ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Ochiq_adliya

📣 Ochiq eshiklar kuniga taklif etamiz!

Bugun, 14-may kuni soat 11.00da Adliya vazirligi tomonidan Toshkent davlat yuridik universitetida Ochiq eshiklar kuni tashkil etiladi.

Tadbirda adliya tizimidagi faoliyatga oid turli burchaklar tashkil qilinadi. Mazkur burchaklarda:
▫️sud-ekspertizaga oid jihozlar;
▫️davlat xizmatlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar;
▫️yuridik universitetning taʼlim jarayoniga tegishli tarqatma materiallar;
▫️arxiv hujjatlaridan namunalar;
▫️intellektual mulkka tegishli ixtiro, foydali model, sanoat namunalari;
▫️Adolat markazi tomonidan nashr etilayotgan eng soʻnggi qoʻllanma, kitoblar bilan tanishish bilan birgalikda, vazirlik faoliyatiga oid qiziqarli maʼlumotlarga ega boʻlasiz.

Barchangizni Adliya vazirligi va tizim faoliyati bilan yana bir bor yaqinroq tanishuvga — Ochiq eshiklar kuniga taklif etamiz!

📍Manzil: Toshkent davlat yuridik universiteti (3-oʻquv binosi). Amir Temur koʻchasi, 13A-uy (sobiq ADO)

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_javob

❓Elektron yo‘l varaqasi nima, qanday tizim orqali rasmiylashtiriladi va elektron yo‘l varaqasida qanday ma’lumotlar ko‘rsatilishi shart?

— Elektron yo‘l varaqasi — hisobga olish seriyasi va tartib raqamiga ega bo‘lgan, elektron yo‘l varaqasi tizimi orqali yuritiladigan va avtotransport vositalarining ishini belgilab beruvchi QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan tasdiqlangan asosiy hujjat.

Elektron yo‘l varaqasi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimining “Elektron yo‘l varaqa” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali rasmiylashtiriladi va yuritiladi.

Bunda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashish uchun rasmiylashtiriladigan yo‘l varaqasi elektron va an’anaviy shaklda rasmiylashtiriladi va yuritiladi.

Elektron yo‘l varaqasida quyidagilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi shart:
▫️ yo‘l varaqasining turi, raqami, amal qilish muddati, shuningdek, avtotransport vositasining rusumi va egasi;
▫️ tashish turi, yuk turi, haydovchining kunlik tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi;
▫️ avtotransport vositasining sozligi va texnik ko‘rikdan o‘tganligi, haydovchiga berilgan yoqilg‘i miqdori, avtotransport vositasidagi yoqilg‘i qoldig‘i;
▫️ shahar va shahar atrofida muntazam yo‘nalishlardagi avtobusga o‘rnatilgan validatorlar orqali amalga oshirilgan to‘lovlar;
▫️ haydovchining ish soati, shu jumladan, kunlik va oylik, tungi vaqtda, bayram va dam olish kunlarida ishlagan soatlari, tejagan va sarf qilgan yoqilg‘isi miqdori, haydovchiga to‘langan ish haqi;
▫️ haydovchi tomonidan sodir etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilishi.

Elektron yo‘l varaqasiga kiritiladigan ma’lumotlar foydalanuvchilar hamda ularning tegishli mas’ul xodimlari tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-yanvardagi 44-son qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat xizmatlari orqali “Kredit tarixi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish” tartibidan xabardormisiz?

Batafsil videorolikda....

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_onlayn

Ayni vaqtda Yuridik xizmat xodimlari uchun “Yuridik transformatsiya: nuqtai nazarlarni bogʻlash” mavzusida seminar boʻlib oʻtmoqda.


Adliya vazirligi tomonidan Dentons Tashkent yuridik firmasi bilan hamkorlikda yuridik xizmat xodimlari uchun “Yuridik transformatsiya: nuqtai nazarlarni bogʻlash” mavzusida ikki kunlik seminar oʻz ishini boshladi.

Tadbirni Adliya vazirining oʻrinbosari Muzraf Ikramov ochib berib, sohani tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari, amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalarga toʻxtalib, chet davlatlarda yuridik xizmat sohasiga sunʼiy intellektdan foydalanish tizimlari joriy etilayotganligiga alohida urgʻu berib oʻtdi.

Seminarda Dentons Tashkent yuridik firmasi hamkori Bobur Shamsiyev ham soʻzga chiqib, yuridik xizmatlar faoliyatida sunʼiy intellektdan foydalangan holda innovatsion ishlash metodlariga oʻtishga va bu orqali sohani transformatsiya qilishga boʻlgan talab oshib borayotganligini va rejalashtirilgan tadbir shu yoʻnalishlarga qaratilishini toʻxtaldi.

@adliyangiliklari
​#Adliya_aksiya

Namanganda “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasiga start berildi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi tuman, shahar adliya boʻlimlari tomonidan eʼlon qilingan aksiya doirasida “Sayyor qabul” va yoshlar bilan muloqotlar tashkil etilmoqda.

Jumladan, Toʻraqoʻrgʻon tuman adliya boʻlimi tuman Mahallalar uyushmasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi 37-sonli umumtaʼlim maktabida otaliqqa olingan yoshlar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Shuningdek, yoshlarning bandligini taʼminlash maqsadida aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi tashkil etilib, mavjud boʻsh ish oʻrinlarida ishlash istagini bildirgan yoshlarning 9 nafariga turli kasb va lavozimlarga yoʻllanmalar rasmiylashtirildi.

Chortoq tumani adliya boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan aksiyada tuman adliya boʻlimi xodimlari tomonidan milliy gvardiya tuman boʻlimi, aholi bandligiga koʻmaklashish markazi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi 1-sonli kasb hunar maktabida otaliqqa olingan yoshlar uchun sayyor qabul tashkil etildi. Yoshlarni bandligini taʼminlash maqsadida aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan oʻtkazilgan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasida 4 nafar yoshning bandligi taʼminlashga erishildi.

Eslatib oʻtamiz, Adliya vazirligi tomonidan “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi 2024-yilning 13-maydan 13-iyunga qadar davom etadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Rishton tumanidagi “kichik Yaponiya”

Adliya vaziri A. Toshqulov yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularga yaratilayotgan keng imkoniyatlar borasida olib borilayotgan ishlarni koʻzdan kechirish maqsadida Fargʻona viloyatiga tashrif buyurdi.

1998-yildan buyon Rishton tumanida “Noriko Gakyu” yapon tili toʻgaragi faoliyat koʻrsatmoqda. Bu toʻgarak birinchi navbatda kam taʼminlangan oilalar farzandlariga moʻljallangan.

Adliya vaziri ilk tashrifini mana shu ziyo maskanida boshladi. Bu yerda yoshlarga yaratilgan sharoit va imkoniyatlarni koʻzdan kechirdi. Adliya vaziri xizmat safari davomida kam taʼminlangan oila farzandlarini yanada kengroq jalb qilish, huquqiy sohada yoshlarga taʼlim berishni rivojlantirish masalalarida fikr almashdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Paxtachilik 10 nafar yoshlarga adliya yordamida yer ajratildi

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi otaliqqa olingan yoshlar bilan manzilli ravishda ishlab kelmoqda. Bunda ularning bandligini taʼminlash, muammolarini oʻrganish va bartaraf etish ustuvor vazifa boʻlib turibdi.

Xususan, Paxtachi tuman davlat xizmatlari markaziga ham “Tadbirkor” mahallasidagi 10 nafar yoshlar biriktirilgan edi. Oʻrganishlar davomida ularning dehqonchilik uchun yer maydoniga ehtiyoji borligi maʼlum boʻldi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📹 Adliya vazirligi tomonidan Dentons Tashkent yuridik firmasi bilan hamkorlikda yuridik xizmat xodimlari uchun “Yuridik transformatsiya: nuqtai nazarlarni bogʻlash” mavzusida tashkil etilgan seminarning birinchi kun yakunlari

@adliyangiliklari