ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

“Normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta'sirini baholash tizimini maqbullashtirish usullarini ishlab chiqish” masalalari muhokama etildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya boʻlimining yangi zamonaviy binosining qurilish jarayoni koʻzdan kechirildi

Adliya vaziri oʻrinbosari X. Meliyev Toshkent viloyatida xizmat safarida boʻlib, dastlab Quyichirchiq tuman adliya boʻlimi uchun qurilayotgan yangi maʼmuriy bino holati bilan tanishilib, yangi binoda, eng avvalo, aholi uchun keng qulayliklar yaratilishi yuzasidan masʼullarga koʻrsatmalar berildi.

Mazkur binoda adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazi, yuridik xizmat koʻrsatish markazi va FHDY boʻlimi joylashtirilishi rejalashtirilgan. Bir joyda barcha xizmatlardan foydalanish imkoniyati, oʻz navbatida, fuqarolarga koʻplab qulayliklar yaratadi. Binoga barcha qulayliklarni oʻz ichiga olgan zamonaviy jihozlar oʻrnatilishi, shuningdek, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun kerakli uskunalar bilan taʼminlanishi koʻzda tutilmoqda.

Shu bilan birgalikda, binoda elektron xizmatlardan mustaqil foydalanish hududi, bolalar oʻyin maydonchasi, mini-kutubxona, infokiosk va bepul Wi-Fi bilan taʼminlash yuzasidan koʻrsatmalar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Yagona hisobotlar tizimini joriy etishda Niderlandiya tajribasidan foydalaniladi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Hududlarda adliya organlarining aholiga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish choralari koʻrilmoqda

Toshkent viloyatida xizmat safari davomida adliya vaziri oʻrinbosari X. Meliyev tuman (shahar) adliya boʻlimlari faoliyati bilan tanishib, aholining kundalik faoliyatida koʻp uchraydigan huquqiy muammolarini aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish masalalarini xodimlar bilan muhokama qilmoqda. 

Xususan, Yangiyoʻl shahar va Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi xodimlari bilan suhbat oʻtkazilib, “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni bilan adliya boʻlimlariga yuklatilgan 6 ta vazifalarni ijrosi yuzasidan tashkiliy masalalar tahlil qilindi.

Shu bilan birga, davlat xizmatlari markazi va FHDY boʻlimida aholiga qulaylik yaratish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan yangi xizmatlarni koʻrsatish jarayonlari tahlil qilinib, samaradorlikni oshirish yuzasidan kerakli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

📹 JSTga aʼzolikka tayyorgarlik boʻyicha anjumandan reportaj. Unda adliya vaziri mazkur masalada OAV vakillariga intervyu berdi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing

Joriy yilning oʻtgan davrida Adliya organlari va muassasalari xodimlarining nojoʻya xatti-harakatlari yuzasidan jami 117 ta murojaat va xabarlar kelib tushgan

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva maʼlum qildi.

Mazkur murojaatlar va xabarlarni oʻrganib chiqish natijasida 44 nafar xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan, jumladan 9 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan va 35 nafar xodimga hayfsan va jarima intizomiy choralari qoʻllanilgan, 112 nafar xodim bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazilgan.

Shuningdek, law.ijro.uz tizimida xodim tomonidan qonunchilikning aniq asosi izoh bandida qayd qilinmasa hujjatlarga salbiy xulosa berish imkoniyatini cheklash choralari koʻrildi. Xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi buyruq tasdiqlanganda ushbu lavozim HR-menejment tizimida avtomatik tarzda vakant lavozimlar reyestriga oʻtishi va nizomda belgilangan muddatlarga koʻra tanlovga qoʻyilish imkoniyatini yaratildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing

Huquqni qoʻllash amaliyotida manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish va tartibga solish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Mazkur qonun manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq munosabatlarni toʻgʻridan-toʻgʻri tartibga solishga qaratilgan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Oila — mehr va baxt qo‘rg‘oni” mavzusida respublika seminari o‘tkazildi

Adliya vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan birgalikda oilalar mustahkamligini taʼminlash, yosh oilalarda ibratli ota-ona bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida nikohlanuvchilar doimiy ravishda maxsus o‘quv kurslari asosida o‘qitib kelinmoqda.

Mazkur sohada samaradorlikni yanada oshirish maqsadida “Oila — mehr va baxt qo‘rg‘oni” mavzusida respublika namunaviy seminari o‘tkazildi.

Unda 14 ta hududdan kelgan mutaxassislar, yosh kelin-kuyovlarning maxsus kurslarini tamomlagan yoshlar va o‘quv-kursini boshlaydigan juftliklar ishtirok etdi.

Seminar davomida nikohlanuvchi yoshlarga oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va byudjeti, reproduktiv salomatlik hamda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalarida ko‘plab tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida oila munosabatlariga doir kitoblar taqdim etilib, soha vakillari kelgusidagi rejalarni belgilab olishdi.

@adliyangiliklari