#Adliya_xabari
“Bepul (davlat hisobidan) yuridik yordam ko‘rsatish” bo‘yicha xalqaro ekspertlar ishtirokida advokatlar uchun seminar tashkil etildi
👉Batafsil
@adliyangiliklari

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2024-yil 2-apreldagi 3-son yig‘ilish qaroriga asosan Buxoro viloyat adliya boshqarmasining 2024-yil 2-apreldagi tegishli buyrug‘i bilan:
▫️Buxoro shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius D.Soibovaga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi joriy yilning 3-aprel kunidan 15 kun muddatga to‘xtatildi.
▫️G‘ijduvon tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius M.Mullayevga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi joriy yilning 6-aprel kunidan 15 kun muddatga to‘xtatildi.
▫️Kogon shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius N.Gulamovga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi joriy yilning 4-aprel kunidan 1 oy muddatga to‘xtatildi.
▫️Buxoro shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius U.Saxatovga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi joriy yilning 6-aprel kunidan 1 oy muddatga to‘xtatildi.
▫️Buxoro shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius X.Xatamovaga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi joriy yilning 8-aprel kunidan 6 oy muddatga to‘xtatildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi malaka komissiyasining 2024-yil 3-aprel kungi 5-son majlis qarori va Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 4-apreldagi 82-um-son buyrug‘i bilan:
▫️ Ellikqal’a tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius M.Elmuratov (QR 0006, 20.04.2020-yil) va Nukus shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius A.Ametova (QR0019,22.04.2020-yil) 3-aprel kunidan e’tiboran 1 (bir) oy muddatga;
▫️Nukus shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar G.Najimova, K.Djumaniyazova, E.Erniyazova va M.Madireymovalar 3-aprel kunidan e’tiboran 15 (o‘n besh) kun muddatga litsenziyalarining amal qilishi to‘xtatildi.

Forwarded from Davlat xizmatlari yangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
💻Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani olish uchun online buyurtma bering!
🏠Pochta xizmati uyingizga etkazib beradi!
📄Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani uydan turib YIDXP (my.gov.uz) orqali olish mumkin. Avalgidek, FHDY organlariga bormaysiz, navbat kutib ovora boʻlmaysiz, bir-nechta hujjatlarga imzo qoʻymaysiz, asosiysi navbat kutib turmaysiz.
⌨️Buning uchun (my.gov.uz) orqali buyurtma berasiz.
📝Buyurtmada:
⏺Farzandingizga tegishli ma'lumotlar to'ldiriladi;
⏺Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani yetkazib beriladigan manzil koʻrsatiladi;
💬Soʻngi qadamda invoys shakillanadi va BHMning 15 foizi (45 900 so'm) miqdorida hamda pochta xizmati uchun 25 000 soʻm toʻlov amalga oshiriladi.
👨💻FHDY xodimi, kelib tushgan buyurtmani koʻrib chiqib, chop etgan Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani pochta xizmatiga taqdim etadi.
🚗Guvohnoma pochta xizmati tomonidan yetkaziladi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat

#Adliya_hudud
Toshkent shahar adliya boshqarmasiga murojaat qilgan fuqaroga huquqiy yordam ko'rsatilib, kompensatsiya pullari undirib berildi.
@adliyangiliklari
Toshkent shahar adliya boshqarmasiga murojaat qilgan fuqaroga huquqiy yordam ko'rsatilib, kompensatsiya pullari undirib berildi.
@adliyangiliklari
Audio
#Adliya_va_OAV
Adliya vazirligi masʼul xodimi Abror Maxsudov “Oʻzbekiston” radiosida tashkil etilgan suhbat davomida davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi yangiliklar haqida gapirib berdi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing
Joriy yilning 1-choragida 21 ta yangi xizmat koʻrsatish joriy etilgan. Yil oxiriga qadar ular 400 taga yetkaziladi
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva maʼlum qildi.
▫️Ulardan 55 turdagi xizmat bepul koʻrsatiladi, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslar, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga 50 foiz chegirma qoʻllaniladi.
▫️2024-yilning 1-choragida markazlar orqali 7,9 mln davlat xizmatlari koʻrsatildi, shundan 5,6 mlnga yaqini markazlar orqali, 2,3 mlndan ortigʻi onlayn tarzda koʻrsatildi.
▫️Oʻrtacha xizmat koʻrsatish vaqti 1 daqiqadan 10 daqiqagacha, oʻrtacha kutish vaqti 20 daqiqani tashkil etdi.
▫️8 ta davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonlari soddalashtirildi. 2024-yilda yana 100 ta davlat xizmatini koʻrsatish jarayonlarini soddalashtiriladi.
▫️2 turdagi proaktiv va 11 turdagi kompozit xizmat koʻrsatilishi yoʻlga qoʻyildi.

“Xalqaro hamkorlikning sud ekspertizani takomillashtirish va rivojlantirishdagi oʻrni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ish boshladi
Adliya vazirligi tomonidan BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi bilan hamkorlikda joriy yilning 18-aprel kuni “Xalqaro hamkorlikning sud ekspertizani takomillashtirish va rivojlantirishdagi oʻrni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻz ishini boshladi.
Qayd etish lozimki, onlayn va oflayn formatda tashkil etilayotgan konferensiyada 8 ta mamlakat (Malayziya, Bolgariya, Turkiya, Hindiston, AQSh, Ozarbayjon, Qozogʻiston va Oʻzbekiston) vakillari va 400 nafardan ortiq ekspertlar, mutaxassislar hamda sud-tergov organlari xodimlari bir davraga jamlangan.
Xalqaro konferensiyaning asosiy maqsadi sud-ekspertiza sohasining zamonaviy holati va muammolarini tahlil qilish, xorijiy sud ekspertiza muassasalarida mavjud ilgʻor tajribalarini oʻrganish, uni kengroq tatbiq etish hamda sohani yanada takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish uchun muhokama maydonini yaratish hisoblanadi.
Konferensiya ishtirokchilariga mamlakatimizda sud ekspertizaning imkoniyatlari hamda bu sohada amalga oshirilayotgan ishlar yaqindan tanishtirildi. Konferensiya 19—20-aprel kunlari ham oʻz ishini davom ettiradi.

Xabar berganimizdek, “Xalqaro hamkorlikning sud ekspertizani takomillashtirish va rivojlantirishdagi oʻrni” mavzusida konferensiya boʻlib oʻtmoqda.
Konferensiya doirasida adliya vaziri A. Toshqulovning Sud ekspertiza xalqaro assosiatsiyasi (IAFS) prezidenti, Bolgariyadagi Gabrovo sud ekspertizasi tashkiloti rahbari, professor Yanko Kolev, Osiyo sud ekspertiza tarmogʻi (AFSN) vitse-prezidenti, Malayziya Fan, texnologiya va innovatsiyalar vazirligi qoshidagi Kimyo departamenti rahbari Halimah binti Abdul Rahim xonim hamda Turkiya Adliya vazirligi huzuridagi Sud tibbiyot instituti prezidenti Xizir Asliyukseklar bilan ikki tomonlama uchrashuvlari boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvlar davomida xorijiy hamkorlar tomonidan mamlakatimizda sud ekspertiza sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar eʼtirof etilib, mazkur sohani yanada rivojlantirishda hamkorlikka tayyorligi maʼlum qilindi.
Mazkur uchrashuvlar davomida Respublika sud ekspertiza markazi sud ekspertlarini xalqaro stajirovkalarini tashkil etish, xorijiy ekspertlar bilan hamkorlikda tadqiqotlar olib borilishini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishib olindi.
Shuningdek, sohada yangi uslubiyotlarni ishlab chiqish hamda mavjudlarini yangilash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Adliya vaziri A. Toshqulov: raqamli dalillar bilan ishlash va kiber jinoyatlarni aniqlashga doir xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish lozim
Joriy yilning 18—19-aprel kunlari “Xalqaro hamkorlikning sud ekspertizani takomillashtirish va rivojlantirishdagi oʻrni” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtmoqda.
Keng doiradagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Adliya vazirligi hamda Birlashgan millatlar tashkilotining Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan.
Konferensiyani kirish soʻzi bilan adliya vaziri A. Toshqulov ochib berdi. Vazir oʻz maʼruzasida kiber jinoyatchilik zamon va makon tanlamasligi shu oʻrinda hech bir davlat fuqarosi undan toʻliq himoyalanmaganini alohida taʼkidladi. Mazkur masalaga ijobiy yechim topish maqsadida bir qator takliflarni oʻrtaga tashladi.
Xususan, raqamli dalillar bilan ishlash va kiber jinoyatlarni aniqlashga doir hamkorlikni yanada kengaytirish lozimligi, ushbu sohada faoliyat yurituvchi ekspert va mutaxassislarni soha rivojlangan mamlakatlarda tizimli malaka oshirishini taʼminlash; yaratilayotgan yangi texnologiya va uslubiyotlar bilan mamlakatlarimiz ekspertiza muassasalarini doimiy ravishda taʼminlab borish. Vazir sohani yanada rivojlantirish maqsadida Sud ekspertlari sohadagi yangiliklardan xabardor qiluvchi maʼlumotlar bazalarini yanada rivojlantirish lozimligini taʼkidladi.
Shuningdek, Oʻzbekistonda bu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida sud ekspertiza tizimi tezkorlik bilan rivojlanib borayotgani mazkur islohotlarni amalga oshirishda xalqaro hamkorlikning alohida oʻrni borligini aytib oʻtdi. Darhaqiqat, mazkur xalqaro konferensiyaning asosiy maqsadi ham sud-ekspertiza sohasining zamonaviy holati va muammolarini tahlil qilish, xorijiy sud ekspertiza muassasalarida mavjud ilgʻor tajribalarini mamlakatlarimizda tatbiq etish hamda uni yanada takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish uchun muhokama maydonini yaratish hisoblanadi.

“Xalqaro hamkorlikning sud ekspertizani takomillashtirish va rivojlantirishdagi oʻrni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻz ishini davom ettirmoqda
“Xalqaro hamkorlikning sud ekspertizani takomillashtirish va rivojlantirishdagi oʻrni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning ikkinchi kuni davom etmoqda.
Bugungi tadbirda konferensiya ishtirokchilari tomonidan sud ekspertiza sohasidagi muhim ahamiyatga ega boʻlgan mavzular boʻyicha maʼruzalar qilindi.
Xususan, Jinoyat ishlari boʻyicha maxsus bilimlardan foydalanish, sud organlari va ekspertiza muassasalarining elektron bazalarini integratsiyalashtirish, xalqaro amaliyotda virtual autopsiyaga yangi qarashlar, giyohvandlik vositalarini noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashishning ustuvor yoʻnalishlari, sud-ekspertlik faoliyatida sunʼiy intellektdan foydalanish, raqamli kriminalistika boʻyicha hamkorlikning dolzarbligi masalalari boʻyicha maʼruzalar qilindi.
Shuningdek, narkobiznesga qarshi kurashish samaradorligini oshirish maqsadida giyohvandlik vositalarini ekspertizadan oʻtkazish doirasida xalqaro hamkorlik, portlash va yongʻin bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlar joyini koʻzdan kechirishda dronlardan foydalanishning samaradorligi, odam DNKsi sud-biologik ekspertizasini rivojlantirishda xalqaro hamkorlik hamda yangi texnologiyalarni joriy qilishning ahamiyati, MPS texnologiyasiga asoslangan yechimlar orqali sud-genetik ekspertiza samaradorligini oshirish va boshqa sud ekspertiza sohasi faoliyatiga oid taqdimotlar namoyish qilindi.
Konferensiyaning ikkinchi kunida tadbir ishtirokchilari tomonidan sohani rivojlantirishga doir qiziqarli savollar, taklif va tavsiyalar berildi hamda xorijiy davlatlarning ushbu soha boʻyicha tajribalari muhokama qilindi.