ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.54K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari A.Karimov Sayxunobod tumanida sayyor qabul o‘tkazdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Mahallalarda aholi muammolari o‘rganilmoqda


Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev poytaxtning Chilonzor tumanidagi “Bo‘rijar” mahallasi aholisi va yoshlari hamda "mahalla yettiligi" bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Dastlab fuqarolarga "Ma‘muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalari mas‘uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida"gi Prezident Farmonida (PF-80-son, 24.05.2024 y.) belgilangan vazifalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, mahalla aholisi va yoshlarning muammoli masalalari yuzasidan ularning 10 dan ortiq murojaatlari tinglanib, bandlik, ijtimoiy yordam hamda yozgi taʼtilda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun turli kasb-hunar o‘rgatuvchi kurslarga o‘qitish uchun joylash masalalarida amaliy yordam ko‘rsatish choralari ko'rildi.

"Mahalla yettiligi" bilan o‘tkazilgan uchrashuvda esa mahallada olib borilayotgan ishlar bilan tanishilib, mavjud muammolar va takliflar mas'ullar ishtirokida muhokama qilindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari A.Karimov xizmat safari davomida Sirdaryo viloyatining “Olg‘abos” mahallasi “yettiligi” bilan muloqot qildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Diqqat_muhim

📣 Bugun, 21-iyun kuni soat 15:00 da Adliya vazirligi yuridik texnikumlari hamda Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Akademik litseylari qabuliga oid muhim masalalar bo‘yicha onlayn muloqot bo‘lib o‘tadi.

Asosiy maqsad — yuridik texnikumlar va Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Akademik litseylariga 2024/2025-o‘quv yili uchun qabul jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish masalalarini ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilikka yetkazish.

Muloqot vazirlikning Facebook dagi “Adliya bilan muloqot” guruhi va YouTube dagi “Adliya vazirligi / Ministry of Justice” kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi.

Onlayn muloqotda Adliya vazirligi mas'ul xodimlari savollarga javob beradi.

Mavzu yuzasi bo‘yicha savollarni @adliyaga_savolbot manzili orqali yuborishingiz mumkin.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov Sayxunobod tuman adliya boʻlimi faoliyati bilan tanishdi.

Tizim xodimlari bilan muloqot davomida adliya organlarning qoʻshimcha faoliyat yoʻnalishlari hamda adliya boʻlimlariga yuklangan qoʻshimcha vazifalar haqida soʻz yuritilib, bu borada masʼuliyatni yanada oshirish, mahallalardagi faollar imkoniyatidan foydalanish, “mahalla yettiliklari” bilan bevosita hamkorlikni yoʻlga qoʻyish lozimligi taʼkidlab oʻtildi.

Shuningdek, yuridik xizmat koʻrsatish markazi faoliyati bilan tanishib, ulardagi yutuq va kamchiliklar tahlil qilindi. Vazir oʻrinbosari davlat xizmatlari markazida ham boʻlib, bu yerda fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar, koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini qulay va osonligi, oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish burchaklari faoliyatini koʻzdan kechirdi.

Shu bilan birga, xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius bilan ham suhbatlashib, sohani takomillashish yuzasidan taklif va mulohazalari tinglandi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Fargʻona viloyati boʻylab adliya organlari tomonidan uyma-uy huquqiy muammolar oʻrganilishi davom etmoqda. Bu galgi oʻrganish ishlari Oltiariq tumanida boʻldi.

Fargʻona viloyati adliya boshqarmasi hamda Oltiariq tuman adliya boʻlimi xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni ijrosi yuzasidan Oltiariq tumanidagi “Zilol”, “Gulobod”, “Shalola” MFYlarda uyma-uy yurish orqali 660 ga yaqin xonadonlarga kirib borildi.

@adliyangiliklari