#Adliya_yoshlar
Otaliqqa olingan yoshlar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi
Samarqand viloyatidagi barcha tuman, shaharlarda viloyat adliya boshqarmasi tomonidan kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi bilan hamkorlikda otaliqqa olingan yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Unda 60 dan ortiq tashkilotlar va davlat idoralari, muassasalar 400 dan ziyod ish o‘rinlari bilan qatnashdi.
👉Batafsil
@adliyangiliklari

#Adliya_xabari
Adliya vazirligi tomonidan “O‘zsuvta’minot” AJ va uning tuman (shahar) filiallari tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishida yuzaga kelayotgan muammolar, qonun buzilishi holatlariga sabab bo‘layotgan holatlarni bartaraf etishga qaratilgan seminar o‘tkazildi.
Seminarda Adliya vazirligi tomonidan “O‘zsuvta’minot” AJning tuman (shahar) filiallari o‘tkazilgan o‘rganish davomida aniqlangan qonunbuzilishi holatlari, ularni sodir etilishiga sabab bo‘layotgan muammolar atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan axborot tizimlaridan foydalanish va talab qilish taqiqlangan ma’lumotnoma va hujjatlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda olish bo‘yicha ko‘rgazmali ravishda tushuntirishlar berildi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_OAV
Qoraqalpogʻiston Respublikasida bir oilaning 6 nafar farzandi tugʻilganlik haqidagi guvohnomaga ega boʻldi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vazirining oʻrinbosari M.Abdijaliyev rahbarligida Beruniy tumani adliya boʻlimi bilan birgalikda fuqaroning 6 nafar farzandiga tugʻilganlik haqidagi guvohnomalari topshirildi.
Yana bir fuqaroning 2011-yilda tugʻilgan oʻgʻlining Qozogʻiston Respublikasidan tugʻilishini qayd qilish uchun zarur boʻlgan hujjatlar Xalqaro Minsk konvensiyasi asosida oldirildi va uning ham tugʻilganligi qayd etildi.

Adliya vazirligi yuridik texnikumlari oʻquvchilari oʻrtasida “Fuqarolik va maʼmuriy sud ishlari boʻyicha namunaviy sud protsessi” tanlovining respublika bosqichiga start berildi.
Tanlovni Adliya vazirligi Yuridik taʼlim va sud-ekspertiza boshqarmasi boshligʻi J.Nuritdinov ochib berdi va mazkur tanlov ikkinchi marotaba tashkil etilayotganligi, uning nufuzi va oʻquvchilarning jarayonlarda oʻz pozitsiyalari uchun kurashishlari ularning yuridik sohadagi bilim va koʻnikmalarini yanada mustahkamlashi borasida taʼkidlab oʻtdi.
Dastavval, toʻrtta mintaqa bosqichida yuqori natijalarni qayd etgan Qashqadaryo, Xorazm, Jizzax va Fargʻona viloyati yuridik texnikumlarining jamoa sardorlari Fuqarolik sud ishlari boʻyicha namunaviy sud protsessining yarim final bosqichida qurʼa tashlash yoʻli orqali ikki guruhga boʻlindi hamda daʼvogar va javobgar taraflar pozitsiyasida bahslarga kirishdi. Jarayonlarni hakamlar hayʼati aʼzolari nizom talablariga muvofiq adolatli va shaffof tarzda baholab bormoqda.

#Adliya_hisobot
2024-yil I chorakda
▫️Qaysi tashkilot bilan ish bitishi qiyin: davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida ijro intizomi va qonun buzilishlar

#Ochiq_adliya
Adliya sarhisobi: 2024-yilning 1 choragida qayd etilgan qiziqarli faktlar
🔼 Qaysi tashkilot bilan ish bitishi qiyin: davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida ijro intizomi va qonun buzilishlar
🔼 DXMda qachon navbat kam boʻladi: davlat xizmatlari markazlariga oid muhim raqamlar
🔼 NNTlar xorijdan qancha mablagʻ oladi
🔼 “Bor-baraka, sotildi”: sotilgan eng qimmat va eng arzon avtomobillar narxi
🔼 “E-qaror”ning qiziqarli statistikasi: tizim orqali qabul qilingan qarorlar
🔼 Adliyacha iqtisod: tizimda tejab qolingan energiya va qogʻoz miqdori
🔼 Otalikni belgilash, haqorat va montaj videolarni aniqlash: qaysi yoʻnalishlarda eng koʻp sud ekspertizalari amalga oshirildi
🔼 Qanday mahsulotlar eng koʻp soxtalashtiriladi: aniqlangan kontrafakt mahsulotlar sohalar kesimida
2024-yil 1 chorak hisoboti bilan batafsil 👉 tanishingiz mumkin
@adliyangiliklari
Adliya sarhisobi: 2024-yilning 1 choragida qayd etilgan qiziqarli faktlar
2024-yil 1 chorak hisoboti bilan batafsil 👉 tanishingiz mumkin
@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Qiziltepa — tadbirkorlar makoni. Navoiy viloyatining mazkur hududida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tobora rivojlanib bormoqda. Qiziltepalik kishi borki, qaysidir bir sohada tadbirkorlik boshlagan.
Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev tomonidan qiziltepalik tadbirkorlar murojaatlari hamda aholiga davlat xizmatlari koʻrsatish sifati oʻrganildi.
“Yangi asr” tadbirkorlik subyekti nafaqat Qiziltepa tumani balki, viloyatda ham sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha yirik ishlab chiqarish quvvatlaridan biri hisoblanadi. Masʼullar bilan muloqot davomida tadbirkorlar bank-kredit va shartnoma munosabatlari, eksport jarayonlarida yuzaga kelayotgan muammolar boʻyicha huquqiy tushunchalar olishdi.
Shuningdek, qoʻlqop ishlab chiqarish zavodi faoliyati bilan ham yaqindan tanishildi. Maxsus qoʻlqoplar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavodda ayni paytda 50 nafardan ortiq fuqaro ish bilan band. Mahsulotlarning eksportga chiqarilish koʻrsatkichi 100 foizni tashkil etadi. Suhbat davomida korxonaning istiqboldagi rejalari qonunchilikka mos ravishda koʻrib chiqildi.
Jarayonda hududdagi ijtimoiy obyektlar ham koʻzdan kechirildi. Bunda ayniqsa, yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, yangi qurilish inshootlari hamda sport majmualari eʼtibor markazida boʻldi. Xususan, shaxmat maktabi faoliyati mavjud qulayliklar bilan yaqindan tanishildi.
Shundan soʻng, adliya boʻlimi, davlat xizmatlari, yuridik xizmat koʻrsatish markazi va FHDY faoliyati tahlil etilib, xodimlar bilan samaradorlik koʻrsatkichlari yuzasidan suhbat oʻtkazildi.