#Adliya_xabari
Tayyor arxiv hujjatlari standartlar asosida saqlanadi
Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Fargʻona viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasida olib borilayotgan ishlar va noyob arxiv hujjatlarining standartlar asosida saqlanishi va undagi sharoitlar bilan tanishdi.
Ayni kunda arxiv ishi hududiy boshqarmasida 500 mingga yaqin hujjatlar saqlanmoqda. Tashrif davomida arxiv hujjatlari bilan ishlovchi xodimlarning sohada uchrayotgan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan takliflari tinglandi.
@adliyangiliklari

Subsidiya asosida aholining uy-joy olishiga amaliy ko‘mak beriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabr kungi PF-33-sonli Farmonining 9-bandida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tijorat banklari bilan birgalikda tuman va shaharlarning qulay joylarida bank, moliya, kadastr idoralari, notariuslar va pudrat tashkilotlari tomonidan aholiga yangi uy-joy loyihalari, narxlari, kredit va subsidiya shartlari to‘g‘risida axborot berish hamda kompleks xizmat ko‘rsatish imkonini beruvchi Ipoteka markazlarini tashkil etish topshirig‘i berilgan.
Topshiriq ijrosi yuzasidan Farg‘ona shahar A.Navoiy ko‘chasida Farg‘ona Ipoteka markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev markaz faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif davomida xodimlarning markazga biriktirilgan tashkilotlar hamda ular tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma'lumotlari tinglandi.

Sayyor qabul davomida aholi muammolari o‘rganilib, ko‘makka ehtiyoji bor fuqarolarga amaliy yordam berildi
Farg‘ona shahridagi “Soybo‘yi” MFY da adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.
Qabul davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan turli muammolar tinglandi. 10 dan ortiq murojaatlarga huquqiy tushuntirishlar berildi, 14 ta murojaatlar o‘rganib chiqish uchun ish yurituvga olindi.
Shuningdek, qabul davomida ijtimoiy og‘ir ahvolga tushib qolgan, yordamga ehtiyojmand fuqarolarga amaliy ko‘mak berildi.

Adliya vaziri o‘rinbosari "mahalla yettiligi" bilan uchrashdi
Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Qo‘shtepa tumanining “Shomirza" mahalla fuqarolari yigʻinida “Mahalla yettiligi” bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida vazir o‘rinbosari tomonidan MFY xodimlariga ijtimoiy yordam va subsidiyalar aholining kambag‘allikdan chiqishini ta’minlash uchun maqsadli va manzilli yo‘naltirilishi hamda qarorlar qabul qilinishida ochiqlik, haqqoniylik, ijtimoiy adolat va shaffoflik tamoyillariga rioya qilinishi lozimligi ta'kidlandi.
MFY xodimlari sohada uchrayotgan ayrim kamchiliklar va ularni bartaraf qilish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdilar.
Shuningdek, vazir o‘rinbosari mahallada onlayn davlat xizmatlaridan sodda usulda foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilgan interaktiv kioskaning texnik holati bilan tanishdi.
Kioskalar orqali foydalanish mumkin bo'lgan xizmatlar soni oshirilib, ushbu xizmatlar 45 tani tashkil etganligi, shu bilan birga kioskadan foydalanish bepul, navbatlar mavjud emasligi hamda 24/7 rejimida foydalanish mumkinligi ta'kidlandi.

#Adliya_hudud
"Adliya kuni"da aholining huquqiy muammolari o'rganildi
Aholi bilan bevosita muloqot qilish hamda fuqarolarning kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish maqsadini ilgari surgan “Adliya kuni” tadbiri Sardoba tumanining “Xalqobod” mahallasida tashkil qilindi.
👉Batafsil

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Eslatma
❗️Noqonuniy sotilgan tovarlarga nisbatan “kontrafakt” va “qalbaki” kabi tushunchalar ko‘pchilik uchun ma’no jihatidan o‘xshash bo‘lishi mumkin, ammo ular sinonim emas.
🔻Kontrafakt mahsulot bu — intellektual mulk huquqlarni buzgan holda ishlab chiqarilgan va sotiladigan tovarlardir.
Kontrafakt ishlab chiqaruvchilar taniqli brendlar va logotiplarni o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarga joylashtirish orqali xaridorlarni chalg‘itishga urunadilar.
🔻Qalbakilashtirish bu - mahsulot xomashyosini, xossalari va mezonlarini ataylab o‘zgartirish yoki ularni almashtirib qo‘yish tushuniladi.
Odatda, qalbaki mahsulot ishlab chiqaruvchilar asl brend, logotip yoki mahsulot dizaynini o‘zgartirmagan holda yashirin sexlarda, iste’molga yaroqsiz, talab va me’yorlarga mos kelmagan holda tayyorlaydilar.