#Adliya_xabari
“Tvinning” dasturi doirasida xalqaro ekspertlar o‘z ishini boshladi
Adliya vazirligi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish va tartibga solish ta'sirini baholash sohalarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 28-may kuni Adliya vazirligida mazkur maqsadlarni o‘z ichiga olgan “Tvinning” dasturini O‘zbekistonda amalga oshirishning dastlabki bosqichlari vazirlik mutaxassislari va xalqaro ekspertlar ishtirokida muhokama qilindi.
Eslatib o‘tamiz, “Tvinning” moliyaviy va texnik yordam loyihasi bo‘lib, u Yevropa Ittifoqining benefisiar mamlakatlarida Yevropa Ittifoqining eng yaxshi amaliyotiga asoslangan ma'muriy tuzilmalarning institusional salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Dastur 1989-yildan buyon amalga oshirilmoqda.
Uchrashuvda Germaniya xalqaro-huquqiy hamkorlik fondining EU Twinning loyihalari rahbari Anya Sheller-Shletter boshchiligidagi Germaniya va Latviya davlatlarining qonunchilik bo‘yicha xalqaro ekspertlari ishtirok etdi.
Mazkur uchrashuv 4 kunlik muhokamalarning dastlabki bosqichi bo‘lib unda “Tvinning” dasturi doirasida qilinadigan ishlar va kutilayotgan natijalar bo‘yicha xalqaro ekspertlar taqdimotlari, takliflari va fikr-mulohazalari o‘rganiladi hamda loyihaning ish rejasi ishlab chiqiladi.
@adliyangiliklari

Adliya vaziri o‘rinbosari Namangan viloyati nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Dastlab Muzraf Ikramov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-maydagi Farmoni ijrosi, shu jumladan, mazkur Farmon doirasida tashkil etilgan “NNTlar uylari” hamda unda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
So‘ngra viloyatning faol NNTlar rahbarlari bilan uchrashib, NNTlarni qiynab kelayotgan muammolari o‘rganildi, joyida hal etish choralari ko‘rildi hamda NNTlar taklif va mulohazalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv doirasida Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan grant va ijtimoiy buyurtma mablag‘lari maqsadli yo‘naltirilayotganligi holati bilan tanishish, ajratilayotgan grant va ijtimoiy buyurtma mablag‘lari barcha sohani qamrab olayotganligi yoki qamrab olmayotganligi holatini o‘rganildi.
Muloqot chog‘ida NNTlar bilan mahalliy mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlari o‘rnatilganligi yuzasidan ma’lumot olindi.

#Adliya_hudud
Yangi farmon bilan adliya tizimida nimalar o‘zgarmoqda?
Bugun Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma'muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas'uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati va uni qabul qilishning zaruratiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Sattarov, viloyat yuridik texnikumi direktori Oybek Shirinov mavzu doirasida ma'lumot berdi.
👉Batafsil

Karmanaliklar murojaati o'rganildi
Karmana tumanining "Alisher Navoiy" mahallasida Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining sayyor qabuli o'tkazildi. Shuningdek, "mahalla yettiligi" bilan uchrashuvda hududdagi mavjud masalalar tahlil etildi.
Muloqot avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” 2024-yil 24-maydagi PF–80-son Farmoni mazmun-mohiyati xususida huquqiy tushuncha berilib, shundan so'ng, fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
Sayyor qabul davomida elektr energiyasi va gaz ta'minoti, yo‘l, uy-joy ta’miri va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mehnat munosabatlari, tadbirkorlik faoliyaqtini boshlash, bank-kredit masalalarida bir qator murojaatlar kelib tushdi.
Shundan so‘ng fuqarolarga farzandini MTMga ro'yxatga qo'yish, elektron imzo olish, e-auksionda ishtirok etish, tibbiy va manzil ma’lumotnomalar olish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Oltiariq tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud organlari viloyat rahbarlari tomonidan Oltiariq tumanining "Toshobod" MFYda fuqarolarning ommaviy sayyor qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida 200 nafardan ortiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etdilar. Adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Buriyev tomonidan fuqarolarning uy-joy uchun subsidiya olish, mehnat munosabatlari, moddiy yordam olish, meros ishlari, tug‘ilganlik guvohnomasi olish kabi masalalar yuzasidan 27 ta murojaatlari tinglandi.
Sayyor qabul davomida kelib tushgan 14 ta murojaatlar qanoatlantirildi, 13 ta murojaatlar ko‘rib chiqish va hal etish uchun ish yurituvga olindi.
Shu bilan birga qabul davomida shaxslarga sanatoriyiaga navbatga qo‘yish, pensiya va nafaqalar miqdori to‘g‘risida ma’lumotnoma berish, farzandni MTTga navbatga qo‘yish kabi 17 ta sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

❤1