ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.76K videos
39 files
9.54K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Jizzax viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilangan vazifalarning ijrosini oʻrganish va bir xil amaliyotni shakllantirish, targʻibot tadbirlarini qay yoʻsinda tashkil etishni tushuntirish maqsadida joylarda uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Bu galgi manzil Jizzax viloyatning olis hududlaridan biri Baxmal tumanining “Gulbuloq” mahallasi boʻldi. Ishchi guruhi tomonidan aholi bilan yuzma-yuz muloqot tashkil etilib, aholining muammolari tinglandi. Murojaatlarning huquqiy yechimi yuzasidan maslahat berildi.

Shu bilan birga endilikda adliya organlarining aholi orasiga yanada yaqinroq kirib borishi, bunda har bir xonadon toʻla qamrab olinishi, yoshlarning muammolari, orzu intilishlari bilan qiziqish, kelajak rejalari bilan oʻrtoqlashish, fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar berib borish, bir soʻz bilan aytganda xalqning eng yaqin koʻmakchisi boʻlish kerakligi kabi vazifalar aynan farmonda mustahkamlab qoʻyilganligi va bu yoʻlda samarali qadamlar tashlanganligi taʼkidlab oʻtildi.

Shundan soʻng mahalla aholisi bilan yaqindan tanishish maqsadida uyma-uy yurilib, aholi orasida eng koʻp uchrayotgan muammolarning huquqiy yechimi yuzasidan tayyorlangan maʼlumotlar tarqatildi.

2023-yil Rashidovlar xonadonida quvonchli voqea roʻy berdi. Oilada 4 nafar egiz farzand dunyoga keldi. Baʼzi sabablarga koʻra farzandlariga tugʻilganlik haqidagi guvohnoma ololmagan oila boshligʻi tuman adliya boʻlimiga murojaat qilgan edi. Mazkur murojaat FHDY boʻlimi tomonidan tez fursatda hal etilib, xonadoniga guvohnomalar yetkazildi. Uyma-uy yurgan holda 20 ga yaqin fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ham koʻrsatildi

Shu bilan ishchi guruhi aʼzolari tuman adliya boʻlimi xodimlari bilan suhbatlashdi. Farmonda belgilab berilgan vazifa va topshiriqlarni samarali tashkil etish borasida maslahatlashildi. Bu borada xodimlarning ham fikrlari va takliflari tinglandi. Ishchi guruhi Gʻallaorol tumanida ham boʻlib, “Gʻubdin” mahallasi faollari bilan uchrashdi. Uyma-uy yurib aholi muammolarini oʻrgandi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Adliya aralashuvi bilan fuqaro foydasiga 359 millionga yaqin pul mablagʻi undiriladigan boʻldi

Uchqoʻrgʻon tumani adliya boʻlimi tomonidan Uchqoʻrgʻon tumani, Sohil MFY, Ziynat koʻchasi, 10-uyda yashovchi fuqaro Sh.Raxmanovning Uchqoʻrgʻon tumani, Doʻstlik MFYda joylashgan buzilgan “oshxona” bino-inshooti uchun kompensatsiya pullari toʻlanmaganligidan noroziligi boʻlib qilgan murojaati oʻrganib chiqildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

“Qoʻrgʻona”liklarda qanday muammolar bor?

Toyloq tumani “Qoʻrgʻona” mahallasida yashovchi 23 yoshli Dilbar Sharipova vafot etgan farzandining oʻlimini vaqtida qayd ettirmagani oqibatida FHDYo tizimida uning oila tarkibida tirik holatda turganligi aniqlandi.

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari M.Kurbanov boshchiligida mazkur mahallada uyma-uy yurish natijasida aniqlangan ushbu huquqiy masala joyida hal etildi. Endi fuqaro D.Sharipova yangilangan tartibda moddiy yordam olish sharoiti yaratildi. Mahallada uyma-uy yurish davomida ana shunday 15 ta xonadon sohiblarining huquqiy muammolari oʻrganildi. 2 ta fuqaroga huquqiy tushuntirish berish orqali qanoatlantirildi.

Aholi bilan muloqotlar davomida yuqoridagi kabi yana bir mahalla fuqarosining ana shunday muammosi borligi maʼlum boʻldi. Zamira Xoljigitova xonadoniga kirilganda uning 30 yil oldin vafot etgan ikki nafar farzandlarining ham oʻlim guvohnomalari olinmagani aniqlandi. M.Kurbanov oʻlim fakti boʻyicha sudga hujjatlar rasmiylashtirish chorasini koʻrish boʻyicha tuman adliya boʻlimiga koʻrsatmalar berdi.

Tadbirda fuqarolardan uy-joy, kadastr, ishhaqi va mehnat munosabatlari, kommunal soha, tugʻilish faktini belgilash, davlat xizmatlari va boshqa masalalar boʻyicha murojaatlar boʻldi va ular ijroga qaratilib, nazoratga olindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Shartnoma majburiyatlari bajarilmadi, holatga adliya aralashdi “Mirob qurilish servis” masʼuliyati cheklangan jamiyati hamda “Sirdaryo tuman yoʻllardan foydalanish korxonasi” davlat muassasasi oʻrtasida tuzilgan shartnoma majburiyatlari bajarilmadi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
​Kontrafaktchilar yana “Anjan”muzqaymogʻiga “murojaat” qilishdi

Fargʻona viloyat adliya boshqarmasiga “SURPRISE ICE CREAM” MChJ rahbari X.Madrahimov oʻziga tegishli “Anjan” tovar belgisidan Fargʻona viloyatida joylashgan “F.I.C.” oilaviy korxonasi tomonidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanilayotganligi yuzasidan murojaat kelib tushdi.

Murojaat asosliligi oʻrganilganda, “SURPRISE ICE CREAM” MChJ rahbari X.Madrahimov Adliya vazirligidan 2022-yilning may oyida “Anjan” jamlanma tovar belgisi uchun tovarlar va xizmatlar xalqaro tasnifining barcha sinfiga, jumladan 30-sinfiga muvofiq MGU 45104-sonli guvohnoma olgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida muhofazaga olingan.

Murojaat asosida “F. I. C.” oilaviy korxonasi oʻrganish oʻtkazilganda, korxona tomonidan “Anjan” tovar belgisiga adashtirib yuborish darajasida oʻxshash boʻlgan “Anjancha” tovar belgisidan foydalangan holda muzqaymoq ishlab chiqarayotganligi aniqlandi.

Oʻrganish yakuni boʻyicha “F.I.C.” oilaviy korxonasi rahbariga qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritildi.

Shuningdek, huquq egasining tovar belgisi mavjud boʻlgan kontrafakt mahsulotlarni savdodan qaytarib olish, tovar belgisi tasvirlarini yoʻq qilish, tovar belgisini tovardan yoki uning idishi va oʻrovidan yoʻqotish, ushbu talablarni bajarishning iloji boʻlmagan taqdirda, tegishli tovarni yoʻq qilib tashlash choralarini koʻrish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Ogoh boʻling! Tovar belgisidan yoki adashtirib yuborish darajasida u bilan oʻxshash boʻlgan belgidan tovarlarda, tovarlarning etiketkalarida, oʻrovlarida qonunga zid ravishda foydalanilganda ular kontrafakt hisoblanadi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari

Urgut tumani "Qoratepa" mahalla binosida o‘rnatilgan davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini beruvchi interaktiv infokiosk o‘zini oqlayaptimi
?

Shu maqsadda mahalla aholisi fikrlari bilan qiziqdik.

Batafsil 👉 videoda.

@adliyangiliklari