ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Onlayn xizmatlardan foydalanish imkoniyati oshmoqda


Davlat rahbarining 2024-yil 25—26-mart kunlari Namangan viloyatiga tashrifi davomida mahallalardan turib davlat xizmatlarini koʻrsatish imkoniyatini oshirish vazifasi belgilab berilgan edi. Shu maqsadda Adliya vazirligi tomonidan onlayn davlat xizmatlaridan sodda usulda foydalanishni yoʻlga qoʻyish maqsadida interaktiv kioskalar ishlab chiqildi hamda bosqichma-bosqich mahallalarda oʻrnatilmoqda.

Shu bilan birga, kioskalar orqali foydalanish mumkin boʻlgan xizmatlar soni ham oshirilib, ushbu xizmatlar 45 tani tashkil etdi. Endilikda fuqarolar, ipoteka kreditiga subsidiya olish uchun ham mazkur kioskalar orqali ariza yuborishlari mumkin. Ahamiyatli jihati, xizmat bepul, navbatlar mavjud emas hamda 24/7 rejimida foydalanish mumkin.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Buxoro viloyat adliya boshqarmasining yangi binosi qurilish jarayoni bilan tanishdi


Adliya vaziri Akbar Toshqulov Buxoro shahrida qurilayotgan yangi Buxoro viloyat adliya boshqarmasi binosini ko‘zdan kechirdi.

Qurilish ishlari bilan tanishish jarayonida adliya vaziri boshqarma binosining zamonaviy va sifatli bo‘lishi yuzasidan tavsiyalar berdi.

Jumladan, boshqarma birinchi navbatda, xalq uchun qulay bo‘lishi, buning uchun, avvalambor, eng zarur sharoitlar yaratilishi zarurligi ta’kidlandi.

Xizmat olishga kelgan fuqaro binoning hashamati, pardoz va bezaklariga emas, balki xizmat olish uchun yaratilgan sharoitlariga ahamiyat qaratishi, qishda issiq, yozda salqin, yorug‘ va shinam maskan bo‘lsagina odamlar ko‘ngli to‘lishi qayd etildi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_axborot

❗️Magistratura va oliy ta'limdan keyingi ta'lim uchun xorijiy tilni bilish sertifikati talab etiladi

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Andijon viloyatida faoliyat olib borayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Joriy yilning 29-may kuni Muzraf Ikramov Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Andijon viloyat boshqarmasining majlislar zalida viloyatda faoliyat olib borayotgan 40 dan ortiq faol nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari va masʼul vakillari bilan uchrashib, ularni faoliyatida qiynab kelayotgan muammolari oʻrganilib, joyida hal etish choralari koʻrildi hamda NNTlarni sohani rivojlantirish yuzasidan taklif va mulohazalari koʻrib chiqildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan grant va ijtimoiy buyurtma mablagʻlari maqsadli yoʻnaltirilayotganligi holati bilan tanishdi, ajratilayotgan grant va ijtimoiy buyurtma mablagʻlari barcha sohada faoliyat olib borayotgan NNTlarni qamrab olish kerakligiga alohida toʻxtalib oʻtdi.

Muloqot chogʻida NNTlar bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻrtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlari hamda jamoatchilik nazorati oʻrnatilganligi yuzasidan batafsil maʼlumot olindi.

Uchrashuv yakunida M.Ikramov NNT vakillariga sohani rivojlantirish, jamiyatda ularni rolini oshirish hamda ularni huquqiy bilimlarini oshirish yuzasidan oʻzining huquqiy maslahatlarini berib oʻtdi.

@adliyangiliklari
#Bilasizmi

Tartibga solish gilyotinasi: 9 763 ta eskirgan va o‘z ahamiyatini yo‘qotgan normativ-huquqiy hujjatlar bekor qilindi

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Navoiy viloyat adliya organlari tizimida “Huquqiy targʻibot kuni” tashkil etildi. Tadbirlar davomida “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirildi.

“Huquqiy targʻibot kuni” loyihasi doirasida OAV vakillari uchun matbuot anjumani, aholi uchun sayyor qabul, yoshlar bilan ochiq muloqot va davra suhbatlari tashkil etildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Buxoro viloyatiga qilgan xizmat safari davomida Buxoro viloyati yuridik texnikumida boʻldi

Adliya vaziri A.Toshqulov xizmat safari davomida texnikumning faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Vazir taʼlim muassasasida oʻquvchilarga huquqiy taʼlim berish sifati, taʼlim va tarbiyaning oʻzaro uygʻunlashgan holda tashkil etilganligi holati, dars jarayonlarini ilgʻor oʻquv-metodik uslublarda olib borish holatlari hamda ish vaqtini oʻquv tadbirlari va metodologik izlanishlarga sarflanishi borasida alohida toʻxtalib oʻtdi.

Oʻqituvchilar bilan yuzma-yuz suhbat davomida vazirlik tomonidan yuridik taʼlim yoʻnalishida taʼlimning sifatiga taʼsir etuvchi omilarni yaxshilashga qaratilgan tizimli ishlar olib borilayotganligi, bunda pedagogning oʻz ustida ishlab, ilmiy salohiyatini muntazam oshirib borishi muhim ahamiyatga ega ekanligi tushuntirildi.

A.Toshqulov uchrashuv davomida yuridik texnikum faoliyatining samaradorligi taʼlim berish sifatiga chambarchas bogʻliqligini taʼkidlab, pedagog xodimlarning ilmiy salohiyatini oshirish boʻyicha tavsiyalarni berib oʻtdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Muzraf Ikramov xizmat safari bilan Andijon viloyatida boʻlib turibdi. Xizmat safari doirasida Muzraf Ikramov, xususan, Baliqchi tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius bilan suhbatlashib, bugungi kunda notarial idoralar faoliyatida yigʻilib qolgan muammolarni atroflicha tahlil qili, ularni bartaraf etish mexanizmlari va takliflari oʻrtaga tashladi.

Shuningdek, adliya vaziri oʻrinbosari Oltinkoʻl va Baliqchi tumanidagi yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyati bilan tanishib, ulardagi yutuq va kamchiliklar tahlil qildi. Yuridik xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlar bilan hamkorlik masalasi muhokama qilindi.

Muzraf Ikramov “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. Oʻrganish davomida fuqarolarga huquqiy masalalar boʻyicha, shu jumladan onlayn maslahatlar va tushuntirishlar berish yoʻli bilan birlamchi bepul yuridik yordam koʻrsatish, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan ishlar sarhisob qilindi.

@adliyangiliklari