ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

White & Case yuridik firmasining hamkori va AQSh — Oʻzbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm bilan ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Bugun adliya vaziri Akbar Toshqulov White & Case yuridik firmasining hamkori va AQSh — Oʻzbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Maʼlumot uchun: White & Case yuridik firmasi AQShning eng kuchli yuridik firmalar “Big law” reytingida birinchi beshtalikka kiruvchi, 31 ta davlatda oʻz vakolatxonalari orqali faoliyat yurituvchi hamda Oʻzbekistonda ilk faoliyatini 1993-yil boshlagan yirik yuridik firmalardandir. K.Lemm uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan.

Uchrashuvda tomonlar mamlakatning investitsion salohiyatni mustahkamlash, Toshkent xalqaro tijorat sudini tashkil etish, vazirlik xodimlarining White & Case yuridik firmasining Vashingtondagi ofisida malakasini oshirish masalalarida atroflicha fikr almashdilar.

K.Lemm Oʻzbekistonda sud-huquq islohotlari va investitsion muhitni yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy natija berayotganini, buning aniq misoli 2023-yil Vashingtonda oʻtkazilgan Oʻzbekiston — Amerika biznes forumida ishtirok etgan 350 dan ortiq amerikalik investorlarning Oʻzbekistonga sarmoyalar kiritishga boʻlgan ishtiyoqida oʻz aksini topganligini qayd etdi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📹 Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev tomonidan Navoiy viloyatining Xatirchi tumani aholisining maishiy turmush sharoiti, murojaatlari va yoshlar masalalari o‘rganildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Navoiyning shimoliy hududlari va yirik ishlab chiqarish quvvatlari oʻrganildi

Navoiy viloyatining Zarafshon shahri, Uchquduq va Tomdi tumanlari viloyat markazidan 200–300 km uzoqlikda joylashgan. Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev tomonidan mazkur hududlarda aholiga koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari, fuqarolarning maishiy turmush sharoiti va murojaatlari oʻrganildi.

Bugungi kunda viloyatning shimoliy hududida umumiy hisobda 140 mingdan ortiq aholi istiqomat qilmoqda. Fuqarolarning aksariyati togʻ-kon sanoatida faoliyat yuritadi. Tomdiliklarning asosiy daromadi esa chorvachilik orqasidan. Hududga xos boʻlgan muammolar suv va uy-joy taʼminoti, yoʻl qurilishi hamda bandlik bilan bogʻliq.

Mazkur hudud fuqarolari asosan ruhiy kasalliklar va narkologiya dispanserida navbatda turish yoki turmaslik, sudlanganlik yoki sudlanmaganlik boʻyicha maʼlumot olish hamda farzandlarini taʼlim muassasalariga navbatga qoʻyish boʻyicha eng koʻp davlat xizmatlaridan foydalanishgan. Mas’ullar aholi murojaatlarini oʻrganishar ekan ushbu masalalarga alohida eʼtibor qaratishdi.

Shundan soʻng, davlat xizmatlarida fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar koʻzdan kechirilib, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar va xorijga chiqish pasportlarini berish, qonunchilik tartibida rasmiylashtirish, yuridik xizmat koʻrsatish, FHDY va arxiv hujjatlari holati tahlil etildi.

Bundan tashqari, adliya vaziri oʻrinbosari viloyatning yirik ishlab chiqarish quvvatlaridan biri “Navoiyuran” davlat korxonasining bugungi kundagi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. “Navoiyuran”DK esa mamlakatimizda uran qazib olish boʻyicha yagona korxona hisoblanadi. Hozirgi kunda “Navoiyuran” DK oʻz mahsulotini 100 foiz eksportga yoʻnaltirmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_yoshlar

Otaliqqa olingan yoshlar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Samarqand viloyatidagi barcha tuman, shaharlarda viloyat adliya boshqarmasi tomonidan kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi bilan hamkorlikda otaliqqa olingan yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Unda 60 dan ortiq tashkilotlar va davlat idoralari, muassasalar 400 dan ziyod ish o‘rinlari bilan qatnashdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan “O‘zsuvta’minot” AJ va uning tuman (shahar) filiallari tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishida yuzaga kelayotgan muammolar, qonun buzilishi holatlariga sabab bo‘layotgan holatlarni bartaraf etishga qaratilgan seminar o‘tkazildi.

Seminarda Adliya vazirligi tomonidan “O‘zsuvta’minot” AJning tuman (shahar) filiallari o‘tkazilgan o‘rganish davomida aniqlangan qonunbuzilishi holatlari, ularni sodir etilishiga sabab bo‘layotgan muammolar atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan axborot tizimlaridan foydalanish va talab qilish taqiqlangan ma’lumotnoma va hujjatlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda olish bo‘yicha ko‘rgazmali ravishda tushuntirishlar berildi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_OAV

Qoraqalpogʻiston Respublikasida bir oilaning 6 nafar farzandi tugʻilganlik haqidagi guvohnomaga ega boʻldi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vazirining oʻrinbosari M.Abdijaliyev rahbarligida Beruniy tumani adliya boʻlimi bilan birgalikda fuqaroning 6 nafar farzandiga tugʻilganlik haqidagi guvohnomalari topshirildi.

Yana bir fuqaroning 2011-yilda tugʻilgan oʻgʻlining Qozogʻiston Respublikasidan tugʻilishini qayd qilish uchun zarur boʻlgan hujjatlar Xalqaro Minsk konvensiyasi asosida oldirildi va uning ham tugʻilganligi qayd etildi.

@adliyangiliklari