ADLIYA YANGILIKLARI
#Diqqat_muhim 📣 Bugun, 21-iyun kuni soat 15:00 da Adliya vazirligi yuridik texnikumlari hamda Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Akademik litseylari qabuliga oid muhim masalalar bo‘yicha onlayn muloqot bo‘lib o‘tadi. Asosiy maqsad — yuridik…
#Adliya_onlayn
⚡️ Adliya vazirligi yuridik texnikumlari hamda Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Akademik litseylari qabuliga oid muhim masalalar bo‘yicha onlayn muloqot davom etmoqda.
Kuzatib borish 👉https://www.youtube.com/embed/5q3DVDUCE8Y
@adliyangiliklari

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YouTube
“On-line” muloqot.
Mavzu: Adliya vazirligi yuridik texnikumlari hamda Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Akademik litseylari qabuliga oid muhim masalalar bo‘yicha onlayn muloqot.
#Adliya_xabari
Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e'tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun Oliy Majlis Senatining ellik uchinchi yalpi majlisida ma'qullandi.
👉Batafsil

Sayyor qabulda aholi murojaatlari hal etilmoqda
Adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev bugun poytaxtning Chilonzor va Uchtepa tumani aholisi uchun sayyor qabul oʻtkazdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahri hamda Uchtepa tumanidagi Xalq qabulxonasi va boshqa masʼul idora rahbarlari ishtirokida oʻtkazilgan sayyor qabulda 30 nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarning ishga joylashish, ijtimoiy himoya, mehnat munosabatlari, tibbiyot, kommunal soha, davlat xizmatlaridan foydalanish, mulkiy huquqlarga oid bir qator muammolari masʼullar tomonidan koʻrib chiqildi.
Murojaatlarning aksariyati joyida hal etilib, nogironlik aravachasi soʻrab murojaat qilgan 2 nafar fuqaroga aravachalar topshirildi, 4 nafar ayolning bandligini taʼminlash maqsadida tikuv mashinalari taqdim etildi, 10 nafardan ortiq fuqarolarning muammolari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Intellektual mulk huquqlarini buzish 340 million soʻmgacha tovon puli toʻlanishiga sabab boʻlishi mumkin
Bugun, 21-iyun kuni Oliy Majlis Senatining 53-yalpi majlisida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun maʼqullandi.
Qonunda tovar belgisi, firma nomi, ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutugʻidan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlarida huquq egasi huquqbuzardan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan (6,8 mln soʻm) 1000 baravarigacha (340 mln soʻm) tovon toʻlashni talab qilish huquqiga ega boʻladi.
Tovon huquqbuzarlik holatlarida huquq egasiga yetkazilgan zararning qoplanishi oʻrniga talab qilinishi mumkin. Alohida taʼkidlash lozimki, tovon toʻlanishini talab qilishda zarar yetkazilganlik faktini isbotlash talab etilmaydi.
Shuningdek, qonunda Internet tarmogʻidagi axborot resurslari (veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqdagi sahifalar va boshqa) egalarining oʻzlari yuritayotgan axborot resursida intellektual mulk huquqlarining buzilishini oldini olish, bunday resurslarda sodir etiladigan sohaga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarliklarini kuchaytirish nazarda tutilmoqda.
Qonunchilikdagi ushbu oʻzgarishlar intellektual mulk sohasida huquqbuzarliklarning oldiniga olishga, intellektual mulk egalarining oʻz huquqlarini samarali himoya qilishga imkon yaratadi.

Adliya vaziri o‘rinbosari A.Karimov Sayxunobod tumanidagi “Paxtakon” mahallasida “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi.
Uchrashuvda dastlab “Ma'muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas'uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalar yuzasidan tushunchalar berildi.
Shuningdek, energoresurslardan oqilona foydalanishning yangi mexanizmlari joriy qilinganligi, ehtiyojmand oilalar uchun alohida ijtimoiy himoya tartiblari joriy etilganligi haqida tushuntirilib, qaror ahamiyatini aholiga to‘g‘ri tushuntirish bo‘yicha tafsiyalar berildi.
Shundan so‘ng “mahalla yettiligi” tomonidan aholining kundalik hayotida uchrayotgan muammolar, ularni hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash, jinoyatchilikni oldini olish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, oilaviy ajrimlarning oldini olish borasidagi faoliyati o‘rganilib, faoliyatda vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.