ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_aksiya

AKSIYA DOIRASIDA ENG YOSHI ULUG' INSONNING TUG'ILISHI QAYD ETILDI

Navoiy viloyatida "Hech kim hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi doirasida 94 yoshli Anorxon ayaga tug'ilganlik guvohnomasi topshirildi. Anorxon aya Nurota tumanining olis hududlaridan biri — Qizilcha qishlog'ida istiqomat qilmoqda.

Xatlov mobaynida 1930-yil 1-iyulda tug'ilgan Musurmonova Anor onaning shu kunga qadar tug'ilishi qayd etilmaganligi aniqlandi.

Adliya xodimlarining arizasiga asosan, fuqaroga nisbatan sud qarori asosida yuridik fakt belgilanib, tug'ilganlik guvohnomasi rasmiylashtirib berildi.

— Shu paytgacha onamning nafaqa pullarini olishga doim qiynalganmiz. Shaxsni tasdiqlovchi hujjati bo'lmagani uchun har oy nafaqa berilishidan avval mahalladan kelib rasmga tushirishib ketishardi. Bugun hujjatlarini qo'lga oldik. Endi mushkulimiz oson bo'ldi, — deydi, onaxonning qizlari Shakaroy Yuzboyeva.

@adliyangiliklari
📢📢 Jurnalistlar va faol jamoatchilik vakillari diqqatiga!

Bugun, 1-aprel kuni soat 15:00 da O‘zbekiston milliy matbuot markazi binosida “Qonunchilikdagi yangiliklar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etilmoqda.

Mavzu: Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, saqlash, sotish, sotib olish va ulardan foydalanish tartibi hamda uning huquqiy oqibatlariga oid qonunchilik hujjatlari

Tadbirda Adliya vazirligi, “O‘zaviatsiya” agentligi va boshqa tegishli tashkilot xodimlari ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob beradi.

OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.

Savollaringizni @MARKAZ16Uz ga yuborishingiz mumkin.

📲 Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning Facebook hamda YouTubedagi sahifasi orqali JONLI tomosha qiling.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan respublikada faoliyat yuritayotgan barcha notariuslar uchun “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda notariuslarning rolini yanada oshirish” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda mazkur sohada maxsus vakolatli organ hisoblangan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti vakillari ham o’zlarining ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Shu bilan birga, amaliyotda uchrayotgan ushbu sohaga oid masalalar seminar davomida muhokama qilindi va notariuslarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish tartiblari va huquqiy oqibatlari

Adliya vazirligi tomonidan qonunchilikdagi yangiliklar hamda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazish maqsadida bugun O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Qonunchilikda yangiliklar”ga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Adliya vazirligi, Fuqaro aviatsiyasi agentligi, “Geoinnovatsiya markazi” DUK mutaxassislari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, qonunchilikdagi yangiliklar, aholiga yaratib berilayotgan imkoniyatlar xususida ma’lumot berildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimi qanday tizim?

— Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimi-yo‘llar bo‘yida joylashgan maktablar oldida, kamida to‘rt tasmali yo‘llardagi piyodalar o‘tish joylarida, yo‘l-transport hodisalari o‘choqlarida belgilangan tezlikni oshirish, temir yo‘l kesishmalari orqali harakatlanish qoidalarini buzish, piyodalarni o‘tkazmaslik va fuqarolarning yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tishi kabi qoidabuzarliklarni aniqlash tizimi.
______________

❓ “Ma’muriy amaliyot” moduli nima?

— Ma’muriy amaliyot” moduli-yo‘l harakati sohasidagi ma’muriy huhuqbuzarliklarga doir ishlarni hisobga olish, ko‘rib chiqish hamda qoidabuzarga nisbatan ma’muriy tartibda jarima qo‘llash to‘g‘risidagi qarorni shakllantiruvchi avtomatlashtirilgan axborot tizimi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 148-son qarori.


@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing

📢 Bugun, 2-aprel kuni AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida brifing bo'lib o'tadi.

Mavzu: Mahalliy kengashlar qaror loyihlarini ishlab chiqishda adliya organlarining roli

⏳Vaqti: 14:00

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aksiya

"Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiyasi davomida amalga oshirilgan ishlar natijasi bilan tanishing.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_axborot

Xalqaro press klubning Adliya vazirligi bilan hamkorlikdagi “Huquqiy axborot” loyihasi davom etadi.

📍O‘zganing shaxsiy ma'lumotlarini tarqatganlik uchun 17 mln so‘mdan 34 mln so‘mgacha miqdorda jarima, yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari, yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_brifing

Bugun, 2-aprel kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda mahalliy kengashlarning qarorlari loyihalarini ishlab chiqishda adliya organlarining roli haqida axborot berildi.

Ta'kidlangandek, 2023-yilda 34 mingdan ortiq qarorlar qabul qilingan bo‘lib, shundan 1000 dan ortiq qarorlar loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun hududiy adliya organlariga taqdim etilgan bo‘lsa, ulardan 800 dan ortig‘iga ijobiy xulosalar berilgan.

Joriy yilning birinchi choragida dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, mahalliy kengashlar tomonidan hududiy adliya organlariga huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun kiritilgan qarorlari loyihalari 400ga yaqin bo‘lib, shundan 200dan ortig‘iga ijobiy xulosalar berilgan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Adliya vazirligi tomonidan respublika boʻylab yoshlar aksiyasi oʻtkazilmoqda. Navoiy viloyatida ham aksiya doirasida masalasi ijobiy hal etilayotgan yoshlar safi kengayib bormoqda.

Xususan, Xatirchi tumanining togʻ yon bagʻrida joylashgan “Baxshijar” va “Maydonsoy” mahallalarida istiqomat qilayotgan yoshlar ishga joylashtirilib, ularga tadbirkorlikni boshlash uchun imkoniyat yaratildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

STATISTIKA XODIMINING 28 900 000 SOʻMLIK USTAMA PULLARI UNDIRIB BERILDI

Qarshi shahrida yashovchi fuqaro X. Abdullayev Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasiga ustama pullari toʻlab berilmayotganligidan norozi boʻlib murojaat qildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2024-yil 29-martdagi 4-son yig‘ilish qaroriga asosan Navoiy viloyat adliya boshqarmasining 2024-yil 1-apreldagi tegishli buyrug‘i bilan

▫️Navoiy shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius X.Jo‘rayevga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi lisenziyasining amal qilish muddati 2024-yil 2-apreldan 15 kun muddatga to‘xtatildi.

▫️Karmana tumanida
xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius A.Sharopovga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi lisenziyasining amal qilish muddati 2024-yil 2-apreldan 1 oylik muddatga to‘xtatildi.

@adliyangiliklari