ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Qiziltepa — tadbirkorlar makoni. Navoiy viloyatining mazkur hududida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tobora rivojlanib bormoqda. Qiziltepalik kishi borki, qaysidir bir sohada tadbirkorlik boshlagan.

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev tomonidan qiziltepalik tadbirkorlar murojaatlari hamda aholiga davlat xizmatlari koʻrsatish sifati oʻrganildi.

“Yangi asr” tadbirkorlik subyekti nafaqat Qiziltepa tumani balki, viloyatda ham sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha yirik ishlab chiqarish quvvatlaridan biri hisoblanadi. Masʼullar bilan muloqot davomida tadbirkorlar bank-kredit va shartnoma munosabatlari, eksport jarayonlarida yuzaga kelayotgan muammolar boʻyicha huquqiy tushunchalar olishdi.

Shuningdek, qoʻlqop ishlab chiqarish zavodi faoliyati bilan ham yaqindan tanishildi. Maxsus qoʻlqoplar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavodda ayni paytda 50 nafardan ortiq fuqaro ish bilan band. Mahsulotlarning eksportga chiqarilish koʻrsatkichi 100 foizni tashkil etadi. Suhbat davomida korxonaning istiqboldagi rejalari qonunchilikka mos ravishda koʻrib chiqildi.

Jarayonda hududdagi ijtimoiy obyektlar ham koʻzdan kechirildi. Bunda ayniqsa, yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, yangi qurilish inshootlari hamda sport majmualari eʼtibor markazida boʻldi. Xususan, shaxmat maktabi faoliyati mavjud qulayliklar bilan yaqindan tanishildi.

Shundan soʻng, adliya boʻlimi, davlat xizmatlari, yuridik xizmat koʻrsatish markazi va FHDY faoliyati tahlil etilib, xodimlar bilan samaradorlik koʻrsatkichlari yuzasidan suhbat oʻtkazildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Yuqori natijaga erishgan xodimlar doimiy e'tiborda!

Adliya vazirligi tomonidan doimiy ravishda jamoada mehnatsevarligi va yuqori natijalarni ko'rsatganligi bilan ajralib turuvchi xodimlar qadrlanib, rag'batlantirib boriladi.

Davlat xizmatlari sohasida ham joriy yilning 1-choragi davomida fuqarolarimizga eng ko'p xizmat ko'rsatgan xodimlar aniqlandi.

Ushbu xodimlar jamoaning boshqa xodimlariga o'ziga xos namuna bo'lib xizmat qilsa ajab emas.

Ularning kelgusidagi faoliyatlariga omad tilaymiz.

Ma’lumot uchun: bugungi kunda markazlar tomonidan 355 turdagi  xizmatlar ko‘rsatilib kelinmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_hisobot

2024-yil I chorakda
▫️DXMda qachon navbat kam boʻladi: davlat xizmatlari markazlariga oid muhim raqamlar

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi malaka komissiyasining 2024-yil 19-aprel kungi 6-son majlis qarori va Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 19-aprel 96-um-son buyrugʻi bilan
▫️Nukus shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar M.Tagayev (QR0036, 22.04.2020-yil), A.Sarsenbayeva (QR0052, 19.05.2021-yil) hamda Amudaryo tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius G.Norimbatovalarning (QR0058,19.07.2022-yil) 19-aprel kunidan e’tiboran 15 kun muddatga litsenziyalarining amal qilishi to‘xtatilgan.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Qatar moliya markazi sudyasi Frederik Deniel Yakobus Brend bilan xalqaro tijorat sudlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_hisobot

2024-yil I chorakda
▫️NNTlar xorijdan qancha mablagʻ oladi

@adliyangiliklari
#Sayyor_qabul

Samarqand tumanida yashovchi fuqaro N.Z. 2 nafar farzandiga ham ota, ham ona. Afsuski, turmush oʻrtogʻining vafotidan soʻng hayotning turli sinovlariga duch kela boshladi. Hatto oilasi bilan yashab kelgan uyidan ham chiqarib yuborishdi. Hududga Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining kelishi fuqaroga ayni muddao boʻldi. Uning huquqlari qonun bilan himoyalanadigan boʻldi.

Boshqarma boshligʻi Salohiddin Sattorovning “Oqmachit” mahallasida boʻlib oʻtgan sayyor qabulida hudud aholisining ana shunday huquqiy muammolari tinglandi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari