ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi rahbari bilan uchrashdi

Joriy yilning 3-may kuni adliya vaziri o‘rinbosari A.Karimovning Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) rahbari Ali Riza Tezjan bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv avvalida A.Karimov O‘zbekistonda olib borilayotgan huquq va adliya sohasidagi islohotlar jarayonida TIKA bilan hamkorlik qilishdan mamnun ekanligini bildirdi.

Uchrashuv davomida mehmonga yurtimizda amalda bo‘lgan qurilish sohasidagi ma’muriy tartib-taomillarni soddalashtirish, xususan, yer va qurilish munosabatlarini huquqiy tartibga solish dolzarb masala ekanligi ma’lum qilinib, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

Xususan, vazirlik tomonidan ishlab chiqilayotgan «Renovatsiya to‘g‘risida»gi Qonun loyihasiga alohida to‘xtalib o‘tildi hamda yer munosabatlari, yashil hududlarni kengaytish, ko‘p qavatli uylarda energiya sarfi bilan bog‘liq munosabatlarni huquqiy tartibga solishda Turkiya tajribasini o‘rganish bo‘yicha hamkorlik qilish taklifi bildirildi.

TIKA rahbari yuqorida sanab o‘tilgan sohalarda Turkiyada amalga oshirilgan ishlar haqida so‘zlab, ta’kidlangan hamkorlikni amalga oshirishdan mamnun ekanligini va bu borada vazirlikka ko‘makchi bo‘lishga tayyorligini bildirdi.

Tajriba almashish uchun soha mas’ullarni Turkiyada ko‘rishga umid bildirishini ma’lum qildi. Uchrashuv so‘ngida tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari

Navoiy adliya: davlat xizmatlari endi yanada oson, tez va qulay

Navoiy viloyatida mahallalarda davlat xizmatlardan tez, oson va qulay foydalanish imkonini beruvchi interaktiv kioskalar oʻrnatilmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, dastlab Prezident Sh.Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi chogʻida mazkur turdagi infokioskalarning taqdimoti boʻlib oʻtgan edi. Adliya vazirligi topshirigʻiga asosan, kioskalar faoliyati yanada takomillashtirilib, davlat xizmatlari markazlaridan nisbatan uzoqda ammo, aholi soni koʻp mahallalarga joylashtirilmoqda.

Navoiy viloyatida mazkur jarayon bosqichma-bosqich amalga oshirilishi nazarda tutilgan. Dastlab 8 ta, keyinchalik 30 ta mahallaga infokioskalar qoʻyilishi rejalashtirilmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishda mahalliy kengashlarning norma ijodkorligi sohasidagi faoliyatini takomillashtirish yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_hisobot

2024-yil I chorakda
▫️“Bor-baraka, sotildi”: sotilgan eng qimmat va eng arzon avtomobillar narxi

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi yuridik texnikumlari oʻquvchilari oʻrtasida “Fuqarolik va maʼmuriy sud ishlari boʻyicha namunaviy sud protsessi” tanlovining respublika bosqichi gʻoliblari aniqlandi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_hisobot

2024-yil I chorakda
▫️Qaysi hujjat eng koʻp oʻqildi? Lex.uz statistikasi

@adliyangiliklari
#Adliya_hisobot

2024-yil I chorakda
▫️Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasiga oid muhim koʻrsatkichlar

@adliyangiliklari
#Muhim

📣 Bugun, 6-may kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Adliya vazirligining matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Mavzu: Yuridik xizmat sohasidagi erishilgan yutuqlar va kelgusidagi rejalar.

Vaqti: 15:00 da 

📲 Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning Facebook hamda YouTubedagi sahifasi orqali JONLI tomosha qiling.

Ushbu matbuot anjumaniga barcha OAV vakillarini taklif qilamiz.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM