ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Jizzax viloyat yuridik texnikumida bo‘ldi

Jizzax viloyat yuridik texnikumi sohaga yetuk mutaxassislar yetishtirib berayotgan ta'limning o‘rta bo‘gini hisoblanadi. Bugunda mazkur o‘quv maskani kapital tamirdan chiqarilib, o‘quvchi va pedagogik jamoa uchun munosib sharoitlar yaratildi.

Adliya vaziri A.Toshqulov texnikumdagi o‘quv xonalari, kutubxona faoliyati, sport bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘qituvchilar bilan yuzma-yuz suhbatlar jarayonida o‘qishni sifatli va samarali tashkil etish yuzasidan takliflarini tingladi. Bu borada moddiy-texnik bazani yanada boyitish, o‘quvchilarni rag‘batlantirib borish, o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatiga qarab innovatsiyalarni o‘quv tizimiga joriy etishga kumaklashish masalalarini alohida takidlab o‘tdilar.

@adliyangiliklari
#Adliya_tabrigi

Aziz yurtdoshlar!

Barchangizni shukronalik, saxovat va mehr-oqibat ayyomi – Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etamiz.

Yurtimizda tinchlik va xotirjamlik bardavom, adolat hamisha barqaror bo'lsin!

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xon_atlas_festivali

OʻZBEGIM XON ATLASI — OʻZLIGIM NISHONASI


Xalqimizning goʻzal qadriyatlari bor. Xon atlasimiz milliyligimizdan nishona. Yurtimizda anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan Xon atlas festivali ana shu qadriyatga boʻlgan hurmat va ehtirom namunasidir.

Navoiyda adliya xotin-qizlari ham bu yilgi festivalga oʻzgacha koʻtarinki ruhda qarshi oldi. Festival shahar, tuman adliya boʻlimlarida ham katta qiziqish bilan oʻtkazildi.

@adliyangiliklari
#Xon_atlas_festivali

Yorqin, nafis va serjilo: Xon atlas festivali doirasida adliya xodimalari milliy liboslarda

Milliy libosimizda xalqimiz urf-odatlari, didi, estetik qarashlari, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyon etish maqsadida o‘tkazilayotgan mazkur festival doirasida bugun samarqanddagi adliya organlari, xususan, Oqdaryo tumani FHDY bo‘limining xodimalari ishga rasmiy va odatiy kiyimda emas, balki milliy adras va atlas matolarimizdan tikilgan liboslarda kelishdi. Ko‘zni quvnatadigan milliy liboslarimizda aholiga xizmat ko‘rsatishmoqda.

@adliyangiliklari
#Muhim

📢📢 Adliya vazirligi tizimida korrupsion omillarni aniqlash yuzasidan navbatdagi onlayn so‘rovnoma o‘tkazilmoqda

📝Barchani ushbu so‘rovnomada faol ishtirok etib, korrupsiyaning oldini olishda o‘z hissangizni qo‘shishga chorlaymiz. Sizning fikringiz biz uchun muhim.

SO‘ROVNOMA 👉TO‘LDIRISH

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Vazirlar mahkamasining qarori bilan 17 ta turdagi xulosalar DXM va YIDXP orqali beriladi

@adliyangiliklari
#Xon_atlas_festivali

Xon atlas festivali doirasida tashkil etilgan fleshmobda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi xotin-qizlar ham faol ishtirok etmoqda

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Yoshlar muammolaridan amaliy natijaga

Samarqand viloyatida yoshlarning muammolarini oʻrganish, ularga huquqiy yordam koʻrsatishga qaratilgan chora-tadbirlar davom etmoqda. Natijada yoshlar oʻz masalalariga adliya xodimlari aralashuvi bilan yechim topmoqda.

Jumladan, Oqdaryo tuman adliya boʻlimi tomonidan bugunga qadar tumandagi 1400 nafardan ortiq yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, ularning muammolari, qiziqishlari oʻrganildi. Birgina “Mustaqillik” mahallasidagi 358 nafar yoshlar ana shular jumlasidan.

Mazkur mahallada oʻtkazilgan oʻrganishlarda 1997-yilda tugʻilgan, I-guruh nogironi, fuqaro Toʻlqin Kubayevning yurolmasligi, nogironlar aravachasiga ehtiyoji borligi aniqlangan edi. Tuman adliya boʻlimining saʼy-harakatlari bilan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bilan hamkorlikda fuqaroga zamonaviy, elektron boshqariladigan nogironlik aravachasi sovgʻa qilindi.

@adliyangiliklari
#Muhim

📢📢 Bugun,15-aprel kuni soat 15:00 da O‘zbekiston milliy matbuot markazi binosida “Qonunchilikdagi yangiliklar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etilmoqda.

Mavzu: Mehnat migratsiyasi, xorijda qonuniy ishlash tartibi va mehnat migrantlarini huquqiy himoya qilish masalalari

Tadbirda Adliya vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va boshqa tegishli tashkilot mas'ullari ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob beradi.

OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.

Savollaringizni @MARKAZ16Uz ga yuborishingiz mumkin.

📲 Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning Facebook hamda YouTubedagi sahifasi orqali JONLI tomosha qiling.

@adliyangiliklari