ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.54K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Fargʻona viloyatida adliya boʻlimlari faoliyati bilan tanishmoqda

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Qoʻqon shahar adliya boʻlimida boʻlib, boʻlim xodimlarining ish jarayonlari, xususan davlat xizmatlari koʻrsatilish sifati, davlat organlari va tashkilotlariga koʻrsatilayotgan yuridik xizmatlar, FHDY idoralarida aholiga xizmat koʻrsatish jarayonlarini oʻrgandi.

Oʻrganish davomida FHDY boʻlimida tadbirlar oʻtkazish uchun tantanalar zali mavjud emasligi maʼlum boʻlib, tadbirda ishtirok etgan Qoʻqon shahar hokimi bilan FHDY boʻlimiga tantanalar zali uchun bino ajratishga kelishildi.

Bundan tashqari, xodimlarga ish sifatini yaxshilash, doimiy oʻz bilim va koʻnikmalarini oshirib borish, fuqarolar bilan xushmuomalalik bilan muloqotda boʻlish yuzasidan zarur tavsiya va koʻrsatmalar berildi.

@adliyangiliklari
​#Adliya_xabari

Yana bir davlat xizmatlari markazi filiali oʻz faoliyatini boshladi

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Qoʻqon shahar Savdo kompleksida tashkil etilgan davlat xizmatlari markazi filiali ochilishida ishtirok etdi.

Hududda 6 ta savdo komplekslari mavjud boʻlib, tashkil etilgan Davlat xizmatlari markazi filiali tomonidan ushbu savdo komplekslarida faoliyat yuritayotgan 6000 dan ortiq tadbirkorlar va bu yerga tashrif buyurgan fuqarolarga davlat xizmatlari koʻrsatilishi taʼminlanadi.

Bundan tashqari, filialda onlayn davlat xizmatlaridan sodda usulda foydalanish imkonini beruvchi interaktiv kioska ham mavjud.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Shartnoma majburiyatlarini bajarmagan korxona qarz ustiga penya toʻlaydigan boʻldi

Xususiy korxonasi tomonidan qiymati 209 mln soʻmlik ishlar bajarilgan boʻlsa-da, tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan shartnoma majburiyatlari buzilib, bajarilgan ishlar uchun mablagʻ toʻliq toʻlab berilmagan. Holatga adliya aralashdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
​#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Fargʻona viloyati Dangʻara tumanining “Urganji” mahalla fuqarolar yigʻinida “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida vazir oʻrinbosari tomonidan MFY xodimlariga koʻplab vakolatlar, tashkiliy va moliyaviy imkoniyatlar berilayotgani haqida gapirdi. Uchrashuvda ishtirok etgan xodimlar mahallalarni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar borasida oʻz fikrlarini bildirdilar.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

XII Peterburg Xalqaro yuridik forumi doirasida O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi adliya vazirliklari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalari muhokama qilindi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Adliya sizni eshitadi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud organlari viloyat rahbarlari tomonidan Gʻuzor tumanidagi “Chanoq” mahallasida fuqarolarning ommaviy sayyor qabuli oʻtkazildi.

Adliya boshqarmasi boshligʻi S.Nuriyev tomonidan fuqarolarning tugʻilganlik guvohnomasini qayta tiklash, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, sogʻliqni saqlash, bandlik, sud hujjatlari ijrosi kabi masalalar yuzasidan 14 ta murojaatlari tinglandi.

Sayyor qabul davomida kelib tushgan 3 ta murojaatlar qanoatlantirildi, 9 ta murojaatlar koʻrib chiqish va hal etish uchun ish yurituvga olindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Bugun Samarqand viloyat adliya boshqarmasida “Schmitt&Orlov Intellectual property” xalqaro yuridik firmasining kontrafakt mahsulotlarni aniqlash bo‘yicha mutaxassislari Renata Imangaliyeva ishtirokida kontrafakt mahsulotlarni aniqlashning maxsus usullari bo‘yicha master-klass tashkil etildi.


Videokonferensaloqa tarzidagi ushbu mashg‘ulot intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakolatli davlat organlari xodimlarining kontrafakt mahsulotlarni asl mahsulotlardan farqlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan bo‘lib, unda soliq, bojxona organlari va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy tuzilmasi mutaxassislari hamda tizim tashkilotlari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda mutaxassislar tomonidan kontrafakt mahsulotlarni aniqlash, xususan, asl tovar belgisidan aynan bir xil tarzda foydalangan holda ishlab chiqarilgan kontrafakt tovarlarni farqlash yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Ushbu tadbir ertaga Buxoro viloyatida davom etadi.


@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Adliya olis hududlarda


Dehqonobod tuman adliya boʻlimi DXM va FHDY xodimlari tomonidan tuman markazidan 80 km uzoqlikda joylashgan Boshchorbogʻ, ”Chashmaimiron” hamda “Chilgaz” mahallalarida “Huquqiy targʻibot kuni” va sayyor qabul tashkil etildi.

Tadbir davomida mahalla fuqarolariga yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-sonli farmonining mazmun-mohiyati tushuntirildi. Shuningdek, uyma-uy yurgan holda fuqarolarning mavjud huquqiy muammolar boʻyicha suhbat anketasi toʻldirildi. 3 ta fuqaro nikoh guvohnomasi va 1 nafar fuqaroga oʻlim guvohnomasi berilib, 10 dan ziyod fuqarolarga davlat xizmati koʻrsatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Bugun Adliya vazirligi tomonidan 2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi va genderga oid xalqaro reyting va indekslarda republikaning o‘rnini yaxshilash bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha o‘quv seminar tashkil qilindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari