ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Xon_atlas_festivali

Xon atlas festivali doirasida tashkil etilgan fleshmobda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi xotin-qizlar ham faol ishtirok etmoqda

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Yoshlar muammolaridan amaliy natijaga

Samarqand viloyatida yoshlarning muammolarini oʻrganish, ularga huquqiy yordam koʻrsatishga qaratilgan chora-tadbirlar davom etmoqda. Natijada yoshlar oʻz masalalariga adliya xodimlari aralashuvi bilan yechim topmoqda.

Jumladan, Oqdaryo tuman adliya boʻlimi tomonidan bugunga qadar tumandagi 1400 nafardan ortiq yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, ularning muammolari, qiziqishlari oʻrganildi. Birgina “Mustaqillik” mahallasidagi 358 nafar yoshlar ana shular jumlasidan.

Mazkur mahallada oʻtkazilgan oʻrganishlarda 1997-yilda tugʻilgan, I-guruh nogironi, fuqaro Toʻlqin Kubayevning yurolmasligi, nogironlar aravachasiga ehtiyoji borligi aniqlangan edi. Tuman adliya boʻlimining saʼy-harakatlari bilan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bilan hamkorlikda fuqaroga zamonaviy, elektron boshqariladigan nogironlik aravachasi sovgʻa qilindi.

@adliyangiliklari
#Muhim

📢📢 Bugun,15-aprel kuni soat 15:00 da O‘zbekiston milliy matbuot markazi binosida “Qonunchilikdagi yangiliklar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etilmoqda.

Mavzu: Mehnat migratsiyasi, xorijda qonuniy ishlash tartibi va mehnat migrantlarini huquqiy himoya qilish masalalari

Tadbirda Adliya vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va boshqa tegishli tashkilot mas'ullari ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob beradi.

OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.

Savollaringizni @MARKAZ16Uz ga yuborishingiz mumkin.

📲 Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning Facebook hamda YouTubedagi sahifasi orqali JONLI tomosha qiling.

@adliyangiliklari
#Ochiq_adliya

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan 2024-yilning 19-aprel kuni xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazilishi munosabati bilan malaka imtihoni jarayoni soat 10-00 dan boshlab videotasvirga olinib, Internet tarmog‘ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatiladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Mehnat migratsiyasi, xorijda qonuniy ishlash tartibi va mehnat migrantlarini huquqiy himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi

👉Batasil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida davlat organlari va tashkilotlari vakillari ishtirokida Jahon odil sudlov loyihasi tashkiloti vakillari bilan “O‘zbekiston Huquq ustuvorligi indeksida” mavzusida onlayn seminar bo‘lib o‘tdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Xorazm viloyatining bir qator oliy ta’lim muassasasalarida intellektual mulk sohasi bo‘yicha seminarlar boʻlib oʻtdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

44 YILLIK MUAMMO YECHIM TOPDI

Muborak tuman "O'zbekiston" mahallasida yashovchi fuqaro Davron Azamatov 44 yoshida ham tug'ilish guvohnomasini olmagan edi.

Fuqaroni ota-onasining hujjatlarida kamchilik bo'lgani bois vaqtida guvohnoma ololmagan fuqaro ko'p joylarda hujjat masalasida qiyinchiliklarga uchraganini aytadi.

Muborak tuman FHDY bo'limi tomonidan amaliy ko'mak berilib, sud tartibida ko'rib chiqildi.

Fuqaro Davron Azamatovga 44 yoshida tug'ilish guvohnomasi sayyor tartibda  yetkazib berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Zararli va xavfli mehnat sharoitlarida ishlaganlik fakti belgilandi


M.Narbayeva 1990-yildan buyon Sayxunobod tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli yuqumli kasalliklar shifoxonasida hamshira lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Zararli va xavfli mehnat sharoitlarida ishlab kelayotganligi sababli unga imtiyozli pensiya tayinlanishi lozim. Biroq, pensiya shu vaqtga qadar tayinlanmagan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
📈Davlat xizmatlarida REKORD KO‘RSATKICH!

15-aprel kuni davlat xizmatlari markazlariga rekord darajada fuqarolar tashrif buyurdi.

Kun davomida 121 mingdan ortiq fuqarolar markazlarga tashrif buyurdi. Shundan 96 366 nafar fuqarolarga yangi davlat xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lsa, 25 mingdan ortig‘i xizmat natijasini olish uchun kelgan. Bitta fuqaroga xizmat ko‘rsatishning o‘rtacha vaqti  3:10 daqiqani tashkil etdi.

Ma'lumot uchun: bugungi kunda markazlar tomonidan 355 turdagi  xizmatlar ko‘rsatilib kelinmoqda.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM