ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_aksiya

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiya doirasida Qorakoʻl “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun Internat uyida yashayotgan 6 nafar fuqarolarning manfaatida sud orqali tugʻilganlik fakti belgilanib, Qorakoʻl tuman adliya boʻlimi FHDY boʻlimi tomonidan fuqarolarga tugʻilganlik haqidagi guvohnomalar topshirildi.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Qanday joylar turar joy va xizmat turar joylari hisoblanadi?

— Turar joy — fuqarolarning doimiy yashashiga mo‘ljallangan, belgilangan sanitariya, yong‘inga qarshi, texnik talablarga javob beradigan, belgilangan tartibda maxsus uylar (yotoqxonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironligi bo‘lgan shaxslar, faxriylar, yolg‘iz qariyalar uchun internat-uylar, shuningdek, bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar) sifatida foydalanishga mo‘ljallangan joylar.

Xizmat turar joylari — xususiy, munitsipal, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondida joylashgan, o‘z mehnat munosabatlari xususiyatiga ko‘ra ish joyiga bevosita yaqin erda yashashi kerak bo‘lgan fuqarolar ko‘chib kirishiga mo‘ljallangan turar joylar.
______________

❓Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish bo‘yicha davlat xizmatlari kim orqali ko‘rsatiladi va ushbu davlat xizmatlari ko‘rsatilgani uchun qancha miqdorda yig‘im undiriladi?

— Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish bo‘yicha davlat xizmatlari Davlat xizmatlari markazi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ko‘rsatiladi.

Davlat xizmatlari ko‘rsatilgani uchun yig‘im undirilmaydi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 124-son qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2024-yil 1-apreldagi 3-son yig‘ilish qaroriga asosan Buxoro viloyat adliya boshqarmasining 2024-yil 2-apreldagi tegishli buyrug‘i bilan:

▫️Buxoro shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius D.Soibovaga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi joriy yilning 3-aprel kunidan 15 kun muddatga to‘xtatildi.

▫️G‘ijduvon tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius M.Mullayevga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi joriy yilning 6-aprel kunidan 15 kun muddatga to‘xtatildi.

▫️Kogon shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius N.Gulamovga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi joriy yilning 4-aprel kunidan 1 oy muddatga to‘xtatildi.

▫️Buxoro shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius U.Saxatovga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi joriy yilning 6-aprel kunidan 1 oy muddatga to‘xtatildi.

▫️Buxoro shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius X.Xatamovaga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi joriy yilning 8-aprel kunidan 6 oy muddatga to‘xtatildi.

@adliyangiliklari
#Davlat_xizmatlari_sohasida_yana_bir_yangilik

⚡️Litsenziatlar “Litsenziya” axborot tizimida o‘z litsenziya va ruxsatnomalarini to‘xtatib turish uchun onlayn ariza berishlari mumkin

🗓
O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunining 32-moddasi o‘n ikkinchi qismiga ko‘ra: litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini olti oygacha muddatga to‘xtatib turish haqida vakolatli organga “Litsenziya” axborot tizimi orqali onlayn ariza bilan murojaat qilish imkoniyati yaratilgan.

🖥Murojaatlar:
– "Litsenziya" axborot tizimidagi (https://license.gov.uz/) litsenziatning shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.

🤔Xizmatdan foydalanuvchilar: Litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan yuridik yoki jismoniy shaxs;

📌Ariza yuborilganidan so'ng, Litsenziya yoki ruxsatnomaning amal qilish muddatini olti oygacha bo‘lgan muddatga to'xtatib turish to'g'risida qaror avtomatik shakllantiriladi va arizachiga taqdim etiladi.

❗️Eslatma:
agar litsenziat olti oy ichida litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini qayta tiklash to‘g‘risida tizim orqali ariza bilan murojaat etmagan bo‘lsa hujjatning amal qilishi tugatiladi.

🗓 Litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini to‘xtatib turish va qayta tiklash to‘g‘risidagi axborot bir kun ichida maxsus elektron tizimga joylashtiriladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari #Davlat_xizmatlari

Namanganda aholi gavjum joylar hamda MFY binolarida davlat xizmatlari ko'rsatish yo'nalishida "O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish" burchaklari (infokiosklar) o'rnatildi.

“O‘zbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan ”Qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish” to’rtinchi ustuvor yo‘nalishining 74-maqsadida aholi farovonligini ta’minlash va hududlarda kundalik masalalarni hal etishda mahallani jamoatchilik hamda davlat organlari o‘rtasidagi “tayanch ko‘prik”ka aylantirish belgilangan.

Bunda, mahallalarda 100 dan ortiq davlat xizmatlarini “bir qadam”da ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish hamda mahallalarda aholi bilan ishlashga qaratilgan jarayonlarni 100 foiz raqamlashtirib, har bir mahallada “elektron xizmat nuqtalari”ni ishga tushirish rejalashtirilgan edi.

Shunga ko'ra, Namangan viloyati adliya boshqarmasi tomonidan mazkur maqsadlarni amalda ijrosini ta’minlash maqsadida bugungi kunda aholi gavjum joylar hamda mahallalarda "O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish" burchaklari (infokiosklar) o'rnatildi.

Barcha qulayliklar inson manfaati uchun!

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

Sirdaryolik fuqaro 15 yoshida tug‘ilganlik haqida guvohnoma oldi


2009-yilda tug‘ilgan sayxunobodlik Ocha Umirzakova ota-onasining e’tiborsizligi tufayli 15 yoshga kirguniga qadar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani ololmagan.

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida Sayxunobod tumanida o‘tkazilgan xatlov jarayonida yillar davomida yechimsiz qolayotgan ushbu muammo aniqlandi.

— Tug‘ilganlik haqidagi guvohnomam bo‘lmaganligi sababli jamiyatda hech qachon o‘rnim bo‘lmasligidan qo‘rqib yashadim. Maktabimizda voleybol bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalarda faol qatnashaman, biroq hujjatim yoqligi uchun viloyat va respublika miqyosidagi musobaqalarga qatnashish nasib etmagan menga, — deydi Ocha Umirzakova.

Aksiya doirasida adliya va FHDY bo‘limining huquqiy ko‘magi bilan mazkur murojaat ijobiy hal etildi, Ocha Umirzakovaga tug‘ilganlik haqida guvohnoma topshirildi.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Davlat mulki nima?

Davlat mulki — respublika mulki va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning mulki (munitsipal mulk)dan iborat bo‘lgan ommaviy mulk shuningdek, davlat tashkilotlari, korxonalari va muassasalari hamda xo‘jalik jamiyatlariga tasarruf etish huquqisiz berilgan davlat mulki.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-son qarori.


@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari jizzaxlik tadbirkorlar bilan uchrashdi

Tadbirkorlarga huquqiy koʻmak berish, ular faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarga yechim topishga alohida eʼtibor qaratish adliya organlarining funksional vazifalaridan biridir. Shunga koʻra, adliya vaziri oʻrinbosari Sh.Rabiyev hamda adliya boshqarmasi boshligʻi A.Ergashev Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Tadbir davomida 100 ga yaqin tadbirkorlar bilan suhbatlashildi. Faoliyat doirasida aniq tavsiyalar, huquqiy maslahatlar berildi. Tadbirkorlarga yaratilgan imtiyozlar, qonunchilikdagi yangiliklar, tadbirkorlik faoliyatiga toʻsiq boʻlayotgan omillarga qarshi qanday choralar koʻrish kerakligi yuzasidan maʼlumotlar almashindi.

@adliyangiliklari
❗️❗️❗️Diqqat e’lon!

❗️X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining 30 ta bo‘sh (vakant) ish o‘rinlariga tanlov e’lon qiladi.

❗️Bo’sh ish o’rinlari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

https://vakansiya.adliya.uz/vacancy/1187#

Bo‘sh ish o‘rinlariga o'tkazilayotgan tanlovning suhbat bosqichida tushadigan taxminiy savollar ro'yxati bilan X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining rasmiy Veb sayti orqali quyidagi havola bilan tanishish mumkin:

https://sudex.uz/?page_id=356

Batafsil ma`lumot👇🏻
☎️ 71-209-11-55
(ichki raqam 120,157)
📩 info@sudex.uz

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram|🌐 sudex.uz|🆘@sudexuz_bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_qulaylik

⚡️Endilikda Farzandingizni chet elga olib chiqish uchun notarial tasdiqlangan rozilik berishni notarial idoraga bormasdan dunyoni istalgan joyidan rasmiylashtirishingiz mumkin.

Rozilik beruvchi E-notarius.uz axborot portalida “Voyaga yetmagan farzandini chet elga olib chiqish uchun rozilik” berishni tanlaydi, oʻzining shaxsiga oid maʼlumotlarni kiritadi va notarial harakatni yaratadi.

Rozilik beruvchi qaysi farzandini chet elga olib chiqish uchun farzandlar roʻyxatidan tanlaydi.

Shundan soʻng hamrohlik qiluvchi shaxsning shaxsga oid maʼlumotlarini kiritadi.

Avtomatik tarzda yoki ixtiyoriy notarius tanlanadi.

Notarius notarial harakatni rasmiylashtirishga qabul qilib, vaqtni belgilaydi va taraflarning mobil telefoniga SMS xabarnoma yuboriladi.

Belgilangan vaqtda notarius taraflar ishtirokida videokonferensaloqa orqali notarial harakatni rasmiylashtiradi.

Siz ushbu notarial harakatni uyingizdan yoki ish joyingizdan chiqmagan holda kompyuter yoki mobil telefon orqali 15 minutda rasmiylashtirishingiz mumkin.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

Adliya vazirligi boshqarma boshlig'i O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati mas'ul lavozimiga ishga o'tdi

Davron Toxirovich Allanazarov O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati Axborot-tahlil va yuridik ta'minlash departamenti Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sohasidagi islohotlar natijadorligini tahlil qilish bo'limi bosh mutaxassisi lavozimiga tayinlandi.

Davron Allanazarov 1987-yil Xorazm viloyatining Urganch shahrida tug'ilgan. Ma'lumoti oliy, 2010-yil Toshkent davlat yuridik institutini, 2021-yil Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura bosqichini tamomlagan, huquqshunos.

2023-yildan hozirgi vaqtga qadar Adliya vazirligi Jinoiy, ma'muriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi boshlig'i lavozimida ishlab kelgan.

Adliya vazirligi jamoasi Davron Allanazarovni ushbu mas'uliyatli tayinlov bilan samimiy muborakbod etadi. Kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi


@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Hurmatli kuzatuvchilar!


Adliya vazirligi tomonidan iste'molchilarga qulaylik yaratish maqsadida telegram platformasida kontrafakt mahsulotlar haqida doimiy ma'lumotlar ulashib boruvchi yangi kanal tashkil etildi.

Endi siz kontrafakt bo'yicha chuqurroq va aniq ma'lumotlarni shu yerdan olishingiz mumkin.

Kanalga o'tish

@adliyangiliklari
#Tayinlov

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i Prezident Adminstratsiyasi mas'ul lavozimiga ishga o'tdi

G'aybullo Sadulloyevich Primov O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi adliya va sud organlari faoliyati masalalari bo'yicha sho'basi bosh inspektori lavozimiga tayinlandi.

G'aybullo Sadulloyevich 1990-yil Navoiy viloyatining Navbahor tumanida tug'ilgan. Ma'lumoti oliy, 2011-yil Namangan davlat universitetini tamomlagan, huquqshunos.

2023-yildan hozirgi vaqtga qadar Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i lavozimida ishlab kelgan.

Adliya vazirligi jamoasi G'aybullo Primovni ushbu tayinlov bilan samimiy qutlaydi. Kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi

@adliyangiliklari