ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aksiya

“Duv-duv gap” koʻrsatuvining (Milliy TV) kechagi sonidan lavha. Koʻrsatuvga kelgan oilada onaning pasporti yoʻq, farzandlariga ham tugʻilganligi haqida guvohnoma rasmiylashtirilmagan. Shu sababli bolalar maktabga chiqa olmayapti, onalar rasman ishga joylasha olmaydi, ijtimoiy himoya ham ololmaydi…

Adliya vazirligi aralashuvi bilan onaga pasport olishiga koʻmaklashildi, 7 nafar sud tartibida tugʻilganligi qayd etilishiga yordam berildi. Videoda hujjatlarning topshirilishi jarayoni. Endi bolajonlar maktabga borishi, taʼlim olishi va kelajagi oʻzgarishi mumkin.

Ikki oy davom etgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi natijasida koʻplab taqdirlar oʻzgardi.

✔️1 639 nafar bugungi kunga qadar tugʻilishi qayd etilmagan shaxslarga tugʻilganlik haqida guvohnoma berildi;

✔️ 10 314 nafar birga yashab kelayotgan fuqarolarning qonuniy nikohi qayd etildi;

✔️ 4 083 nafar shaxslarga nisbatan sudning qayd etilmagan nikohdan ajratish haqidagi qarorlari roʻyxatdan oʻtkazildi;

✔️ 3 246 nafar bugungi kunga qadar oʻlimi roʻyxatga olinmagan shaxslarning oʻlim qayd etilib, yaqin qarindoshlariga guvohnomalari taqdim etildi;

✔️ 11 357 nafar fuqarolarga ID-kartalar berildi;

✔️ 29 118 nafar fuqarolarning tadbirkorlik subyektlari davlat roʻyxatidan oʻtkazildi;

✔️15 312 nafar fuqarolarning tadbirkorlik subyektlari qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazildi;

✔️24 480 nafar fuqarolarning koʻchmas mulk obyektlari davlat roʻyxatidan oʻtkazildi;

✔️15 817 nafar fuqarolarga yoʻqotilgan hujjatlari oʻrniga takroriy guvohnomalar berildi;

✔️1 049 nafar fuqarolarning tugʻilish va oʻlimi haqidagi yuridik faktlarni tasdiqlash yuzasidan sudlarga arizalar kiritildi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

"MAYDON"DA "MENING STARTAP LOYIHAM"


Adliya vazirligi tomonidan yoshlar o‘rtasida tadbirkorlik faoliyatini keng targ‘ib etish, mazkur yo‘nalishda faoliyat boshlash istagida bo‘lgan yoshlarga huquqiy jihatdan ko‘maklashish maqsadida “Mening startap loyiham” huquqiy targ‘ibot tadbirlariga start berilgan.

Navoiy viloyat adliya organlari tizimida loyiha doirasidagi tadbirlar olis hududlardan boshlandi. Xatirchi tumanining "Maydon" mahallasi tog‘ yon bag‘rida joylashgan. Mazkur mahalla hududida tadbirkorlik faoliyatiga qiziqish bildirgan yoshlar bilan tadbirkorlar, huquqshunoslar va mahalliy hokimiyat vakillari ishtirokida amaliy o‘quv tashkil etildi.

Muloqot davomida yoshlarga tadbirkorlikka oid qonun hujjatlar mazmun-mohiyati, bank-kredit va shartnoma munosabatlari, soliq ma’murchiligi, ijara to‘lovni amalga oshirish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha huquqiy tushuncha berilib, tadbirkorlik bo‘yicha ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari taqdimoti tashkil etildi.

@adliyangiliklari
#Muhim_eslatma

Fuqarolarga davlat xizmatlari markazlari, “Litsenziya” axborot tizimi va YIDXP (my.gov.uz) orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatidan uch ish kunidan ortiq vaqtga kechiktirilgan taqdirda, ariza beruvchilarning murojaatlariga asosan, xizmatdan foydalanish uchun to‘langan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlarning 50 foizi ularga bir ish kunida qaytariladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

10 nafardan ortiq notariuslar litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining qaroriga asosan, boshqarma boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:

❌ Payariq tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius D.Ashirovaga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilish muddati joriy yil 8-apreldan 2 oy muddatga;

❌ Kattaqo‘rg‘on tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius F.Xolmurodovga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilish muddati joriy yil 8-apreldan 1 oy muddatga;

❌ Samarqand tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius M.Davronovga xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilish muddati shu yil 8-apreldan 15 kun muddatga to‘xtatildi;

❌ Huddi shuningdek, Samarqand shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar M.Djurayev, N.Isakulova, M.Kadirova, Sh.Maxmudov, Sh.Murtazayev, K.Raximova, S.Tursunov, D.Yusupova;

❌ Kattaqo‘rg‘on tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius O.Tojiyev;

❌ Toyloq tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius A.Xolmurodovlarga berilgan litsenziyaning amal qilish muddati 2024-yil 8-apreldan 15 kun muddatga to‘xtatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligidan buyuk Sohibqironga ehtirom

Bugun 9-aprelda yurtimizda buyuk bobakalonimiz sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan turli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Jumladan poytaxtning Amir Temur xiyobonida buyuk bobomiz haykali poyida o‘tkazilgan tadbirda Adliya vazirligi jamoasi ham ishtirok etdi. Tadbirda ulug‘ davlat arbobi, olamgir sarkarda Amir Temur haykali poyiga vazirlik jamoasi nomidan gulchambar qo‘yildi va ruhiga hurmat bajo keltirildi.

Shuningdek, adliya organlari va muassasalarida sohibqiron bobomiz tavalludi kuni munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar davom etadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_loyiha

Adliya vazirligi: muammoli yer uchastkalariga nisbatan huquqlarni eʼtirof etishga qaratilgan qonun deputatlar tomonidan qabul qilindi

9-aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasi moddama-modda muhokama qilinib, ikkinchi va uchinchi oʻqishda qabul qilindi.

Taʼkidlanganidek, amaldagi qonunchilikda ushbu muammoli yer uchastkalariga nisbatan huquqlarni eʼtirof etishning huquqiy asosi va tartibi mavjud emas.

Ushbu holatlardan kelib chiqib, aholi va tadbirkorlik subyektlarini yillar davomida qiynab kelayotgan muammolarini hal etish, koʻchmas mulk obyektlarini toʻliq davlat roʻyxatiga olinishini taʼminlash hamda yer uchastkalarining oʻzboshimchalik bilan egallab olinishi ustidan davlat va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida mazkur Qonun loyihasi ishlab chiqilgan.

Qonun loyihasi bilan yer uchastkasi va unda qurilgan imoratga boʻlgan huquqni, shuningdek yakka tartibdagi uy-joy qurilgan oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga ijara huquqini eʼtirof etishning aniq tartiblari belgilanmoqda. Shuningdek, loyihada fuqarolar tomonidan ortiqcha egallangan yer uchastkasiga, bogʻdorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar egallagan yer uchastkasiga ijara huquqini eʼtirof etishning huquqiy asoslari belgilab berilmoqda.

Qonunning qabul qilinishi natijasida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga nisbatan ijara huquqi hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini rasmiylashtirish uchun huquqiy asoslar yaratilishiga xizmat qiladi.

Aholining ijtimoiy (propiska, moddiy yordam, maktab, bogʻcha) hamda bino va inshootlarni kommunal tarmoqlarga ulash boʻyicha yuzaga kelayotgan muammolarining hal etilishiga imkon beradi.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓ Vaxta usulidagi ish va vaxta obyekti nima?

Vaxta usulidagi ish — xodimlarning doimiy yashash joyiga kunlik qaytishini ta’minlash imkoni bo‘lmagan taqdirda va (yoki) ish joyi ish beruvchining joylashgan joyidan sezilarli darajada uzoq masofada joylashganda, ishlab chiqarish obyektlarini, ijtimoiy va boshqa obyektlarni qurish, ta’mirlash yoki rekonstruksiya qilish muddatlarini qisqartirish, aholi yashamaydigan, olis hududlarda yoxud alohida tabiiy sharoitlarga ega bo‘lgan hududlarda ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanishni ta’minlash maqsadida, shuningdek, boshqa ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun bajariladigan ishlar.

Vaxta obyekti — xodimlarning doimiy yashash joyi va ish beruvchining tashkilotlari joylashgan hududdan sezilarli uzoq masofada (cho‘lda, tog‘li va aholi qatnovi bo‘lmagan chekka hamda uzoq hududlarda) joylashgan obyektlar.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-iyuldagi 287-son qarori.


@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri A.Toshqulov Jizzax viloyatiga xizmat safari davomida Gʻallaorol tuman adliya boʻlimida xodimlar bilan suhbatlashdi, davlat xizmatlari markazi faoliyati va fuqarolar bilan ishlash jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Shu bilan birga, tumandagi bir qancha tadbirkorlik subyektlarida boʻldi. Jumladan, dastlab tumanning “Xonimqoʻrgʻon” MFYdagi “Agro in vitro” MChJga bordi, u yerda jamiyat menejeri hamrohligida jamiyatdagi ishchi xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ishlab chiqarish laboratoriyalari faoliyati, jamiyat hududida olib borilayotgan bunyodkorlik, qurilish ishlari, qolaversa istiqbolli rejalarini oʻrgandi.

Shuningdek, jamiyatning mavjud muammolari, takliflari bilan oʻrtoqlashib, ularni respublika, viloyat va tuman darajasida bartaraf etish mexanizmlarini tushuntirib oʻtdi hamda zarur tavsiya va koʻrsatmalar berdi.

Bundan tashqari tumanning “Mulkush” MFYdagi “SAG AGRO GʻALLAOROL” MChJga bordi va u yerda ham jamiyat ish boshqaruvchisi hamrohligida jamiyatga ajratilgan 800 ga yer maydonida tashkil etilgan yongʻoqzor va hududda yongʻoq daraxtlarini parvarish qilish bilan bogʻliq olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Qolaversa, mazkur yongʻoqzorning har bir gektaridan olinadigan hosil, yongʻoq mevalarining ichki va tashki bozorga savdoga chiqarilishi yuzasidan belgilangan va kutilayotgan istiqbolli rejalar toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻldi. Jamiyatning mavjud huquqiy muammolari, takliflari oʻrganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan zarur koʻrsatmalar va tushuntirishlar berildi.

@adliyangiliklari
#Bu_qiziq

Sohibqiron bilan bir kunda tug‘ilgan Temurlar

@adliyangiliklari