ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.76K videos
39 files
9.54K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazildi

Joriy yilning 3-iyul kuni xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni ochiqlik, shaffoflik va odillik prinsiplariga asosan o‘tkazildi.

Malaka imtihonida talabgorlarning davlat va jamiyat qurilishi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolik huquqi, notariat sohasi va vorislik huquqi bo‘yicha savodxonligi sinovdan o‘tkazildi. Imtihon suhbat asosida og‘zaki savol-javob tarzida bo‘lib o‘tdi.

Malaka imtihonida ishtirok etish uchun Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasiga hujjat topshirgan 19 nafar talabgor ushbu malaka imtihonida ishtirok etishiga ruxsat berildi. Malaka imtihoni natijasiga ko‘ra 6 nafar talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan deb topildi. Jumladan:

Andijon viloyatidan:
▫️Aliyev Bekzod Ismoilovich;
▫️To‘ychiboyev Muxammadbobir O‘ktamjon o‘g‘li;

Namangan viloyatidan:
▫️Musashayxov Abduraxim Xusanxon o‘g‘li;
▫️Xadjayeva Sevara Sanjarovna;

Surxondaryo viloyatidan:
▫️Choriyev Jamshid Kamol o‘g‘li;

Toshkent shahridan:
▫️Hamroyeva Muxlisa Bahodir qizi;

Malaka imtihoni joriy yilning 3-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining www.minjust.uz rasmiy veb-sayti orqali onlayn tarzda yoritib borildi hamda malaka imtihoni jarayoni yozib olindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

KASBIDA HUQUQIY TARGʻIBOT KUNI

Adliya vazirligi boshqarma boshligʻi F.Tojiyev va Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi S.Nuriyevlar ishtirokida Kasbi tumani “Yuksalish”, “Xoʻjaxaoyron” va “Obod yurt” MFYlari uchun “Yuksalish” MFY binosida “Huquqiy targʻibot kuni”da uyma-uy yurilib, fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.

Tadbir davomida mahalladagi yettilik bilan MFYlar “yettiligi”ga koʻrsatma va uslubiy yordamlar berilib, aholini qiyayotgan tizimli muammolar oʻrganildi. Shu kuni 10 dan ortiq xonadonlarga uyma-uy kirilib, fuqarolarning huquqiy muammolari oʻrganildi va 4 ta xonadonda huquqiy muammolar aniqlanib, tuman adliya boʻlimi tomonidan hal qilish uchun ish yurituvga olindi.

Sayyor davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida Kasbi tuman adliya boʻlimi DXM va FHDY xodimlari tomonidan 50 dan ortiq sayyor xizmatlar koʻrsatildi.

@adliyangiliklari
​#Intellektual_mulk

"MOXITO" ning “qarindoshi” yo‘q qilindi


Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasiga “Imir Trade Group” MCHJ ga tegishli "MOXITO" tovar belgilaridan “D.M.F.” oilaviy korxonasi huquq egasining ruxsatisiz foydalanayotgani yuzasidan murojaat kelib tushdi.

Murojaat asosida “D.M.F.” oilaviy korxonasi faoliyati tekshirilganda, korxonada “Imir Trade Group” jamiyatining "MOXITO" tovar belgilariga adashtirib yuborish darajasida o‘xshash tovar belgisidan foydalanib ichimlik ishlab chiqarayotgani va savdoga taklif etilayotgani aniqlandi.

Tekshiruv yakuni bo‘yicha “D.M.F.” oilaviy korxonasi rahbariga qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritildi.

Shuningdek, huquq egasining tovar belgisi mavjud bo‘lgan kontrafakt mahsulotlarni savdodan qaytarib olish, tovar belgisi tasvirlarini yo‘q qilish, tovar belgisini tovardan yoki uning idishi va o‘rovidan yo‘qotish, ushbu talablarni bajarishning iloji bo‘lmagan taqdirda, tegishli tovarni yo‘q qilib tashlash choralarini ko‘rish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Ogoh bo‘ling! Tovar belgisidan yoki adashtirib yuborish darajasida u bilan o‘xshash bo‘lgan belgidan tovarlarda, tovarlarning etiketkalaridan, o‘rovlaridan qonunga zid ravishda foydalanilganda ular kontrafakt hisoblanadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi hamda Buxoro viloyati adliya boshqarmasi mas'ullari tomonidan "Huquqiy targ'ibot kuni" doirasida Shofirkon tumanidagi “A.Navoiy” va “Nurafshon” MFY aholisi uchun sayyor qabul tashkil qilindi.

Sayyor qabul davomida fuqarolarning 20 dan ortiq masalalariga huquqiy tushuntirish berilib, 2 ta murojaat nazoratga olindi va tuman adliya bo'limi ish yurituviga qabul qilindi.

Shuningdek, aholiga muhim qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati yuzasidan tayyorlangan buklet va flayerlar tarqatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Fuqaro – mahalla – adliya” tizimida Samarqand tajribasi

Adliya vazirligi tashabbusi bilan Samarqand viloyatidagi ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur tashkil etildi. Unda viloyatning chekka hududlari — Kattaqo‘rg‘on shahar va Kattaqo‘rg‘on tumanida adliya organlarining aholi muammolari bilan ishlashda Samarqand tajribasi, ya'ni “fuqaro – mahalla – adliya” tizimi va uning samarasi o‘rganildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari