ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Ochiq_adliya

Adliya vazirligi tomonidan navbatdagi Ochiq eshiklar kuni

Mazkur tadbir Adliya organlari faoliyati bilan yaqindan tanishish imkonini beribgina qolmay, bo‘lajak huquqshunoslarga keyingi taqdirini u bilan bog‘lash imkonini ham beradi.

Ayni shu maqsadda 2024-yil 14-may kuni Adliya vazirligi tomonidan Toshkent davlat yuridik universitetida Ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi. Unda 900 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etib, Adliya vazirligi tizimidagi tashkilot va muassasalar faoliyati bilan bevosita tanishishdi.

Tadbirda adliya tizimidagi faoliyatga oid turli burchaklar tashkil qilindi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

KUN SAVOLI


🤵‍♂️👰‍♀️ Yoshlar orasida nikohdan so'ng qisqa muddatda ajrimga berish holatlari kuzatilmoqda.

❓ Bugungi kunda oilalar o'rtasida ajrimlarning sababi nimada deb o'ylaysiz?


@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adirliklardagi yuz mingdan ortiq pista ko‘chatlari tomchilatib sug‘orilmoqda


Adliya vaziri Farg‘onaga xizmat safari davomida rishtonlik Qodirjon Qosimov tomonidan dasht massivida tashkil etilgan pista, gilos, yong'oq bog‘ faoliyati bilan tanishdi.

Eʼtiborli jihati shundaki, Qodirjon Qosimov adirlik va dashtliklardan iborat 107 gektar yerda tomchilatib sug‘orish evaziga  pista  va yong‘oq plantatsiyasini tashkil qilgan. Hozirda bu yerda 100 mingdan ortiq pista ko‘chatlari unib chiqdi.

Aytish mumkinki, pista 500 yil umr ko‘radi. Pista va gilos bog‘i mevaga kirgach, tumanda barqaror eksport hajmini taʼminlaydi. Importga bo‘lgan talabni keskin kamaytiradi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Jannat onalar oyog‘i ostida” filmidan ruxsatsiz foydalangan shaxslar jarimaga tortildi

Аdliya vazirligi tomonidan huquq egasining murojaatini ko‘rib chiqish davomida Qirg‘iziston Respublikasi ijodkorlari tomonidan suratga olingan “Jannat onalar oyog‘i ostida” filmi huquq egasining ruxsatisiz hamda tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan namoyish etilganligi ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177(1)-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.

Sud qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan jarima jazosi tayinlandi.

Mualliflik va turdosh huquq obyektlaridan ruxsatsiz, noqonuniy ravishda foydalanish javobgarlikka sabab bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantiramiz.

Hurmatli fuqarolar, agarda sizning mualliflik yoki turdosh huquqlaringiz buzilayotgan bo‘lsa, huquqlaringizni himoya qilish maqsadida tegishli tartibda sudga yoki Adliya vazirligiga murojaat qiling. 

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari A.Karimov Buxoro viloyat Qorako’l tumani adliya boʻlimi faoliyati bilan yaqindan tanishdi

Uchrashuvda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularga huquqiy axborotni yetkazish hamda huquqiy xizmat koʻrsatishda tuman adliya boʻlimining faoliyatini yanada jonlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Buxoro viloyati Qorako’l tuman adliya bo’limi, yuridik xizmat ko’rsatish markazi, davlat xizmatlari markazi va FHDY bo’limi xodimlari bilan o'tkazilgan yuzma-yuz muloqotda sohani yanada rivojlantirish, amaliyotda uchrayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha fikr-mulohazalar tinglandi.

Shu bilan birga, vazir o’rinbosari tomonidan “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali yuridik xizmat ko’rsatish markazlariga kelib tushgan hujjatlar bilan tanishib, yuridik markaz tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlarni yanada sifatli bajarish bo’yicha tavsiyalar berdi.

@adliyangiliklari