildi. 2 ta fuqaroga huquqiy tushuntirish berish orqali qanoatlantirildi.

Aholi bilan muloqotlar davomida yuqoridagi kabi yana bir mahalla fuqarosining ana shunday muammosi borligi maʼlum boʻldi. Zamira Xoljigitova xonadoniga kirilganda uning 30 yil oldin vafot etgan ikki nafar farzandlarining ham oʻlim guvohnomalari olinmagani aniqlandi. M.Kurbanov oʻlim fakti boʻyicha sudga hujjatlar rasmiylashtirish chorasini koʻrish boʻyicha tuman adliya boʻlimiga koʻrsatmalar berdi.

Tadbirda fuqarolardan uy-joy, kadastr, ishhaqi va mehnat munosabatlari, kommunal soha, tugʻilish faktini belgilash, davlat xizmatlari va boshqa masalalar boʻyicha murojaatlar boʻldi va ular ijroga qaratilib, nazoratga olindi.

@adliyangiliklari