ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.76K videos
39 files
9.54K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_aralashgach

Shartnoma majburiyatlari bajarilmadi, holatga adliya aralashdi “Mirob qurilish servis” masʼuliyati cheklangan jamiyati hamda “Sirdaryo tuman yoʻllardan foydalanish korxonasi” davlat muassasasi oʻrtasida tuzilgan shartnoma majburiyatlari bajarilmadi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
​Kontrafaktchilar yana “Anjan”muzqaymogʻiga “murojaat” qilishdi

Fargʻona viloyat adliya boshqarmasiga “SURPRISE ICE CREAM” MChJ rahbari X.Madrahimov oʻziga tegishli “Anjan” tovar belgisidan Fargʻona viloyatida joylashgan “F.I.C.” oilaviy korxonasi tomonidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanilayotganligi yuzasidan murojaat kelib tushdi.

Murojaat asosliligi oʻrganilganda, “SURPRISE ICE CREAM” MChJ rahbari X.Madrahimov Adliya vazirligidan 2022-yilning may oyida “Anjan” jamlanma tovar belgisi uchun tovarlar va xizmatlar xalqaro tasnifining barcha sinfiga, jumladan 30-sinfiga muvofiq MGU 45104-sonli guvohnoma olgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida muhofazaga olingan.

Murojaat asosida “F. I. C.” oilaviy korxonasi oʻrganish oʻtkazilganda, korxona tomonidan “Anjan” tovar belgisiga adashtirib yuborish darajasida oʻxshash boʻlgan “Anjancha” tovar belgisidan foydalangan holda muzqaymoq ishlab chiqarayotganligi aniqlandi.

Oʻrganish yakuni boʻyicha “F.I.C.” oilaviy korxonasi rahbariga qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritildi.

Shuningdek, huquq egasining tovar belgisi mavjud boʻlgan kontrafakt mahsulotlarni savdodan qaytarib olish, tovar belgisi tasvirlarini yoʻq qilish, tovar belgisini tovardan yoki uning idishi va oʻrovidan yoʻqotish, ushbu talablarni bajarishning iloji boʻlmagan taqdirda, tegishli tovarni yoʻq qilib tashlash choralarini koʻrish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Ogoh boʻling! Tovar belgisidan yoki adashtirib yuborish darajasida u bilan oʻxshash boʻlgan belgidan tovarlarda, tovarlarning etiketkalarida, oʻrovlarida qonunga zid ravishda foydalanilganda ular kontrafakt hisoblanadi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari

Urgut tumani "Qoratepa" mahalla binosida o‘rnatilgan davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini beruvchi interaktiv infokiosk o‘zini oqlayaptimi
?

Shu maqsadda mahalla aholisi fikrlari bilan qiziqdik.

Batafsil 👉 videoda.

@adliyangiliklari
#Muhim

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-son Farmoni hamda Jamgʻarma Vasiylik kengashining 2024-yil 21-iyundagi 2-son qaroriga asosan “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan ilgʻor xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada taʼlim olish uchun 500 oʻringa moʻljallangan 2024-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovini eʼlon qiladi.

Nomzodlarning hujjatlari 2024-yil 25-iyundan — 25-iyulga qadar respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda elektron tarzda qabul qilinadi.

Maʼlumot uchun: Stipendiya tanlovi bilan bogʻliq qoʻshimcha maʼlumotlarni “El-yurt umidi” jamgʻarmasining rasmiy veb-saytidagi www.eyuf.uz olishingiz mumkin. Nomzodlar uchun barcha zarur maʼlumotlar Jamgʻarmaning Onlayn hujjat topshirish platformasida batafsil yoritib berilgan: http://admission.eyuf.uz.

Shu bilan birga, ochiq stipendiya tanlovi toʻgʻrisidagi rolikni quyidagi havola https://www.youtube.com/watch?v=wDdN2LyODxg orqali tomosha qilish mumkin.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📣 Yana bir qulaylik!

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmonida 2024-yil yakuniga qadar davlat xizmatlarini ko‘rsatishda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli joriy qilinishi belgilangan.

Mazkur topshiriqqa asosan Adliya vazirligi tomonidan Toshkent shahridagi davlat xizmatlari markazlarida shaxsni yuz qiyofasi orqali aniqlash imkoniyati yaratildi.

📃Buning o'ziga xos jihati shundaki, endilikda fuqarolarimiz davlat xizmatlarini olishda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari shart emas, ular haqidagi ma'lumotlar avtomatik ravishda aniqlanadi.

Bu, o'z navbatida, fuqarolarimiz uchun qo'shimcha yengillik yaratib, xizmat ko'rsatish vaqtining qisqarishiga olib keladi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda “Kitoblar nashr etilishida hamda axborot-resurs markazlari faoliyatida mualliflik huquqiga rioya etilishi” mavzusida soha vakillari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Ushbu seminarda asarlardan elektron shaklda foydalanuvchi axborot-resurs markazlarida mualliflik huquqiga rioya etilishi mavzusiga alohida to‘xtalib, ushbu faoliyatni amalga oshiruvchi subyektlarning qanday holatlarda asarlarning elektron shaklidan huquq egalari ruxsatisiz erkin foydalanishi mumkinligi to‘g‘risida qonunchilikda belgilangan normalar asosida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, seminar davomida ishtirokchilarga kitoblar nashr etishda mualliflar hamda boshqa huquq egalarining shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlariga rioya etilishi, ularning asarlaridan foydalanish bo‘yicha tuziladigan mualliflik shartnomalarning turlari, muhim shartlari hamda mualliflarga to‘lanadigan mualliflik haqining eng kam stavkalari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

❓Telegram akkauntingizni qandaydir onlayn-savdo do‘konlari yoki turli xizmatlar taklif qilinadigan guruhlar, umuman shunga o‘xshash o‘zingiz istamagan kanallarga qo‘shib qo‘yish holatlari ko‘paymoqdami?

Mediasavodxonlik bo‘yicha navbatdagi videolavhada Telegram akkauntlarini tashqi xavflardan himoyalash qoidalari haqida batafsil ma'lumot berilgan.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Yoʻl qoʻyilgan qonunbuzilish uchun jazo muqarrarligi taʼminlandi


Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 256-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslarni gaz tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga asosan gaz tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni berish hududiy gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.

Adliya vazirligi tomonidan davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organlar vakillari bilan oʻtkazilgan davra suhbatida “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan reglamentga zid ravishda hududiy gaz taʼminoti tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan texnik shartlarni Jamiyatning markaziy apparati bilan kelishish amaliyoti joriy etilganligi aniqlandi.

Shuningdek, Adliya vazirligi tomonidan oʻtkazilgan monitoringlarda hududiy gaz taʼminoti filiallari tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishida yoʻl qoʻyilgan qonunbuzilish holatlarini oldini olish boʻyicha qonuniy talab qoʻyilgan taqdimnoma kiritilgan boʻlsa-da, mazkur qonunbuzilish holatlari bugungi kunga qadar davom etib kelmoqda.

Shunga koʻra, kelgusida yuqoridagi qonunbuzilish holatlarini oldini olish maqsadida “Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisi oʻrinbosari Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 215-5-moddasiga asosan maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Adliya vakillari uyma-uy yurib aholining muammolarini oʻrganishlari jarayonida 28 yillik muammo aniqlandi va unga huquqiy yechim topildi.

"Ruxsor news" informatsion dasturi

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Yoʻl qoʻyilgan qonunbuzilish uchun jazo muqarrarligi taʼminlandi


Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 256-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslarni gaz tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga asosan gaz tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni berish hududiy gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.

Adliya vazirligi tomonidan davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organlar vakillari bilan oʻtkazilgan davra suhbatida “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan reglamentga zid ravishda hududiy gaz taʼminoti tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan texnik shartlarni Jamiyatning markaziy apparati bilan kelishish amaliyoti joriy etilganligi aniqlandi.

Shuningdek, Adliya vazirligi tomonidan oʻtkazilgan monitoringlarda hududiy gaz taʼminoti filiallari tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishida yoʻl qoʻyilgan qonunbuzilish holatlarini oldini olish boʻyicha qonuniy talab qoʻyilgan taqdimnoma kiritilgan boʻlsa-da, mazkur qonunbuzilish holatlari bugungi kunga qadar davom etib kelmoqda.

Shunga koʻra, kelgusida yuqoridagi qonunbuzilish holatlarini oldini olish maqsadida “Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisi oʻrinbosari Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 215-5-moddasiga asosan maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_brifing

📢 Bugun, 8-iyul kuni AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida brifing bo'lib o'tadi.

Mavzu: “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Prezidenti Farmoni ijrosi

⏳Vaqti: 10:00

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Andijon viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2024-yil 28-iyundagi 7-son yig‘ilish qaroriga asosan adliya boshqarmasi tomonidan
▫️Xonobod shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius A.Zulunov (litsenziya AN-0036, 22.04.2020-yil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 1 oy muddatga;
▫️Andijon shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius M.Raximov (litsenziya AN-0003, 22.04.2020-yil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 1 oy muddatga to‘xtatildi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing

Bugun AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida brifing bo'lib o'tdi.

Unda keng jamoatchilikka “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni ijrosi yuzasidan axborot berildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

118 yoshli fuqaroning muammosi oʻrganildi


Dengiz sathidan 2700 metr balandlikda joylashgan "Hisorak" mahallasi tuman markazidan 70 km uzoqlikda joylashgan. Togʻli hudud hisoblangan ushbu mahallada yashovchilar har doim ham tuman markaziga bora olishmaydi.

Chungarak qishlogʻida yashovchi 118 yoshli otaxon Umarqul Elov bugun adliya xodimlaridan minnatdor. Meros masalasida otaxonni qiynab kelayotgan savollarga masʼullar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, Shahrisabz tuman adliya boʻlimi tomonidan mahallada uyma-uy murojaatlar oʻrganilib, 15 nafar fuqarolarning muammolari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, 7 nafar fuqarolarning muammolari joyida hal qilindi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Nurotada “Adliya kuni”

Tadbirda tuman aholisi uchun sayyor qabul, sayyor davlat xizmatlari, notarius va FHDY xizmatlari koʻrsatildi. Unda OAV vakillari va mustaqil jurnalistlar, blogerlar uchun Adliya vazirligi tomonidan press-tur tashkil etildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Otaliqqa olingan yoshlarga yer berildi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli “Yoshlar muammolarini oʻrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan Rishton tuman adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazi direktoriga biriktirilgan “Yangi boʻjay” MFYda yashovchi yoshlarga yer berildi.

Xususan, DXM boshligʻi, Yoshlar yetakchisi hamda Qishloq xoʻjaligi boʻlimlari xodimi bilan hamkorlikda ishsiz yoshlarni ish bilan taʼminlash maqsadida, yer maydonlarini auksion orqali yutib olgan yoshlarga dehqonchilik qilishlari uchun MFY hududidan yer maydonlari ajratilib, boʻlib berildi.

Shuningdek, yer ajratilgan yoshlarni yuridik shaxs tashkil etmagan holda dehqon xoʻjaligi sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi taʼminlandi.

@adliyangiliklari